oldi trombositar “oq” tromb hosil bo‘ladi. Bir vaqtni o‘zida shu sohada kuchli
vazokonstriktor ta’sirga ega bo‘lgan qator biologik faol moddalar (endotelin,
serotonin, trombin, antitrombin A2) ajralib chiqadi.
Bundan tashqari mayda
trombositar agregantlar kichik toj tomirlar emboliyasiga olib keladi va koronar qon
aylanishini yanada yomonlashadi.
Agar bemor fibrinolitik tizimini tabiiy faollashishi yoki trombolitik davo
natijasida trombni o‘z – o‘zidan erib (lizis) ketishi kuzatilmasa u asta – sekin
kattalashib tomir teshigini butunlay yopib qo‘yadi va Q tishchali (transmural) MI
rivojlanadi. Biror sababga ko‘ra toj tomir to‘liq yopilib qolmasa yoki to‘satdan
tromb o‘z – o‘zidan erib ketsa (yirik
toj tomirlar batamom yopilib, kollaterallar
yaxshi rivojlangan holatlarda ham) subendokardial yoki intramural (Q tishchasiz)
MI shakllanadi.
Ayrim hollarda (75 %) toj tomirni butinlay yopib qo‘yuvchi tromb
shakllanish jarayoni 2 kundan 2 - 3 haftagacha davom etadi. Bu davr klinik nuqtai
nazardan nostabil stenokardiyani kechishiga mos keladi (infarktdan
oldingi
sindrom). Juda kam hollarda (bemorlarni ¼ qismida) tomirni to‘liq bekitib
qo‘yuvchi tromb hosil bo‘lish jarayoni yashin tezligida kechadi. Bunday
bemorlarda infarkt oldi (prodromal) davr kuzatilmaydi.
Yurak mushaklarida o‘tkir nekroz rivojlanishiga yana
uchta quyidagi holatlar
sabab bo‘lishi mumkin:
Toj tomirlarni yaqqol namoyon bo‘lgan spazmi;
Kollateral tomir tizimini yaxshi rivojlanmaganligi;
Jismoniy va emosionial zo‘riqish, AB ni keskin ko‘tarilib ketishi va boshqa
sabablar oqibatida miokardni kislorodga bo‘lgan talabini keskin oshishi. Ushbu
uchta omil nekroz o‘chog‘ini kattalashishiga va xajmini oshishiga olib keladi.
Aksincha kollateral qon aylanishi yaxshi rivojlanganda sekin - asta yuzaga kelgan
toj tomirni to‘liq okklyuziyasi natijasida ham ayrim holatlarda MI rivojlanmasligi
mumkin.
Dostları ilə paylaş: