borilgan davo tadbirlariga qaramasdan aksariyat hollarda bemor o‘limi bilan
tugaydi.
Chin va areaktiv turdagi kardiogen shokni davolash o‘ta murakkab bo‘lib, MI
ning ushbu asoratidan o‘lim 65 - 90 % ni tashkil etadi. Faqat o‘z vaqtida erta olib
borilgan toj tomirlarda qon aylanishini tiklashga yo‘naltirilgan jarroxlik amaliyoti
o‘limni 30 – 40 % kamayishiga olib keladi.
Kardiogen shokni davolash quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Og‘riqsizlantirish;
Oksigenoterapiya;
Trombolitik davo;
Gemodinamikani monitoring qilish.
Vena ichiga suyuqliklar quyish (qarshi ko‘rsatmalar bo‘lmaganda);
Periferik vazodilatatorlar va inotrop vositalarni qo‘llash;
Elektr impulsli davo yoki elektrokardiostimulyatordan (yurak ritmi va
o‘tkazuvchanligi buzilganda) foydalanish;
Arteriya ichi ballonli kontrpulsasiyasi;
Jarrohlik yo‘li bilan davo (zudlik bilan koronaroangioplastika yoki aorta
koronar shuntlash, qorinchalar aro to‘siq yorilishini, so‘rg‘ichsimon mushak
disfunksiyasi va uzilishini jarroxlik yo‘li bilan bartaraf etish).
O‘tkir chap qorincha yetishmovchiligi bilan asoratlangan MI ni davolash
klinik, laborator, ExoKG va gemodinamik ko‘rsatgichlarni doimiy nazorat qilgan
holda olib borilishi lozim. Gemodinamikani nazorat qilish maqsadida yurakni o‘ng
tomonini Svana - Gans kateteri bilan katerizasiyalash mumkin. Mabodo uning
imkoniyati bo‘lmasa quyidagi ko‘rsatgichlarga asoslaniladi:
Klinik belgilar – bemor axvolini og‘irlik darajasi, nafas olish va yurak urish
soni, o‘pkada qon dimlanishini auskultasiya hamda periferik gipoperfuziya
belgilarini namoyon bo‘lishi;
Tizimli qon bosimi ko‘rsatgichi;
Markaziy venoz bosim ko‘rsatgichi;
Dinamikada ExoKG ko‘rsatgichlari;
Diurez miqdori.
Dostları ilə paylaş: