3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf


Ijobiy auditorlik xulosasi



Yüklə 1,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə300/302
tarix08.05.2023
ölçüsü1,11 Mb.
#109332
1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   302
K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va

1.Ijobiy auditorlik xulosasi –bu moliyaviy hisobotni to‘g‘riligi, uning Qonunlar va 
boshqa me’yoriy hujjatlarga to‘liq mos kelishini tasdiqlovchi hujjat. Ushbu auditorlik 
xulosasining namunasi 8-ilovada keltirilgan.
2.Shartli ijobiy auditorlik xulosasi - bu moliyaviy hisobotning umuman
to‘g‘riligini, uning Qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarga asosan mos kelishini, 
shuning bilan birga xo‘jalik faoliyatida uning ko‘rsatkichlarini buzib ko‘rsatilishiga va 
foydalanuvchilar qabul qiladigan qarorlarga muhim ta’sir etmaydigan ayrim holatlarni 
borligini tasdiqlovchi hujjat. Ushbu auditorlik xulosasining namunasi 9-ilovada 
keltirilgan. 
3.Salbiy auditorlik xulosasi - bu moliyaviy hisobotni to‘g‘ri emasligi, uning 
Qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarga mos kelmasligini tasdiqlovchi hujjat. Ushbu 
auditorlik xulosasining namunasi 10-ilovada keltirilgan. 
4.Auditorlik xulosasini berishdan bosh tortish - bu moliyaviy hisobotni 
to‘g‘riligi, uning Qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarga mos kelish yoki kelmasligini 
aniqlash uchun mijoz tomonidan yetarlicha ma’lumotlar taqdim etilmaganda auditorlik 
tashkiloti tomonidan taqdim etiladigan hujjat. Auditorlik xulosasini berishdan bosh 
tortish bo‘yicha auditorlik tashkilotining xatining namunasi 11-ilovada keltirilgan. 
Auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq soxta tuzilgan 
auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasi uchun uni taqdim etgan auditorlik tashkilotining
litsenziyasi, javobgar auditorlarning malaka sertifikatlari bekor qilinadi, shuningdek 
ularga jinoiy javobgarlikga tortishgacha bo‘lgan jazo choralari qo‘llanishi mumkin.
17. 2. Audit natijalarini tadbiq etish 
 
Auditorlik tekshiruvini tashkil etishning 4-bosqichi bo‘lib uning natijalarini tadbiq 
etish hisoblanadi. 
Audit natijalarini tadbiq etish deganda auditor hisobotida aks ettirilgan xato va 
kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar majmuasi tushuniladi. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


280 
Odatda, ushbu ishlar auditorlik tekshiruvidan keyin ko‘pi bilan 15 kun ichida o‘tqazilishi 
kerak, chunki auditorlik tekshiruvidan o‘tgan xo‘jalik yurituvchi sub’ekt audit tekshiruvi 
o‘tqazilgandan so‘ng 15 kun ichida auditorlik xulosasini qonun hujjatlariga muvofiq 
tegishli organlarga taqdim etishi lozim.
Audit natijalarini tadbiq etishga doir ishlarga quyidagilarni kiritish mumkin: 

Auditorlik tekshiruvi natijalarini xo‘jalik yurituvchi sub’ekt raxbariyati, 
mulkdorlar, Kuzatuv kengashi a’zolari va boshqa qiziquvchilar ishtirokida muhokama 
qilish; 

Auditorlik tekshiruvida aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha 
tadbirlarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirish muddatlarini, aniq ma’sul xodimlarni 
belgilash; 

Auditorlik tekshiruvida aniqlangan kamchiliklarni haqiqatda bartaraf etilganligini 
nazorat qilish va muhokama etish. 
Auditorlik tekshiruvi natijalarini tadbiq etishga ma’sul bo‘lib xo‘jalik yurituvchi 
sub’ektlarning rahbarlari hisoblanadi. Rahbar auditorlik tashkiloti bilan tuzilgan 
shartnomaga muvofiq aniqlangan xato va kamchiliklarni tekshiruvni o‘tqazgan 
auditorlarning ishtirokida o‘tqazishi maqsadga muvofiq. Chunki, bir tomondan, auditorlar 
to‘plagan isbotu-dalillar asosida xatolarni qay darajadaligini, kimlar tomonidan yo‘l 
qo‘yilganligini, ularni qanday tuzatish kerakligini mutaxassis sifatida chuqurroq biladilar. 
Ikkinchi tomondan, auditorlar ishtirokida tuzatilgan xato kamchiliklar tuzatilgan 
moliyaviy hisobotga rasmiy auditorlik xulosasini olishni tezlashtiradi. Auditorlarni 
quyidagi xato va kamchiliklarni bartaraf etishda jalb qilish o‘ta muhim hisoblanadi:

Soliqlar va majburiy to‘lovlar bo‘yicha qayta hisob- kitoblarni tayyorlash

Balans va hisobotning boshqa shakllarini qayta tuzish; 

Bosh kitobga tuzatish yozuvlarini kiritish; 

Korxonaning hisob siyosatining asosiy parametlarini belgilash; 

Korxona xodimlariga xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ymasliklari uchun 
maslahatlar berish boshqalar. 
Aniqlangan xato va kamchiliklarni o‘z vaqtida to‘g‘rilanishi, soliq deklaratsiyalarini 
va moliyaviy hisobot shakllarini qonun hujjariga muvofiq qayta tuzilishi hamda taqdim 
etilishi auditorlarga moliyaviy hisobot bo‘yicha ijobiy xulosa berishlariga asos bo‘ladi. 

Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   302




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin