X –bob. KORXONA DAROMADLARINING HISOBI 10.1.Korxona daromadlarining turlari, mohiyati va ular hisobining vazifalari Korxonalar moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining muhim ko‘rsatkichi bo‘lib daromadlar
hisoblanadi. Ushbu ko‘rsatkichning mohiyati, tasnifi va tavsifi, tan olinishi, schyotlar
tizimi va ular bo‘yicha buxgalteriya yozuvlari respublikamizda qabul qilingan quyidagi
me’yoriy hujjatlarda atroflicha ochib berilgan:
•
O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksi (16-modda);
•
BHMS «Moliyaviy hisobotni tuzish va taqdim etish uchun konseptual asos»
•
2-son BHMS « Asosiy xo‘jalik faoliyatidan olingan daromadlar»
•
«Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish harajatlari hamda
moliyaviy natijalarni shakllantirish to‘g‘risida Nizom».
Ushbu me’yoriy hujjatlarga muvofiq daromad deganda, umumiy olganda, hisobot
davrida korxona aktivlarini qo‘payishi yoki uning majburiyatlarini kamayishi tushuniladi.
Korxonalarning barcha daromadlari O‘zbekiston Respublikasining Soliq Kodeksida 13 ta
turga bo‘lingan (16-modda), 2-son BHMSda ushbu turdagi daromadlar ikkita katta
guruhga , ya’ni asosiy faoliyatdan olingan daromadlar va asosiy bo‘lmagan faoliyatdan
olingan daromadlarga, ajratilgan (12-chizmaga qarang).
Asosiy faoliyatdan olingan daromadlar deganda korxona ustavida belgilangan
asosiy faoliyatdan olingan daromadlar tushuniladi. «Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab
chiqarish va sotish harajatlari hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish to‘g‘risida
Nizom» ga muvofiq korxonalarning asosiy faoliyatdan olingan daromadlari, o‘z
navbatida, quyidagi ikki guruhga ajratiladi:
•
Sotishdan olingan daromadlar – bularga mahsulot, tovarlar, ishlar va xizmatlarni
sotishdan olingan tushumlar (aksiz, QQS va eksport bo‘yicha bojxona bojidan tashqari)
kiradi.
•