49
14.
Xalqaro faoliyat. Axloqiy talablarni qo’llashda xalqaro amaliyotda bir
qator vaziyatlar yuzaga kelishi mumkin. Auditor faqat bir davlatning kasbiy tashkiloti
vakili hisoblanishi yoki o’zi xizmat ko’rsatayotgan davlatda
kasbiy tashkilot vakili
hisoblanishi holati har bir alohida vaziyatda ishni yuritish usuliga ta’sir etmasligi
lozim.
Bir davlatda attestatsiyalangan auditor boshqa davlatda yashashi yoki xizmat
ko’rsatishi maqsadida u erda vaqtincha bo’lishi mumkin.
Har qanday holda ham
auditor audit andozalari va axloqiy talablarga muvofiq ravishda kasbiy xizmatlar
ko’rsatishi lozim. Agar auditor «A» davlatda xizmatlar ko’rsatsa va ushbu davlatning
axloqiy talablari «V» davlatda qabul qilingan talablardan farqlansa, quyidagi qoidalar
qo’llaniladi:
-
xizmat taqdim etilayotgan «A» davlatning axloqiy talablari «V» davlat
auditorlarining axloq kodeksida ko’zda tutilganlaridan ko’ra engilroq bo’lsa, bu holda
«V» davlat auditorlarining axloq kodeksi qo’llanilishi lozim;
-
xizmatlar taqdim etilayotgan «A» davlatning axloqiy talablari «V»
davlat auditorlarining axloq kodeksida ko’zda tutilganlaridan ko’ra qattiqroq bo’lsa,
bu holda xizmatlar ko’rsatilayotgan «A» davlatdagi axloqiy talablar qo’llanilishi
lozim.
-
mamlakatning milliy (axloqiy) talablari
mamlakat tashqarisida
xizmatlarni bajarishda majburiy hisoblansa va yuqorida bayon etilganlardan ko’ra
qattiqroq bo’lsa, bu holda milliy talablar qo’llanilishi lozim.
Dostları ilə paylaş: