qon aylanish doirasida dimlanish, ya’ni
nam xirillashlar, qon tuflash) paydo
bo‘lishi;
Oligo (soatiga 20 ml.gacha) va anuriya;
Bilak arteriyasida pulsni ipsimon bo‘lishi;
Adinamiya, apatiya, atrof muxitga befarqlik, es –xushni buzilishi, koma;
Pyeriferik belgilar (teri qoplamini oqarishi, tananing sovuq, yopishqoq ter
bilan qoplanishi, qo‘l–oyoqlarning muzlashi);
O‘pka shishi belgilari (interstisial va alveolyar).
Kardiogen shokning quyidagi to‘rtta turi farqlanadi:
Reflektor (reflektor kollaps, og‘riqli reflektor shok) qon tomirlari
tonusining kompensator o‘zgarish mexanizmining yo‘qolishi sababli (o‘tkir tomir
yetishmovchiligi) og‘riq xurujining yuqori cho‘qqisida yuzaga keladi. Shokning bu
turi to‘g‘risida fikr yuritganda, faqat shok emas, balki miokard infarkti natijasida
rivojlangan kuchli arterial gipotenziya yoki og‘riqli
kollaps deb atalsa maqsadga
muvofiq. Uning tashhisiy mezonlari:
Sistolik QB ni 90-100 mm sim.ust.dan past bo‘lishi;
Sinusli bradikardiya;
Og‘riq belgisini bartaraf etish va bir marotaba vazopressor dori vositalarini
qo‘llash natijasida bemor ahvoli yaxshilanib, QB ning ko‘tarilishi.
Aritmik yurak ritmining buzilishi natijasida chap qorincha faoliyatining
keskin pasayib ketishi sababli yuzaga keladi. Bemorda kardiogen shokka xos
bo‘lgan barcha belgilar kuzatilib, ritm tiklangandan so‘ng klinik va gemodinamik
o‘zgarishlar tez qayta me’yoriga keladi.
Chin kardiogen shok miokardning 40 % dan ko‘p
qismi nekrozga uchrashi
natijasida chap qorinchaning nasos faoliyati keskin pasayib ketishi sababli yuzaga
keladi. Uning tashhisiy mezonlari:
Arterial gipotoniya (sistolik QB ni
80, puls bosimini
20 mm
sim.ust.dan past bo‘lishi);
Periferik vazospazm (bemor rangi oqarib ketishi, akrosianoz, taxikardiya,
teri qoplamlarining sovuq terga botishi, o‘pkada nam xirillashlar);
Oligouriya – siydikni 1 daqiqada 20 ml.dan kam bo‘lishi;
Byemorning es-hushi buzilishi (atrofdagi voqyealarga befarq yoki
qo‘zg‘aluvchan);
O‘tkir chap qorincha yetishmovchiligi (kuchayib boruvchi hansirash,
taxikardiya, o‘pkada nam xirillashlar) rivojlanishi;
Myetabolik asidoz;
Olib borilgan davo choralarni samarasizligi.
Kardiogen shokning areaktiv turi uning eng og‘ir ko‘rinishi
hisoblanib,
chin kardiogen shokda kuzatiladigan belgilar bilan namoyon bo‘ladi va olib
borilgan davo tadbirlariga qaramasdan aksariyat hollarda bemor o‘limi bilan
tugaydi.
Chin va areaktiv turdagi kardiogen shokni davolash o‘ta murakkab bo‘lib, MI
ning ushbu asoratidan o‘lim 65 - 90 % ni tashkil etadi. Faqat o‘z vaqtida erta olib
borilgan toj tomirlarda qon aylanishini tiklashga yo‘naltirilgan jarroxlik amaliyoti
o‘limni 30 – 40 % kamayishiga olib keladi.
Kardiogen shokni davolash quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Og‘riqsizlantirish;
Oksigenoterapiya;
Trombolitik davo;
Gemodinamikani monitoring qilish.
Vena ichiga suyuqliklar quyish (qarshi ko‘rsatmalar bo‘lmaganda);
Periferik vazodilatatorlar va inotrop vositalarni qo‘llash;
Elektr impulsli davo yoki elektrokardiostimulyatordan (yurak ritmi va
o‘tkazuvchanligi buzilganda) foydalanish;
Arteriya ichi ballonli kontrpulsasiyasi;
Jarrohlik yo‘li bilan davo (zudlik bilan koronaroangioplastika
yoki aorta
koronar shuntlash, qorinchalar aro to‘siq yorilishini, so‘rg‘ichsimon mushak
disfunksiyasi va uzilishini jarroxlik yo‘li bilan bartaraf etish).
O‘tkir chap qorincha yetishmovchiligi bilan
asoratlangan MI ni davolash
klinik, laborator, ExoKG va gemodinamik ko‘rsatgichlarni doimiy nazorat qilgan
holda olib borilishi lozim. Gemodinamikani nazorat qilish maqsadida yurakni o‘ng
tomonini Svana - Gans kateteri bilan katerizasiyalash mumkin. Mabodo uning
imkoniyati bo‘lmasa quyidagi ko‘rsatgichlarga asoslaniladi:
Klinik belgilar – bemor axvolini og‘irlik darajasi, nafas olish va yurak urish
soni, o‘pkada qon dimlanishini auskultasiya hamda
periferik gipoperfuziya
belgilarini namoyon bo‘lishi;
Tizimli qon bosimi ko‘rsatgichi;
Markaziy venoz bosim ko‘rsatgichi;
Dinamikada ExoKG ko‘rsatgichlari;
Diurez miqdori.
Dostları ilə paylaş: