Toshkent tibbiyot akademiyasi miokard infarkti, atipik kechishi, asoratlari



Yüklə 1,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/34
tarix08.05.2023
ölçüsü1,15 Mb.
#109453
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   34
2.МИ. Ўқув-услубий қўлланма Лотин

Chap qorincha anevrizmasi. Chap qorincha anevrizmasida – qorincha 
devorini maxalliy paradoksal bo‘rtib chiqishi hisoblanadi. Anevrizma ko‘proq chap 
qorinchani oldingi devorida va cho‘qqi soxasida yuzaga keladi. Paski orqa devor 
anevrizmasi juda kam uchraydi. Patomorfologik jihatdan anearizma keyinchalik 
kalsiy tuzlari o‘tirib qolishi mumkin bo‘lgan biriktiruvchi to‘qimali chandiq 
hisoblanadi. Uning yuzasida yassi tromb o‘tirib qolishi mumkin. Bemorlarnin 80 
% da chap tomonda 3-4 qovurg‘alar oralig‘ida, yurak cho‘qqi turtkisiga mos 
kelmaydigan perikardial pulsasiyasi aniqlanadi. Shu bilan bir qatorda ob’yektiv 
ko‘rikda yurak chegaralarini kengayishi, cho‘qqida I ton sustlashib sistolik shovqin 
paydo bo‘lishi hamda o‘pka arteriyasi ustida II ton aksenti, o‘tkir yoki surunkali 
qon aylanishi yetishmovchiligi belgilari paydo bo‘lishi, tromboembolik asoratlar 
kuzatilishi mumkin. EKG da MI davrlariga xos dinamik o‘zgarishlar kuzatilmaydi 
(ST oralig‘ining o‘rta chiziqdan yuqorida saqlanib qolishi- qotib qolgan EKG). 


ExoKG o‘tkazish tashhisni aniqlashda muhim ahamiyatga ega. Ushbu asoratni ham 
faqat jarroxlik yo‘li bilan bartaraf etish mumkin.
Perikardit. MI bilan og‘rigan bemorlarning 6-11% da kasallikning 2-4 kunida 
perikardit rivojlanadi. O‘tkir perikarditda uning ishqalanish shovqini eshitilishi 
mumkin. Aksariyat hollarda u uchta tarkibiy qismdan iborat bo‘lib, yurak 
qisqrishining davrlariga mos keladi: qorinchalar sistolasi va diastolasi hamda 
bo‘lmachalar sistolasi. Ayrim holatlarda ushbu shovqin faqat sistolik qismga ega 
bo‘lishi mumkin. Shovqin turli intensivlikda (dag‘al tirnovchi yoki mayin) bo‘lib, 
asosan to‘sh ustida, yoki to‘sh suyagini chap qirrasida (yurakni mutlaq to‘mtoqlik 
sohasida) aniqlanadi va 1-6 kun davomida saqlanib turadi. Ko‘krak qafasidagi 
og‘riq perikarditni yana bir klinik belgisi hisoblanib, MI dagi og‘riqlardan farqlash 
juda qiyin. Og‘riqni chap qo‘lga va bo‘yin sohasiga uzatilmasligi, yutinganda, 
yo‘talganda, nafas chiqarganda hamda yotganda kuchayishi uni koronar 
og‘riqlardan farqlashga yordam beradi. Bundan tashqari bemor tana xarorati 39


gacha ko‘tarilib 3 kungacha saqlanib turishi ham MI ga xos belgi xisoblanmaydi.
O‘tkir perikardit rivojlanganda aksariyat hollarda bemorga asetilsalisilat 
kislotasi (kuniga 160-650 mg gacha), GKS, NYAQD tavsiya etiladi. Ushbu dori 
vositalari og‘riq sindromini kamaytirsada, chap qorincha devorini yupqalashtirib 
uni yorilishiga olib kelishi mumkin. Shu sababli ularni qo‘llashda juda extiyot 
bo‘lish kerak. O‘tkir perikarditda antikoagulyantlarni qo‘llash gemiperikard 
rivojlanish xavfini oshiradi.
MI ning erta davrida yuqorida keltirilgan asoratlardan tashqari siydik 
ajralishining o‘tkir buzilishi, oshqozon- ichak tizimida o‘zgarishlar (o‘tkir yaralar, 
qon ketish, parezlar) va ruhiy buzilishlar rivojlanishi mumkin.
MI ning kechki davrlarida yuqorida sanab o‘tilgan ayrim asoratlar (aritmiya, 
tromboemboliya, o‘tkar chap qorincha yetishmovchiligi va boshqalar) bilan birga 
Dressler sindromi (infarktdan keyingi sindrom) va SYUYe kuzatiladi. 

Yüklə 1,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin