3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf


“ O‘ndirilgan jarimalar, penya lar va neustoykalar”



Yüklə 1,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə199/302
tarix08.05.2023
ölçüsü1,11 Mb.
#109332
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   302
K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va

9330 “ O‘ndirilgan jarimalar, penya lar va neustoykalar” -ushbu passiv va 
vaqtinchalik schyotning kreditida turli xo‘jalik shartnomalari shartlarini buzilishi 
natijasida, shuningdek ko‘rsatilgan zararlarni qoplanishi evaziga olingan daromad 
(foyda) summasi aks ettiriladi. Bunda mos ravishda jarimani kelib tushganligi
ushlanganligi yoki hisoblanganligini aks ettiruvchi schyotlar debetlanadi, masalan 5010 
“Kassa”, 5110 “Hisob-kitob schyoti”, 5210 “Valyuta schyoti”, 6710 “Xodimlar bilan ish 
haqi bo‘yicha hisob-kitoblar”, 4860 “Da’volar bo‘yicha kelib tushadigan schyotlar” va 
boshqa schyotlar. Yil yakunida 9330- schyotning kreditida to‘plangan summa uning 
debetiga va 9900 “ Oxirgi moliyaviy natija” schetining kreditiga yoziladi va shu asosda
u yopiladi . 

9340 “O‘tgan yillar foydasi” - bu passiv va vaqtinchalik schyotning kreditida 
hisobot yilda aniqlangan o‘tgan yillarning foydasi aks ettiriladi. Bunday foyda bo‘lib, 
masalan, muddatidan oldin hisobdan chiqarib yuborilgan debitorlik qarzlarning tiklangan 
yoki kelib tushgan summasi, ortiqcha hisoblab yuborilgan harajatlarni kamaytirilishi va 
boshqalar hisoblanadi. Bunda mos ravishda o‘tgan yillar foydasini tiklanganligini 
ko‘rsatuvchi schyotlar debetlanadi, masalan 5010 “Kassa”, 5110 “Hisob-kitob schyoti”, 
5210 “Valyuta schyoti”, 4000 “Olinadigan schyotlar” va boshqa schyotlar. Yil yakunida
9340- schyotning kreditida to‘plangan summa uning debetiga va 9900 “ Oxirgi 
moliyaviy natija” schetining kreditiga yoziladi va shu asosda u yopiladi. 

9350 “Qisqa muddatli ijaradan olingan daromadlar” – ushbu passiv va 
vaqtinchalik schyotning kreditida qisqa muddatli ijaradan olingan daromad summasi 
4820 
“Qisqa 
muddatli 
ijara 
bo‘yicha 
olinadigan 
to‘lovlar” 
schyoti 
bilan 
korrespondensiyalashgan holda aks ettiriladi. Yil yakunida 9350- schyotning kreditida 
to‘plangan summa uning debetiga va 9900 “ Oxirgi moliyaviy natija” schetining 
kreditiga yoziladi va shu asosda u yopiladi. 


Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   302




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin