SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
1103
a comparative analysis of the experience of foreign countries in public procurement and audit of
procurement, features of the procurement system was carried out, as well as issues of improving
the existing public procurement system in the Republic of Uzbekistan based on analytical audit
activities.
Keywords: audit control, budget organization, contract, public procurement,
procurement system, state budget, tender sales, transparency.
Kirish
Byudjet tashkilotlarida va ustavida davlat ulushi 50% dan yuqori bo’lgan korporativ
tashkilotlarning pul mablag’laridan oqilona foydalanish maqsadida
ularning ehtiyojlari uchun
xarid qilinadigan tovar, ish yoki xizmatlarni elektron savdolar orqali amalga oshirilishiga
bugungi kunda katta ahamiyat qaratilmoqda. Chunki, samarali
davlat xaridi tizimini
shakllantirilmasa byudjet mablag’laridan maqsadli va oqilona foydalanishga erishishning imkoni
yo’q. Davlat byudjeti mablag’larining asosiy qismi byudjet tashkilotlari va byudjetdan mablag’
oluvchilarning tasdiqlangan ehtiyojlarini tovar, ish va xizmatlar bilan ta’minlashga sarflanishini
hisobga olgan holda optimal narx va sifatda davlat xaridlarini amalga oshirilishi maqsadga
muvofiqdir.
O’zbekiston Respublikasida davlat xaridlari “Davlat xaridlari to’g’risida”gi qonun
asosida amalga oshiriladi va qonunda belgilanishicha: “Davlat xaridlari –
davlat
buyurtmachilarining tovarlarga, ishlarga va xizmatlarga bo’lgan ehtiyojlarini pullik asosda
ta’minlash jarayoni bo’lib, davlat buyurtmachisi va davlat xaridi ijrochisi o’rtasida davlat
xaridlari bo’yicha huquqlar
va majburiyatlarni belgilash, o’zgartirish yoki bekor qilinishi
to’g’risidagi kelishuv esa davlat xaridlari to’g’risidagi shartnoma hisoblanadi”
1
. Davlat
xaridlarining
asosiy prinsiplari ochiqlik, shaffoflik, raqobat, xolislik va korrupsiyaga yo’l
qo’ymaslik ekanligiga qaramasdan, davlat xarid va buyurtmalarida
korrupsion holatlar keng
tarqalganligi hech kimga sir emas. Byudjet tashkilotlarida davlat xaridlari va tender savdolari
asosida tuzilgan shartnomalar bo’yicha audit tekshiruvlarini o’tkazish davlat xaridlari sohasida
yuzaga kelayotgan
kelishib olingan tenderlar, qonunlardagi bo’shliqlar va ularni aylanib o’tish
kabilarning oldini olishga va bartaraf etishga qaratilgan muhim choradir. Bu esa tadqiqot
mavzusining dolzarbligini belgilaydi.
Dostları ilə paylaş: