««xalqaro audit»



Yüklə 1,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/61
tarix08.05.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#109379
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   61
««xalqaro audit»1

Soliq munosabatlari. Mijoz uchun eng ko’p qulaylik rejimini yaratish 
soliqqa tortish sohasida kasbiy xizmat ko’rsatuvchi auditorning vazifasi hisoblanadi. 
Taqdim etiladigan xizmatlar kasbiy bilimdonlik bilan amalga oshirilishi, hech qanday 
vaziyatda halollik va xolislik tamoyillarini buzmasligi kerak. Auditor soliqqa 
tortishning hamma sohalari bo’yicha qonunchilikka rioya etishi zarur: o’zining yoki 
boshqa shaxslarning manfaatidan kelib chiqib, daromadlarni oshirmasliklari lozim.
Professional xizmat ko’rsatish davrida auditor mijozning qiziqishlari bo’yicha 
ish olib boradi. Shunday holatda auditor mijozning soliqlarni to’lash va Davlat soliq 
inspektsiyasini aldash bo’yicha hatti-harakatlariga qonunchilik nuqtai-nazaridan 
javob berishi lozim.
Majburiy audit davomida auditor soliqqa tortish bo’yicha xatoliklarni aniqlasa, 
mijoz tashkilotning rahbariyatiga va ichki nazorat bo’limi (taftish komissiyasi)ga 
xatolarni to’g’rilash bo’yicha yozma ravishda ma’lumot berishi lozim. Auditor soliq 
bo’yicha har qanday ko’rsatmalarni faqat yozma ravishda berishi lozim. 
9. 
Professional xizmat uchun haq to’lash. Professional xizmat uchun haq 
miqdori ko’rsatilgan xizmatning murakkabligi, auditorning malakasi, tajribasi
professional nufuzi va malakaviy darajasiga bog’liqdir. Xizmat haqi erishilgan aniq 
bir natija, yutuqqa bog’liq bo’lmasligi lozim. Auditor mamlakatda o’rnatilgan hisob-
kitoblar me’yoridan ortiq ravishda ko’rsatilgan xizmat uchun naqd pul ko’rinishida 


48 
haq olishi mumkin emas. Auditor xizmat ko’rsatish uchun oladigan haqning tartibi va 
shartlari to’g’risida yozma ravishda oldindan mijozni xabardor qilib qo’yishi lozim. 
10. 
Auditorlar o’rtasidagi munosabatlar. Auditorlar bir-birlariga nisbatan 
samimiy bo’lishi lozim. Hamkablari ustidan kasbiy mahorat bo’yicha tanqid qilishi 
mumkin emas. 
Agar auditorlarning mijozi o’zaro almashsa, 1-auditor 2-auditorga yozma 
ravishda uning axborotini berishi lozim. Agar bir auditor 2-auditorga mijoz haqida 
axborot bermasa, u holda 2-auditor ijobiy javob olishga haqqi bor. Auditorlar boshqa 
auditorni yordamga chaqirsa, ular o’rtasidagi munosabat ish yuzasidan bo’lishi lozim. 
11. 

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin