Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə256/298
tarix10.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#110474
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   298
fc14ce6364e21ae42f7e44d6f4454c45 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HUQUQI K U R S I 1-TOM

JK 35-moddasining 2-qismida muayyan qilmishda mavjud bo‘lgan 
holda uning jinoiyligini istisno qiladigan holatlarning ro‘yxati keltirilgan: 
«kam ahamiyatli qilmishlar; zaruriy mudofaa; oxirgi zarurat; ijtimoiy 
1
Уголовное право. Общая часть: Учебник / А.С. Якубов, Р. Кабулов и др. – С. 345 
379 


xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash chog‘ida zarar yetkazish
buyruqni yoki boshqacha tarzdagi vazifani bajarish; kasb yoki xo‘jalik 
faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan asosli tavakkalchilik va jismoniy yoki ruhiy 
majburlash yoxud shunday majburlashni qo‘llash bilan qo‘rqitish 
natijasida». 
Ushbu ro‘yxat to‘liq qamrab oluvchi bo‘lib, shu tufayli unda 
ko‘rsatilmagan boshqa holatlar qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan 
holatlar deb tan olinishi mumkin emas. Shu sababli, masalan, mavjudligi 
bilan qilmishning jinoiyligi belgilanadigan voqealar yoki harakatlar yoki 
harakatsizlik yoki uning boshqa manbalarda istisno etilishi asoslanadigan 
holatlar shunday qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holat deb tan 
olinmaydi. 
Shuni qayd etish lozimki, qonun nafaqat qilmishning jinoiyligini 
istisno qiladigan holatlarni mustahkamlab qolmasdan, balki ularning 
qonuniyligi shartlarini ham belgilab beradi, ularga JK III bo‘limining 36, 
37, 38, 39, 40-moddalari bag‘ishlangan. Ushbu shartlarga mos kelmaslik 
muayyan harakatlarni ko‘rib chiqilayotgan holatlarning birortasiga 
kiritilishiga imkon bermaydi. 
JKda qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlarning 
mustahkamlanishi, bir tomondan, jinoiy-repressiv choralar qo‘llanishining 
kamayishiga, boshqa tomondan, fuqarolarning huquqiy faolligi oshishiga 
olib keladi. Ushbu holatlar fuqarolarning jinoyatchilikka qarshi kurashda 
ishtirok etishining eng muhim shakli bo‘lib, u insonlarning ongli irodaviy 
faol harakatlarida amalga oshiriladi. Shunday qilib, ushbu institutning 
me’yorlari pirovardida JK vazifalarining hal etilishiga qaratilgan. 

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin