Toshkent tibbiyot akademiyasi miokard infarkti, atipik kechishi, asoratlari



Yüklə 1,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/34
tarix08.05.2023
ölçüsü1,15 Mb.
#109453
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   34
2.МИ. Ўқув-услубий қўлланма Лотин

O‘pka shishini davolash. Miokard infarktida o‘pka shishini davolash o‘pka 
arteriyasida diastolik bosim, kichik qon aylanish doirasida dimlanish belgilarini 
bartaraf etish va yurak indeksini muvozanatlashga yo‘naltirilgan.
Agar bemorni sistolik bosimi me’yorida yoki bir oz pasaygan (100-110 
mm.sim.ust. dan yuqori), o‘pka arteriyasida diastolik bosim 18-20 mm.sim.ust. 
(me’yorda 8-12 mm.sim.ust) bo‘lsa, bo‘g‘ilish va o‘pkada nam xirillashlar 
aniqlansa, yurak indeksi va markaziy venoz bosim o‘zgarmagan bo‘lib, periferik 
gipoperfuziya belgilari kuzatilmasa quyidagi davolash muolijalari qo‘llaniladi:


Siydik haydovchi dori vositalari. Furosemid (laziks) 20-80 mg v/i bir yoki bir 
necha marta (kunlik maksimal doza 2000 mg). Furosemid kuchli diuretik vosita 
bo‘lib qisqa vaqt ichida aylanib yurgan qon hajmini, AB ni, oldingi va so‘ngi 
yuklamani, hamda o‘pka arteriyasida diastolik bosimni kamaytirib hansirash va 
o‘pkadagi xirillashlarni bartaraf etadi. Ikki- uch kun davomida furosemidni vena 
ichiga yuborib keyin kunda bir marta 40-80 mg ichishga tavsiya etish maqsadga 
muvofiq. Furosemid bilan davolaganda sistolik AB 90 mm.sim.ust. dan pasayishi, 
yurak indeksi kamayishi natijasida toj tomirlar perfuziyasi yomonlashishi hisobiga 
nekroz sohasi kengayishi, hamda gipokaliyemiya (aritmiya rivojlanish xavfi) holati 
yuzaga kelishi mumkin. Shu sababli gemodinamikani muntazam nazorat qilib 
borish kerak. 
Vazodilatatorlar (nitrogliserin - izoket, perlinganit), nitroprussid natriy va 
boshqalar) o‘pka shishi bilan asoratlangan miokard infarktini davolashda asosiy 
dori vosita hisoblanadi (sistolik bosim 90 mm.sim.ust. bo‘lganda). Niktrogliserin 
vena tomirlarini kuchli kengaytiruvchi xususiyatga ega bo‘lib, qisqa vaqt ichida 
yurakka kelayotgan qon miqdorini- oldingi yuklamani hamda chap qorinchani qon 
bilan to‘lishini kamaytirib, kichik qon aylanish doirasidagi dimlanish belgilarini 
bartaraf etadi. Bundan tashqari nitrogliserin arterial tomirlar, jumladan toj tomirlar 
tonusini kamaytirib umumiy periferik qarshilikni, chap qorinchaga kelayotgan 
so‘ngi yuklamani pasaytiradi va koronar perfuziyani oshiradi. Nitroprussid natriy 
ko‘proq arteriolalarga ta’sir qiladi.
AG li va o‘pka shishi bilan asoratlanganda MI bilan og‘rigan bemorlarni 
davolashda nitroprussid natriy tavsiya etish maqsadga muvofiq. Chunki ushbu 
preparat o‘pka arteriyasida diastolik bosimni va tizimli AB ni pasaytiradi.
Nitrogliserin (1 % li spirtli eritma) 0,9 % li natriy xloridda tomir ichiga 
tomchilab yuboriladi. Preparatni yuborish daqiqada 5-10 mg dan boshlab har 10 
daqiqada tezligi asta -sekin oshirib boriladi. Mo‘ljallangan gemodinamik samaraga 
erishilgandan so‘ng 24-72 soat davomida “ushlab turuvchi” dozada yuborish 
davom ettiriladi va keyin tabletka ko‘rinishida odatiy miqdorda ichishga 
buyuriladi. 
Morfin (2-5 mg vena ichiga oqim bilan) nafas markazini ortiqcha faolligini 
kamaytirib taxipnoeni bartaraf etadi. Bundan tashqari u periferik qon tomirlarni 
kengaytirish xususiyatiga ega bo‘lib, yurakka qaytib kelayotgan venoz qon 
hajmini, o‘pka arteriyasida diastolik bosimni va oldingi yuklamani kamaytiradi.
Oksigenoterapiya o‘pka shishi rivojlangan barcha bemorlarga qo‘llaniladi. 
Burun kateteri yoki maxsus maska orqali namlangan kislorod bilan nafas olish 
nafaqat markaziy asab tizimi gipoksiyasini va metabolik asidozni kamaytiradi
balki o‘pkani mexanik xususiyatini ham yaxshilaydi. Kislorod konsentrasiyasini 


oshishi sinokorotid va boshqa xemoreseptorlarda afferent impulsni pasaytirib 
taxipnoeni sekinlashtiradi.
Alveolar shishda ko‘pik cho‘ktiruvchi vositalar jumladan spirt parlari 
qo‘llaniladi. Yaqqol namoyon bo‘lgan o‘pka shishida, tez avj olib boruvchi nafas 
yetishmovchiligi es – hushni yomonlashishi, kuchli sianoz, ko‘z qorachig‘i 
o‘lchamini o‘zgarishi, hansirash, nafas olishda yordamchi mushaklarni faol 
qatnashishi bilan kechganda zudlik bilan bemorni nafas yo‘llari ko‘pikdan 
tozalanib tashqaridan boshqariladigan sun’iy nafas apparatiga o‘tqaziladi.
Mikrosirkulyasiyadagi o‘zgarishlarni muvozanatlash va toj tomirlarda yana 
tromb hosil bo‘lishini oldini olish maqsadida bemorlarga geparin va antiagrigantlar 
(klopidogrel, aspirin va boshqalar) buyuriladi.

Yüklə 1,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin