yuborish aksariyat bemorlarda koronar qon aylanishini tiklanishiga olib keladi.
Trombolitik davoni MI boshlangandan bir soat ichida (lekin 12 soatdan kech
bo‘lmagan davrda) kasalxonagacha bo‘lgan davrda boshlash samarali hisoblanadi.
MI tida kuzatiladigan bir qator klinik holatlarda o‘lim xavfi yuqori bo‘lganligi
sababli
zudlik bilan trombolitik davo boshlash maqsadga muvofiq hisoblanadi va
ular quyidagilar: o‘pkada dimlanish belgilari bilan kechuvchi avj olib boruvchi
yurak yetishmovchiligi, o‘pka shishi, kardiogen shok,
anamnezida avval miokard
infarkti o‘tqazganligi, o‘ng qorincha miokard infarkti, yondosh qandli diabet va
boshqalar.
Trombolitik davoga mutlaq va nisbiy qarshi ko‘rsatmalar:
Mutlaq:
Davom etayotgan ichki qon ketish;
Anamnezda bosh miya insulti;
Yaqinda (so‘nggi ikki oy) o‘tkazilgan bosh yoki
orqa miya jarohati yoki
jarrohlik amaliyoti;
Bosh miya o‘smasi, arteriovenoz shuntlar yoki anevrizmalar;
Gemorragik diatezlar;
Og‘ir boshqarib bo‘lmaydigan arterial gipertenziya.
Nisbiy:
Yaqinda (10 kundan ko‘p bo‘lmagan vaqt ichida) “katta” jarroxlik
amaliyoti (aorto- kororar shuntlash,
akusherlik muolijasi, a’zolardan
biopsiya olish va boshqalar) o‘tkazganlik;
Bosh miya qon tomirlari kasalligi;
Yaqinda (10 kundan ko‘p bo‘lmagan vaqt ichida) oshqozon ichak tizimi
yoki jinsiy – siydik chiqarish a’zolaridan qon ketish;
Yaqinda (10 kundan ko‘p bo‘lmagan vaqt ichida) olingan jarohat;
Sistolik qon bosimini 180 va/yoki diastolikni 110 mm.sim.ust. va undan
yuqori bo‘lishi;
Chap bo‘lmacha va qorincha trombozi rivojlanish ehtimoli yuqoriligi (chap
atriventrikulyar teshikni torayishi yoki hilpillovchi aritmiya);
O‘tkir perikardit;
Bakterial endokardit;
Gemostaz tizimi va jigar hamda buyrak kasalliklari
natijasida yuzaga
kelgan o‘zgarishlar;
Tug‘ma jigar yetishmovchiligi;
Homiladorlik;
Diabetik gemorragik retinopatiya yoki boshqa sabablar natijasida yuzaga
kelgan oftalmologik holatlar;
Septik tromboflebit yoki atrioventrikulyar kateterni infeksiya tushish
ehtimoli yuqori bo‘lgan sohada tromb paydo bo‘lishi;
Yoshi 75 dan yuqori bo‘lgan bemorlar;
Antikoagulyantlarni (masalan varfarin) ichish davom ettirilganda.
Streptokinaza 1,5 mln birlikda 100 ml 0,9% li izotonik eritmada 30-60 daqiqa
davomida tomir ichiga tomchilab yuboriladi. Streptokinaza qo‘llanilganda
bemorning QB tushib ketishi yoki allergik reaksiya rivojlanishi mumkin.
Ushbu
preparat juda yuqori allergenlik xususiyatiga ega bo‘lganligi sabbali uni faqat olti
oydan keyin qayta qo‘llash mumkin.
Streptokinazaga allergiyasi bo‘lgan bemorlarga plazminogen to‘qima
aktivatori (faollashtiruvchisi)
altepaza qo‘llaniladi. Fibrinolitik vositalarni qayta
yuborishga zaruriyat tug‘ilganda streptokinazadan keyin altepaza yuborish
mumkin. Chunki streptokinazani qayta qo‘llash anafilaktik reaksiya chaqirishi
mumkin.
Alpalaza avval 15 mg bolyus yo‘li
bilan vena ichiga, keyin 30 daqiqa
davomida bir kg tana vazniga 0,75 mg va undan so‘ng 60 daqiqa davomida 0,5 mg
yuboriladi. Umumiy miqdori tomir ichiga tomchilab 100 mg bo‘lishi kerak.
Urokinaza 2 mln yoki 1,5 mln birlikdan bolyus yo‘li bilan vena ichiga, keyin
5 mln birlikda bir soat davomida tomir ichiga tomchilab.
Dostları ilə paylaş: