davrda biror turdagi nostabil stenokardiyaning (birinchi bor paydo bo‘lgan, avj olib
boruvchi, spontan va boshqa) klinik belgilari kuzatiladi. Aksariyat hollarda EKG
da ST segmenti va T tishchasi o‘zgaradi. Ayni vaqtda
ushbu davrda nostabil
stenokardiya belgilari bilan kechadigan barcha holatdarni MI bilan tugaydi deyish
noto‘g‘ri bo‘ladi. Chunki ularning faqat 15 – 20 % da MI shakllanadi.
2.O‘ta o‘tkir davri miokardni o‘tkir ishemiyasining ilk klinik va/yoki asbobiy
(EKG) belgilari paydo bo‘lgandan boshlab nekroz o‘chog‘i shakllangunga qadar
bo‘lgan vaqt (30 daqiqadan 2 soatgacha). Bu davr davomida toj tomirlarda qon
oqimini tiklash imkonini beruvchi trombolitik dori vositalarini o‘z vaqtida qo‘llab,
miokarddagi morfologik o‘zgarishlarni orqaga qaytarish va nekroz o‘chog‘i hosil
bo‘lishini oldini olish mumkin. MI ning birinchi klinik belgisi koronar arteriyani
trombotik okklyuziyasi jarayonini tugashi yoki uni to‘satdan
yuzaga kelishi
(bemorda prodromal davr belgilari bo‘lmaganda) bilan bog‘liq. Uning
boshlanishini bir nechta klinik turlari mavjud: og‘riqli (status anginosus); astmatik
(status astmaticus); abdominal (status abdominalis); aritmik; syerebrovaskulyar;
kam simptomli (simptomsiz) turi. Bemorlarning 80 – 95 % da MI anginoz -
og‘riqli turda boshlanadi. Uning boshlanishida yurakda kuchli og‘riq huruji paydo
bo‘lishi ko‘p uchraydi. Kuchli,
siquvchi, bosuvchi, kuydiruvchi, “xanjarsimon”
og‘riqlar asosan to‘sh ortida joylashgan bo‘lib, chap qo‘lga, kurak ostiga, jag‘ga
uzatiladi, o‘limdan qo‘rquv hissi bilan birga kechadi va aksariyat hollarda 40-60
daqiqa, ba’zan esa soatlab davom etadi (status anginosus).
Bir nechta qabul
qilingan nitrogliserin, uzoq vaqt ta’sir qiluvchi nitratlar va og‘riqni qoldiruvchi
narkotik bo‘lmagan analgetiklar samara bermaydi. Og‘riq asosan narkotik
analgetiklardan keyin kamayadi yoki o‘tib ketadi. Ular ba’zan to‘lqinsimon kechib,
ya’ni 20 - 30 daqiqa davom etgan kuchli og‘riqdan keyin 10 - 15 daqiqali tanafus
kuzatiladi va yana kuchli xuruj boshlanadi. Ayrim xollarda yordam ko‘rsatilmasa
ham o‘z – o‘zidan o‘tib ketishi mumkin.
Ob’yektiv tekshirish. Yurak sohasida og‘riq paydo bo‘lgan vaqtdan 1-1,5
soatgacha bo‘lgan davr ichida bemor ob’yektiv ko‘rikda o‘ta qo‘zg‘aluvchan va
tartibsiz harakatchan bo‘lib qolganligi kuzatiladi.
U azoblanishni kamaytirish
uchun o‘z holatini o‘zgartiradi, o‘tirib oladi, o‘ringa yotadi, turgan joyida qotib
turadi. Ayrim bemorlarda ko‘rik vaqtida teri qoplami oqarganligi, qo‘l –oyoqlari
muzlaganligi, yaqqol namoyon bo‘lgan terlash (o‘tkir tomir yetishmovchiligi,
reflektor og‘riqli shok yoki chin kardiogen shokning erta klinik belgisi) aniqlanadi.
Ko‘pincha lablarida ko‘karish kuzatiladi. Yaqqol namoyon bo‘lgan sianoz, bemor
ortopnoe
holatini egallashi, o‘pkaning pastki bo‘laklari ustida jarangsiz mayda
pufakchali nam xirillashlar paydo bo‘lishi va nafas olish sonini oshishi o‘tkir chap
qorincha yetishmovchiligi rivojlanganligidan dalolat beradi.
Yurakni paypaslash va perkussiyasi: Paypaslashda chap prekardial sohada
mahalliy og‘riq aniqlanadi, Bemor anamnezida chap
qorincha kengayishiga olib
kelishi mumkin bo‘lgan kasalliklar (AG, aterosklerotik yoki infarktdan keyingi
kardioskleroz va boshqalar) bo‘lmasa MI o‘ta o‘tkir davrida yurak chegaralari
kengayishi kuzatilmaydi.
Yurak auskultasiyasi:
Ishemiyaga uchragan chap qorincha miokardining
qisqaruvchanligi pasayganligi hisobiga yurak cho‘qqisida
I ton sustlashganligi
kuzatiladi. Chap qorinchani erta diastolik bo‘shashishi sekinlashishi yoki aortada
bosimni pasayishi hisobiga II ton susayadi. Kichik qon aylanish doirasida venoz
dimlanish natijasida o‘pka arteriyasida bosim oshishi hisobiga uning
proyeksiyasida II ton aksenti aniqlanadi. Ayrim bemorlarda aortani yaqqol
namoyon bo‘lgan aterosklerozi hisobiga ham aortada
II ton aksenti eshitilishi
mumkin. O‘tkir tomir yetishmovchiligi rivojlanganda QB asosan sistolik bosim
hisobiga pasayadi. Bir vaqtning o‘zida pulsni to‘liqligi va balandligi kamayadi
hamda tezlashadi.
Dostları ilə paylaş: