3
Kirish
Fuqarolik jamiyatini shakllantirish asosida huquqiy demokratik
davlatni barpo etish O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan
kafolatlangan. Uning 7-moddasida «Xalq davlat hokimiyatining
birdan-bir manbayidir», – deyilgan. Konstitutsiyaning 2-
moddasida esa «Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning
manfaatlariga xizmat qiladi», deb ta’kidlangan.
Hozirgi zamon jahon davlatchiligi
tajribasida davlat zimma-
sidagi vazifalar ancha o‘zgardi. Bu, ayniqsa, totalitar tuzum iskan-
jasidan chiqqan xalqlar uchun butunlay yangilik edi. Jumladan,
endi u ko‘proq iqtisodiy asoslarni mustahkamlash, ijtimoiy
munosabatlarni chuqurlashtirish,
odamlar madaniy va moddiy
turmush darajasini oshirishning strategik tamoyillarini ishlab
chiqish,
mamlakat
xavfsizligini
ta’minlash,
tinchligini
mustahkamlash va xalqaro munosabatlarni rivojlantirish bilan
shug‘ullanadi.
«Boshqaruv vazifalarining asosiy qismini markazdan
viloyatlarga, viloyatlardan shahar – tumanlardagi davlat va
boshqaruv idoralariga o‘tishini ta’minlash darkor. Shu
tariqa bu bosqich asta-sekin o‘z-o‘zini boshqarish
jamoatchilik tashkilotlariga ham yetib boradi», degan edi
Prezident I.A.Karimov O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisining
1995-yil 23-24-fevral kunlari bo‘lib o‘tgan birinchi sessiyasida. Bu
yo‘l bevosita mamlakatimizda fuqarolik jamiyati shakllanishi va
fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish tamoyilining bosh yo‘nalishiga
aylanib qoldi
1
.
1
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. - T.: "O’zbekiston", 1992
4
Davlat o‘z vazifalarini bajarishda hokimiyatni kuchaytirish
hisobiga emas, aksincha demokratik omillarni kengaytirish, keng
xalq ommasini boshqaruvga jalb etish yo‘li bilan amalga oshirishi
lozim. Buning uchun jamiyatda keng miqyosli demokratik
jarayonlarni chuqurlashtirish, Konstitutsiyada ko‘rsatilganidek,
jamiyat hayotining barcha sohalarida
fuqarolar haq-huquqlarini
kengaytirish, jamiyatning har bir a’zosi ijtimoiy-madaniy
rivojlanishini ta’minlash, jamiyatda siyosiy va mafkuraviy xilma-
xillikka erishish asosida davlat monopoliyasini yo‘qotish kerak.
Boshqacha qilib aytganda, davlat endi ko‘proq fuqarolar haq-
huquqini kafolatlaydigan mexanizmga aylanishi kerak. Buning
uchun quyidagi asosiy tamoyillar muhim ahamiyatga ega:
1. Milliy an’analarga, aholi barcha
qatlamlari va ijtimoiy
guruhlari ehtiyojlariga, xalq hayotining tarixiy tajribalariga
tayangan holda demokratik asoslarni mustahkamlash.
2. Hokimiyat bo‘linishining eng demokratik, eng xalqchil
shakllarini yanada chuqur va faolroq joriy etish.
3. Boshqaruvni markazlashtirmaslik,
respublika va mahalliy
hokimiyatlar vazifalarini aniq belgilash, Markaziy organning
ko‘pgina vakolatlarini joylarga – Qoraqalpog‘iston Respublikasi,
viloyatlar, shahar, tuman hokimiyatlari zimmasiga yuklash, biroq
bu markazdan uzoqlashish, har qanday muammoni o‘z xohishicha
hal etish imkonini bermaydi.
Ma’lumki, jamiyatni demokratlashtirishning yana bir muhim
sharti odamlarning ijtimoiy saviyasi bilan demokratik o‘zgarishlar
sur’atlari bir-biriga qanchalik mos bo‘lishidir. Shuning uchun ham
demokratik o‘zgarishlar va yangi demokratik jarayonlarni
boshqarishni,
ularni hayotga tatbiq qilishni, avvalambor,
5
jamiyatning o‘zi anglamog‘i va hal qilmog‘i darkor. Bu o‘rinda
mahallalarning o‘rni va o‘z-o‘zini boshqarish tartibotini
shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Tarixiy tajriba
demokratik jarayonlarni chetdan nusxa olib, ko‘r-ko‘rona ko‘chirib
bo‘lmasligini ko‘rsatmoqda. Demokratiya o‘z-o‘zidan vujudga
kelmaydi. Unga tinimsiz intilish bilan hayotning og‘ir sinovlariga
bardosh berib erishish mumkin.
Osiyo mintaqasi va musulmon
sharqidagi demokratik
qadriyatlar va o‘zgarishlarning rivojlanish tajribasi o‘ziga xos
xususiyatlarga va o‘ziga xos an’analarga ega. Sharqda
demokratiya tushunchasi hamjihatlik g‘oyasi, jamoatchilik
fikrining
ustuvorligi
zaminida
shakllanadi.