ExoKG o‘tkazish tashhisni aniqlashda muhim ahamiyatga ega. Ushbu asoratni ham
faqat jarroxlik yo‘li bilan bartaraf etish mumkin.
Perikardit. MI bilan og‘rigan bemorlarning 6-11% da kasallikning 2-4 kunida
perikardit rivojlanadi. O‘tkir perikarditda
uning ishqalanish shovqini eshitilishi
mumkin. Aksariyat hollarda u uchta tarkibiy qismdan iborat bo‘lib, yurak
qisqrishining davrlariga mos keladi: qorinchalar sistolasi va diastolasi hamda
bo‘lmachalar sistolasi. Ayrim holatlarda ushbu shovqin
faqat sistolik qismga ega
bo‘lishi mumkin. Shovqin turli intensivlikda (dag‘al tirnovchi yoki mayin) bo‘lib,
asosan to‘sh ustida, yoki to‘sh suyagini chap qirrasida (yurakni mutlaq to‘mtoqlik
sohasida) aniqlanadi va 1-6 kun davomida saqlanib turadi.
Ko‘krak qafasidagi
og‘riq perikarditni yana bir klinik belgisi hisoblanib, MI dagi og‘riqlardan farqlash
juda qiyin. Og‘riqni chap qo‘lga va bo‘yin sohasiga uzatilmasligi, yutinganda,
yo‘talganda, nafas chiqarganda hamda yotganda
kuchayishi uni koronar
og‘riqlardan farqlashga yordam beradi. Bundan tashqari bemor tana xarorati 39
0
S
gacha ko‘tarilib 3 kungacha saqlanib turishi ham MI ga xos belgi xisoblanmaydi.
O‘tkir perikardit rivojlanganda aksariyat hollarda bemorga asetilsalisilat
kislotasi (kuniga 160-650 mg gacha), GKS, NYAQD tavsiya etiladi. Ushbu dori
vositalari og‘riq
sindromini kamaytirsada, chap qorincha devorini yupqalashtirib
uni yorilishiga olib kelishi mumkin. Shu sababli ularni qo‘llashda juda extiyot
bo‘lish kerak. O‘tkir perikarditda antikoagulyantlarni qo‘llash gemiperikard
rivojlanish xavfini oshiradi.
MI ning erta davrida yuqorida keltirilgan asoratlardan
tashqari siydik
ajralishining o‘tkir buzilishi, oshqozon- ichak tizimida o‘zgarishlar (o‘tkir yaralar,
qon ketish, parezlar) va ruhiy buzilishlar rivojlanishi mumkin.
MI ning kechki davrlarida yuqorida sanab o‘tilgan ayrim asoratlar (aritmiya,
tromboemboliya, o‘tkar chap qorincha yetishmovchiligi va boshqalar) bilan birga
Dressler sindromi (infarktdan keyingi sindrom) va SYUYe kuzatiladi.
Dostları ilə paylaş: