3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf


“Boshqa operatsion daromadlar”-



Yüklə 1,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə201/302
tarix08.05.2023
ölçüsü1,11 Mb.
#109332
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   302
K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va

9390 “Boshqa operatsion daromadlar”- ushbu passiv va vaqtinchalik 
schyotning kreditida yuqorida keltirilgan schyotlarga olib borilmagan boshqa operatsion 
daromadlar, masalan inventarizatsiyada aniqlangan ortiqchalar, turli qoplama summalar 
va boshqalar, aks ettiriladi. Bunda mos ravishda TMZ va pul mablag‘larini aks ettiruvchi 
schyotlar ( 0100,1000,2800,2900,5000 va boshqalar) debetlanadi. Yil yakunida 9390- 
schyotning kreditida to‘plangan summa uning debetiga va 9900 “ Oxirgi moliyaviy 
natija” schetining kreditiga yoziladi va shu asosda u yopiladi. 
Korxonalarning asosiy faoliyatdan olingan qo‘shimcha daromadlarining analitik 
hisobi ularning turlari va boshqa boshqaruv uchun zarur segmentlari bo‘yicha olib 
boriladi.
10.4.Moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlarning hisobi 
 
21-son BHMSga muvofiq moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar quyidagi 
schyotlarda hisobga olinadi: 

9510 “Royalti ko‘rinishidagi daromadlar” 

9520 “Dividendlar ko‘rinishidagi daromadlar” 

9530 “Foizlar ko‘rinishidagi daromadlar” 

9540 “Valyuta kurslari farqlaridan olingan daromadlar” 

9550 “Uzoq muddatli ijaradan olingan daromadlar” 

9560 “Qimmatli qog‘ozlarni qayta baholashdan olingan daromadlar” 

9590 “ Moliyaviy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar” 
Ushbu passiv va vaqtinchalik schyotlarning kreditida nomlari yuqorida zikr etilgan 
daromadlarning turlari hisoblash tamoyiliga muvofiq aks ettiriladi. 
Royalti ko‘rinishidagi daromadlar deganda korxonalarning nomoddiy aktivlarini, 
masalan kompyuterlar uchun dasturlar ta’minotini, litsensiyalar va boshqalarni ijaraga 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


183 
berishdan va hamkorlikda foydalanishdan olingan daromadlar tushuniladi. Ushbu 
daromadlarni hisoblanishi 4850 “Olinadigan royalti” schyotining debetida va 9510 
“Royalti ko‘rinishidagi daromadlar” schyotining kreditida aks ettiriladi. Yil oxirida 9510- 
schyotning kreditida to‘plangan summa uning debetiga va 9900 “Oxirgi moliyaviy 
natija” schetining kreditiga yoziladi va shu asosda u yopiladi. 
Dividendlar – bu aksiyalarga kiritilgan moliyaviy investitsiyalar uchun 
hisoblangan daromad. Ushbu daromadni hisoblashga asos bo‘lib aksionerlik jamiyatining 
dividendning hisoblanganligi to‘g‘risidagi yozma xabarnomasi hisoblanadi. Ushbu 
xabarnomada jami hisoblangan dividend summasi, undan ushlangan dividend solig‘i 
summasi va to‘lanadigan dividend summasi aks ettiriladi. Agar xabarnomada dividend 
solig‘ini ushlanmaganligi uqtirilgan bo‘lsa, u holda ushbu soliqni dividend olgan korxona 
to‘lashi lozim. Hisoblangan didivend ko‘rinishidagi daromadlar 4840 “ Olinadigan 
dividendlar” schyotining debetida va 9520 “Dividend ko‘rinishidagi daromadlar” 
schyotining kreditida aks ettiriladi. Yil oxirida 9520- schyotning kreditida to‘plangan 
summa uning debetiga va 9900 “Oxirgi moliyaviy natija” schetining kreditiga yoziladi va 
shu asosda u yopiladi. 

Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   302




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin