mkg/daqiqaga oshirib boriladi. Ushbu holatda sistolik qon bosim 110 mm.sim.ust.
dan, gipertoniya kasalligi mavjud bo‘lganlarda esa avvalgi AB ko‘rsatgichining
25-30% idan kam bo‘lmasligi kerak.
β-blokatorlar MI ning o‘ta o‘tkir davrida tomir ichiga yuborish og‘riq
hurujini bartaraf etadi, nekroz sohasini chegaralaydi, yurakning qisqaruvchanligini
va miokardni kislorodga bo‘lgan
talabini kamaytiradi, katexolaminlarni yurakka
ta’sirini sustlashtiradi, YUUS,
AB ni pasaytiradi, qorinchalar fibrillyasiyasi va
supraventrikulyar ritm buzilishlari yuzaga kelishini oldini oladi. Ularni qo‘llaganda
YUUS bir daqiqada 55 - 60 tadan kam bo‘lmasligi va AB 100 mm.sim.ust. dan
yuqori bo‘lishini nazorat qilish zarur. β-blokatorlar tavsiya etganda qarshi
ko‘rsatmalarni (bradikardiya – YUUS bir daqiqada 60 tadan kam, II-II darajadagi
AV blokada, P-Q(R) oraliq 0,24 soniyadan uzun va boshqalar)
inobatga olish
lozim.
Q tishchali MI rivojlangan barcha bemorlarga
oksigenoterapiya tavsiya
etiladi. Bemorga maska yoki burin ichi kateteri orqali kislorod berish arterial qonni
kislorod bilan to‘yinishiga, miokardni ishemiyaga uchragan sohasida unga yaqin
joylashgan o‘zgarmagan to‘qimalar orqali kislorod
diffuziyasini oshishiga va
shikastlanish (infarkt oldi soha) yuzasini kamayishiga olib keladi. Ushbu muolijani
bemor intensiv bo‘limga kelib tushgan vaqtdan boshlab, undan keyingi ikki kun
davomida olib borish kerak.
Dostları ilə paylaş: