Tromboembolik asoratlar
miokard infarkti bilan og‘rigan bemorlarning 10-20
% kuzatiladi.
Ularda miokard infarktiga olib kelgan asosiy sabab hamda u tufayli
qon aylanishi buzilishi natijasida turli sohadagi qon tomirlarida (bosh miya, o‘pka,
buyrak, mezenterial va boshqa arteriyalarda) tromb hosil bo‘lishi va shu a’zoda
ishemiya va infarkt rivojlanishi mumkin. Katta qon aylanish doirasida tromb chap
qorinchadan, o‘pka arteriyalarida esa oyoq venalaridan keladi. Aksariyat hollarda
devor oldi trombi tromboembolik asoratlarga sabab bo‘ladi. Yurak
yetishmovchiligi ham tromboemboliya bilan kechishi mumkin. Klinik nuqtai
nazardan ushbu asorat gemiparezlar (bosh miya tomiri emboliyasi), turg‘un arterial
gipertenziya va gematuriya (buyrak arteriyasi), qorinda (mezinterial arteriyalar) va
oyoqdagi (son arteriyasi) kuchli og‘riqlar bilan kechadi.
ExoKG yordamida chap
qorinchada devor oldi trombini aniqlash mumkin. Bemorda miokard infarktining
birinchi uch kunida katta devor oldi trombi hosil bo‘lishi yomon oqibatdan dalolat
beradi. Uncha katta bo‘lmagan lekin harakatchan “oyoqda” bo‘lgan tromb ham
xavfli hisoblanadi.
Tromboendokardit – holsizlik, ko‘p terlash, turg‘un, uzoq
davom etuvchi taxikardiya va tana haroratining ko‘tarilishi (antibiotiklar
samara
bermaydi), yurak cho‘qqisida sistolik shovqin paydo bo‘lishi hamda
tromboembolik sindromlar bilan namoyon bo‘ladi. Ushbu guruh bemorlarga agar
qarshi ko‘rsatma bo‘lmasa antiagrigantlar (geparin kuniga 20000
birlikda teri
ostiga, keyin 3-6 oy davomida bilvosita antikoagulyantlar) berish zarur. Yurak zarb
hajmi past bemorlar uzoq vaqt harakatsiz yotganda oyoqlarni chuqur venalari
trombozi yuzaga kelib 12 – 38 % hollarda O‘ATE rivrojlanishiga sabab bo‘ladi.
Oyoqlarni chuqur venalari trombozi yuzaga kelmasligi uchun bemorni iloji boricha
erta faollashtirish va yetarli darajada yurakni qon otib berish hajmini tiklash lozim.
Dostları ilə paylaş: