Miokard infarkti bilan og‘rigan bemorlarning 1-3 % da qorinchalar aro to‘siq
yorilishi kuzatiladi va ushbu asorat 20-30% hollarda kasallikning birinchi 24
soatida yuzaga keladi. So‘ngi ikki xafta ichida qorinchalar aro to‘siq yorilishi
ehtimoli juda kam bo‘ladi. Ichki yorilish rivojlanganda bemorda dori vositalari
yordamida bartaraf etib bo‘lmaydigan kuchli og‘riq bilan bir qatorda, o‘tkir yurak
yetishmovchiligi va kichik qon aylanish doirasida
dimlanish belgilarining
rivojlanishi kuzatiladi. Ayni vaqtda qorinchalar aro to‘siq yorilishi o‘tkir
rivojlanganda shovqin mayin bo‘lishi yoki umuman eshitilmasligi ham mumkin.
Ushbu asorat ExoKG yordamida tashxislanadi.
Mitral qopqog‘i yetishmovchiligi. To‘liq MI bilan og‘rigan bemorlarning 50
% yengil, 4 % da esa og‘ir mitral qopqoqchalari yetishmovchiligi rivojlanib, o‘z
vaqtida jarroxlik yo‘li bilan bartaraf etilmasa 24 % hollarda o‘lim
bilan tugashi
mumkin. Bunga so‘rg‘ichsimon mushaklar disfunksiyasi yoki uzilib ketishi sabab
bo‘ladi.
So‘rg‘ichsimon mushaklar (asosan orqadagi) disfunksiyasi shu soxaga yaqin
joylashgan
chap
qorincha
mushaklari
ishemiyasi
xisobiga
rivojlanadi.
Auskultasiyada mitral qopqoqlarini nisbiy yetishmovchiligi
sababli yurak
cho‘qqisida sistolik shovqin eshitiladi. Disfunksiya ExoKG yordamida aniqlanadi
va maxsus davolash chora tadbirlarini talab etmaydi.
So‘rg‘ichsimon mushaklar uzilishi MI bilan og‘rigan bemorlarning 1 % da
kuzatiladi. Aksariyat holatlarda orqa so‘rg‘ichsimon mushak shikastlanadi. Ushbu
asorat kasallikning 2-7 kunida to‘satdan yurak cho‘qqisida dag‘al sistolik shovqin
va o‘pka shishi belgilari bilan namoyon bo‘ladi. Tashxis ExoKG yordamida
tasdiqlanadi. O‘z vaqtida jarroxlik muolijasi o‘tqazilmasa, kasallikning 24 soatida
50 % va 2 oy davomida esa 94 % o‘lim holati kuzatiladi.
Dostları ilə paylaş: