3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf


“Bajarilgan ishlar va xizmatlardan olingan daromadlar” -



Yüklə 1,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə197/302
tarix08.05.2023
ölçüsü1,11 Mb.
#109332
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   302
K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va

9030 “Bajarilgan ishlar va xizmatlardan olingan daromadlar” - bu passiv va 
vaqtinchalik schyot asosan qurilish tashkilotlari va xizmat sohasi korxonalarida, 
shuningdek asosiy faoliyatidan tashqari ish va xizmatlar ko‘rsatuvchi boshqa turdagi 
korxonalarda ishlatiladi. Schyotning kreditida bajarilgan ish va xizmatlarni sotishdan 
olingan daromad yil maboynida ularga guvohlik beruvchi hujjatlar asosida to‘planib 
boradi. Ish va xizmatlarni sotish usullariga qarab 5010 “Kassa” schyoti, 4010 
“Haridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar”, 4110 “Maxsus ajratilgan 
bo‘linmalardan olinadigan schyotlar”, 4120 “Sho‘’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlaridan 
olinadigan schyotlar” va boshqa debitorlik qarzlarni aks ettiruvchi schyotlar debetlanadi. 
Yil maboynida 9030 “ Bajarilgan ish va xizmatlarni sotishdan olingan daromadlar” 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


180 
schyoti faqat kredit saldosiga ega bo‘ladi va bu saldo yil boshidan boshlab olingan 
daromad summasini ko‘rsatadi. Yil yakunida ushbu schyotning kreditida to‘plangan 
summa uning debetiga va 9900 “ Oxirgi moliyaviy natija” schetining kreditiga yoziladi 
va shu asosda u yopiladi. 
Sotilgan mahsulotlar, tovarlar , ish va xizmatlar turli sabablarga ko‘ra korxonaga 
qaytarilishi mumkin. Bunday holda qaytarilgan mahsulotlar, tovarlar, ish va 
xizmatlarning qiymati maxsus kontrpassiv bo‘lgan 9040 “ Sotilgan tovarlarni 
qaytarilishi” schyotining debetida aks ettiriladi, bunda mos ravishda 5010 “Kassa”,4010 
“Haridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar”, 4110 “Maxsus ajratilgan 
bo‘linmalardan olinadigan schyotlar”, 4120 “Sho‘’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlaridan 
olinadigan schyotlar” va boshqa debitorlik qarzlarni aks ettiruvchi schyotlar kreditlanadi. 
9040“ Sotilgan tovarlarni qaytarilishi” schyotining debetida to‘plangan summa mos 
ravishda 9010 “Tayyor mahsulotlarni sotishdan olingan daromadlar”, 9020 “Tovarlarni 
sotishdan olingan daromadlar”, 9030 “Bajarilgan ish va xizmatlardan olingan 
daromadlar” schyotlarining debetiga o‘tqaziladi va shu asosda ushbu schyot yopiladi. 
Qaytarilgan mahsulotlar, tovarlar, ishlar va xizmatlar bo‘yicha sotish tannarxi va 
sotishdan olingan QQS summasini aks ettiruvchi schyotlarga ham tuzatishlar qilinadi.
Mahsulotlar, tovarlar, ish va xizmatlarni sotishda haridorlar va buyurtmachilarga
tuzilgan shartnoma shartlariga ko‘ra turli miqdorda chegirmalar ham berilishi mumkin. 
Bunday chegirmalar summasi maxsus kontrpassiv bo‘lgan 9050 “ Haridorlar va 
buyurtmachilarga berilgan chegirmalar” schyotining debetida aks ettiriladi, bunda mos 
ravishda 4010 “Haridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar”, 4110 “Maxsus 
ajratilgan bo‘linmalardan olinadigan schyotlar”, 4120 “Sho‘’ba va qaram xo‘jalik 
jamiyatlaridan olinadigan schyotlar” va boshqa debitorlik qarzlarni aks ettiruvchi 
schyotlar kreditlanadi.
9050 “Haridorlar va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar” schyotining debetida 
to‘plangan summa mos ravishda 9010 “Tayyor mahsulotlarni sotishdan olingan 
daromadlar”, 9020 “Tovarlarni sotishdan olingan daromadlar”, 9030 “Bajarilgan ish va 
xizmatlardan olingan daromadlar” schyotlarining debetiga o‘tqaziladi va shu asosda 
ushbu schyot yopiladi. Mahsulotlar, tovarlar, ishlar va xizmatlarni sotishda berilgan 
chegirmalar summasi sotishdan olingan daromadlar summasini kamaytiradi.
Korxonalar daromadlarining analitik hisobi mahsulotlar, tovarlar, ish va 
xizmatlarning sotish turlari va boshqa boshqaruv uchun zarur segmentlar bo‘yicha olib 
boriladi.

Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   302




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin