3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf


“Davriy hisob usulida TMB ni sotib olish” -



Yüklə 1,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə209/302
tarix08.05.2023
ölçüsü1,11 Mb.
#109332
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   302
K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va

9140 “Davriy hisob usulida TMB ni sotib olish” - ushbu aktiv, vaqtinchalik 
(tranzit) schyot asosan TMB larning davriy hisob usulida ishlaydigan korxonalarda, shu 
jumladan chakana savdo va ommaviy ovqatlanish korxonalarida, qo‘llaniladi, uning 
debetida yil maboynida ta’minotchilardan olingan tovarlarning tannarxi aks ettiriladi. 
Bunda 6010 “Ta’minotchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar” schyoti 
kreditlanadi. Yil oxirida 9140- schyotning debetida to‘plangan summa uning kreditiga va 
9900 “Oxirgi moliyaviy natija” schetining debetiga yoziladi va shu asosda u yopiladi. 

9150 “Davriy hisob usulida TMB bo‘yicha tuzatishlar”- ushbu aktiv, 
vaqtinchalik (tranzit) schyot asosan TMB larning davriy hisob usulida ishlaydigan 
korxonalarda, shu jumladan chakana savdo va ommaviy ovqatlanish korxonalarida, 
qo‘llaniladi. Davriy hisob usulida ishlayotgan korxonalarda sotilgan tovarlar tannarxini 
topish uchun davr oxirida inventarizatsiya o‘tqaziladi. Inventarizatsiya natijasida 
aniqlangan TMB larning haqiqiy holati ularning davr boshidagi holati bilan 
taqqoslanadi, natijada TMB lar holatidagi o‘zgarish summasi (kamayish yoki ko‘payish) 
aniqlanadi. Aniqlangan farq summasi schyot bo‘yicha tuzatish summasini bildiradi. Agar 
tuzatish kamayish tomoniga qilinishi kerak bo‘lsa, o‘rtadagi farq 9150 “Davriy hisob 
usulida TMB bo‘yicha tuzatishlar” schyotining debetiga, agar tuzatish ko‘payish 
tomoniga qilinishi kerak bo‘lsa, u holda o‘rtadagi farq ushbu schyotning kreditiga 
yoziladi. Bunda TMB lar schyotlari (1000,1100,2000,2800,2900) mos ravishda 
kreditlanadi (kamayganda) va debetlanadi (ko‘payganda). Yil oxirida 9150- schyotda 
to‘plangan summa mos ravishda 9900 “Oxirgi moliyaviy natija” schetining debetiga 
(ko‘payganda) yoki kreditiga (kamayganda) yopiladi. 
 
 
11.3.Davr harajatlarining hisobi 
 

Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   302




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin