279
•
Xulosa qismi – unda moliyaviy hisobotning Qonunlar va boshqa me’yoriy
hujjatlarga mos kelishi yoki kelmasligi ko‘rsatiladi.
Auditorlik xulosasi yuqorida keltirilgan ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan, qisqa
mazmunli, odatda, bir betlik hujjat hisoblanadi. Auditorlik hisoboti auditorlik
tekshiruvini o‘tqazgan auditor, auditorlik tashkiloti rahbari
tomonidan imzolanadi va
auditorlik tashkiloti muhri bilan tasdiqlanadi.
Auditorlik xulosasi kamida uch nusxada tuziladi, uning ikki nusxasi auditorlik
tekshiruvi o‘tqazilgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektga taqdim etiladi,
bir nusxasi esa
auditorlik tashkilotida qoladi. Auditorlik xulosasiga korxonaning auditorlik tekshiruvi
materiallari asosida tuzilgan buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi
hisoboti ilova qilinadi. Auditorlik xulosasiga ilova qilinadigan ushbu hujjatlar ham
auditor va auditorlik tashkiloti rahbari tomonidan imzolanishi, auditorlik shashkilotining
muhri bilan tasdiqlanishi lozim. Majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tgan xo‘jalik
yurituvchi sub’ektlar olingan auditorlik xulosasining bir nusxasini davlat soliq idorasiga
qonun hujjatlariga muvofiq taqdim etishlari va qayd ettirishlari kerak. Tashabbusli
asosda auditorlik tekshiruvini o‘tqazgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar
ham olingan
auditorlik xulosalarinii davlat soliq organiga topshirishlari va qayd ettirishlari mumkin.
Auditorlik xulosalari to‘rtta turga ajratiladi:
Dostları ilə paylaş: