3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf


Asosiy vositalarni ta’mirlashning hisobi



Yüklə 1,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/302
tarix08.05.2023
ölçüsü1,11 Mb.
#109332
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   302
K. B. Urazov buxgalteriya hisobi va

4.1.4. Asosiy vositalarni ta’mirlashning hisobi. 
 
 Asosiy vositalar ekspluatatsiya qilish natijasida borgan sayin o‘zining dastlabki 
holatini yo‘qotib boradi. Shuning uchun ularni ishchi holatda ushlab turish uchun 
ta’mirlash lozim bo‘ladi. 
Asosiy vositalarni ta’mirlash ikki turga bo‘linadi: joriy va kapital
Joriy ta’mirlash deganda, asosiy vositalarni vaqtidan oldin ish layoqatini
yo‘qotmaslik uchun vujudga kelgan kichik xajmdagi texnik buzilishlar va lat eyishlarni 
tuzatish bo‘yicha doimiy va o‘z vaqtida o‘tqazilgan profilaktik harakterga ega bulgan 
ta’mirlash ishlari tushuniladi. Odatda, joriy ta’mirlash muddati bir yildan 
oshmaydi,bunday ta’mirlashda asosiy vositaning u yoki bu qismi almashtirilmaydi. Joriy 
ta’mirlash ishlari joriy ta’mirlash dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Ushbu 
dalolatnomada qilingan ishlarning turlari, sarflangan materiallarning qiymati, ketgan 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


64 
mehnat vaqti va qiymati, shuningdek boshqa harajatlar ko‘rsatiladi. Dalolatnoma joriy 
ta’mirlashga ma’sul shaxslar tomonidan imzolanadi, korxona rahbari tomonidan 
tasdiqlanadi. 
Kapital ta’mirlash deganda, ma’lum bir vaqtdan keyin ( odatda, bir yildan keyin ) 
asosiy vositalarni to‘liq qismlarga ajratish, kerak bo‘lganda u yoki bu layoqatsiz bo‘lib 
qolgan qismlarni to‘liq almashtirish bo‘yicha bajarilgan ta’mirlash ishlari tushuniladi. 
Kapital ta’mirlash xajmi, murakkabligi va qiymati bo‘yicha joriy ta’mirlashdan katta farq 
kiladi. Kapital ta’mirlash ishlari maxsus kapital ta’mirlash dalolatnomasi bilan 
rasmiylashtiriladi. 
Qabul qilingan buxgalteriya hisobi to‘g‘risida Qonunga, Solik Kodeksiga, mahsulot 
(ish,xizmat)ni ishlab chiqarish va sotish bo‘yicha harajatlar tarkibi va moliyaviy 
natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida Nizomga, BXMS №1 «Hisob siyosati va 
moliyaviy hisobot»ga muvofiq korxonalar joriy va kapital ta’mirlashni mablag‘ bilan 
ta’minlashni quyidagi ikki usulning birida amalga oshirishlari va tanlangan usulni 
o‘zlarining hisob siyosatlarida belgilab olishlari lozim : 

Ta’mirlash uchun maxsus rezerv tashkil etish va barcha harajatlarni ushbu rezerv 
hisobidan koplash usuli 

 Ta’mirlash ishlari kiymatini rezerv tashkil etmasdan harajatlarga bevosita olib
borish usuli 
Birinchi usulda korxona ta’mirlash ishlari uchun har oyda o‘zi belgilab qo‘ygan 
me’yorlarda maxsus rezervga ajratmalar qilib boradi. Joriy va kapital ta’mirlash ishlari 
yakunlangan oyda ularning qiymati tegishli tasdiqlangan dalolatnomalar asosida rezerv
evaziga hisobdan chiqariladi. Yil oxirida ta’mirlash uchun tashkil etilgan rezervning 
ishlatilmay qolingan qismi harajatlarni kamaytirishga olib boriladi yoki soliq bazasiga 
qayta kiritish sharti bilan kelgusi yilga o‘tqaziladi.
Ta’mirlash uchun maxsus rezerv tashkil etilganda tuzilgan raschet asosida quyidagi 
buxgalteriya yozuvi qilinadi: 

Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   302




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin