oshishi sinokorotid va boshqa xemoreseptorlarda afferent impulsni pasaytirib
taxipnoeni sekinlashtiradi.
Alveolar shishda ko‘pik cho‘ktiruvchi vositalar jumladan spirt parlari
qo‘llaniladi. Yaqqol namoyon bo‘lgan o‘pka shishida, tez avj olib boruvchi nafas
yetishmovchiligi es – hushni yomonlashishi, kuchli sianoz, ko‘z qorachig‘i
o‘lchamini o‘zgarishi, hansirash, nafas olishda yordamchi mushaklarni faol
qatnashishi bilan kechganda zudlik bilan bemorni nafas yo‘llari ko‘pikdan
tozalanib tashqaridan boshqariladigan sun’iy nafas apparatiga o‘tqaziladi.
Mikrosirkulyasiyadagi o‘zgarishlarni muvozanatlash va toj tomirlarda yana
tromb hosil bo‘lishini oldini olish maqsadida bemorlarga geparin va antiagrigantlar
(klopidogrel, aspirin va boshqalar) buyuriladi.
Dostları ilə paylaş: