Annotatsiya Mazkur dastur 5120300-Tarix (mamlakatlar va yo’nalishlar) ta’lim yo’nalishining 2017/2018 o’quv yilida tasdiqlangan o’quv rejasidagi “O’zbekiston tarixi”, “Jahon tarixi”, “Arxeologiya va etnologiya asoslari”



Yüklə 0,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/37
tarix08.05.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#109398
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Annotatsiya Mazkur dastur 5120300-Tarix (mamlakatlar va yo’nalis





Annotatsiya 
Mazkur dastur 5120300-Tarix (mamlakatlar va yo’nalishlar) ta’lim yo’nalishining 
2017/2018 o’quv yilida tasdiqlangan o’quv rejasidagi “O’zbekiston tarixi”, “Jahon 
tarixi”, “Arxeologiya va etnologiya asoslari”, “Amir Temur va temuriylar tarixi” 
fanlarining namunaviy dasturlari asosida tuzilgan bo’lib, 5A120302 – Tarix (yo’nalishlar 
va faoliyat turi bo’yicha) mutaxassisligi bo’yicha o’qishga kiruvchilar uchun 
mo’ljallangan. 
 
 
Tuzuvchilar:
 
U.U.Mansurov – NamDU, Arxivshunoslik kafedrasi mudiri, PhD., dotsent;
A.A.Erqo’ziyev – NamDU, Tarix kafedrasi mudiri, t.f.n. 
Taqrizchi:
A.N.Rasulov – NamDU, Tarix kafedrasi professori, t.f.d.
Dastur Ijtimoiy fanlar fakultetining 2021-yil 28-iyundagi 11-sonli Kengashida 
muhokama qilingan va tasdiqlashga tavsiya etilgan. 


Kirish 
Vatanimiz tarixining o’ta qiziqarli va murakkab jarayonlarida davlatchilik taraqqiyotining o’rni 
va ahamiyati beqiyos bo’lganligi, uning evolyutsiyasida mavjud bo’lgan ko’plab bosqichlar, tamoyillar, 
yo’nalishlar, qonuniyatlarning o’ziga xos ekanligi to’g’risida talabalarga chuqur bilimlar berish asosiy 
maqsaddir. 
5A120302 – Tarix (yo’nalishlar va faoliyat turi bo’yicha) magistratura mutaxassisligiga kirish 
uchun Tarix fanining barcha bo’limlarini, xususan, O’zbekiston tarixi, Arxeologiya va etnologiya 
asoslari, Ibtidoiy jamiyat tarixi, Xronologiya va metrologiya, Tarixiy o’lkashunoslik, Amir Temur va 
temuriylar tarixi, Buxoro xonligi tarixi, Qo’qon xonligi tarixi, Xiva xonligi tarixi, O’zbekiston 
davlatchiligi tarixi, O’rta Osiyo allomalari va tasavvuf-tariqatlari tarixi, O’rta Osiyoning qadimgi va o’rta 
asr shaharlari tarixi, Tarixiy toponimika, Tarixiy geografiya, Manbashunoslik va tarixshunoslik, 
Muzeyshunoslik va arxivshunoslik, Tarixiy atamashunoslik, O’zbekistonda yer-suv munosabatlari tarixi 
kabi fanlarni bilishi zarur.  
Tarix fanining barcha bo’limlarini o’qitishda, davlatchiligimiz tarixini o’rganishda arxiv 
manbalari, arxeologik materiallar va nodir qo’lyozmalardan foydalaniladi. 

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin