Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti


-§. Qilmishning kam ahamiyatli ekanligi



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə257/298
tarix10.05.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#110474
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   298
fc14ce6364e21ae42f7e44d6f4454c45 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT HUQUQI K U R S I 1-TOM

2-§. Qilmishning kam ahamiyatli ekanligi
Vatanimizdagi jinoyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari uchun an’anaviy 
bo‘lgan shaxsning kam ahamiyatli qilmish sodir etgan holda uni jinoiy 
javobgarlikka tortilishini istisno qiladigan qoidalar JK 36-moddasida aks 
ettirilgan, uning qoidalariga ko‘ra, «garchi ushbu Kodeksda jinoyat sifatida 
nazarda tutilgan qilmishning alomatlari mavjud bo‘lsa-da, o‘zining kam 
380 


ahamiyatliligi tufayli ijtimoiy xavfli bo‘lmagan harakat yoki harakatsizlik 
jinoyat deb topilmaydi». 
NOTA BENE ! 
Qilmishning kam ahamiyatli bo‘lishi qilmish biror-bir jinoyatning 
barcha alomatlariga ega ekanligi, birinchi navbatda, shaxsning aybdorligi 
va jinoiy huquqqa qarshi ekanligini bildiradi, lekin bunday qilmishning 
mohiyat tomoni jinoyat deb tan olish uchun unga qo‘yiladigan talablarga 
javob bermasligi, ya’ni buzilishi ijtimoiy xavfli qilmish deb qaraladigan 
chegaralardan tashqari yotadi, bu esa uning jazolanishini istisno etadi. 
Jinoyat tarkibining moddiy belgisi jihatidan kam ahamiyatli qilmish 
uni jinoyat deb tan olish uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy xavf darajasiga 
yetmaydi (masalan, yozish ruchkasini, daftarni yoki birovning bog‘idan 
olmani yashirin o‘g‘irlash). Bunday qilmish yuzasidan jinoiy ish 
qo‘zg‘atilmaydi, qo‘zg‘atilgan ish esa JK 36-moddasiga tayangan holda 
JPK 83-moddasining 2-qismiga muvofiq tugatilishi lozim. 
Kam ahamiyatli qilmishning xususiyati shuki, u qilmishning 
jinoiyligini istisno qiladigan boshqa holatlardan farqli ravishda ijtimoiy 
foydali va ma’naviy jihatdan hamda qonun tomonidan ma’qullanishi 
mumkin emas. 
Qilmishning kam ahamiyatli ekanligi masalasi u tergov va sud 
organlari tomonidan har bir muayyan holat yuzasidan hal etilishida 
ifodalanadi. Huquqni muhofaza qilish organlari sodir etilgan qilmish kam 
ahamiyatli ekanligi belgisiga ega ekanligi yoki ega emasligini uning 
xarakteri va ijtimoiy xavfliligining darajasini hisobga olish asosida 
aniqlaydilar. Qilmishni kam ahamiyatli deb tan olish muayyan jinoiy 
qilmish sodir etilgan barcha holatlarning jamuljamligini tahlil qilishga 
asoslanishi lozim (aybning shakli, jinoyatni sodir etish usuli, motiv, 
sharoitlari va bosqichi, yuzaga kelgan oqibatlarning og‘irligi, jinoyatdagi 
sheriklardan har biri ishtirok etishining darajasi, xarakteri va hokazo). 
Xususan, agar aybdor shaxs jabrlanuvchini o‘ldirishga qaratilgan 
harakatlarni sodir etgan bo‘lsa, lekin amalda unga hech qanday zarar 
381 


yetkazilmagan bo‘lsa, sodir etilgan qilmish odam o‘ldirishga qasd qilish 
deb malakalanishi lozim va kam ahamiyatli deb qaralishi mumkin emas. 
Xuddi shu holatda, agar jabrlanuvchini qo‘rqitmoqchi bo‘lib, aybdor shaxs 
shunday bir qilmishni sodir etgan bo‘lsa va uning oqibatida jabrlanuvchiga 
og‘ir tan jarohatlari (ruhiy shikastlanish) yetkazilgan bo‘lsa, bu qilmish 
ham kam ahamiyatli deb tan olinishi mumkin emas, chunki kam 
ahamiyatli bo‘lishining tegishlicha obyektiv elementi mavjud emas, 
subyekt belgisi mavjud bo‘lsa ham. 
Qilmishning kam ahamiyatli ekanligi masalasini hal etishga aybdor 
shaxsini tavsiflovchi xususiyatlar ta’sir etmaydi. Faqat qilmishning o‘z 
xususiyatlarigina bunday qaror qabul qilishda hisobga olinishi kerak, 
aybdor shaxsi to‘g‘risidagi ma’lumotlar faqat jazoning turi va miqdorini 
belgilash uchungina, ya’ni shaxsning qilmishida jinoyat tarkibining 
moddiy va rasmiy belgilari aniqlanganidan keyingina muhim ahamiyatga 
ega bo‘ladi.
Bir qator hollarda jinoiy qonunchilik ma’lum miqdorda (ancha, ko‘p 
miqdorda va juda ko‘p miqdorda) zarar yetkazilishini jinoyatning majburiy 
belgisi deb tan olishini qayd etish lozim. Bunday hollarda kam ahamiyatli 
zarar yetkazilishi sodir etilgan qilmish hatto, rasman jinoyat belgilariga 
mos kelmasligini ko‘rsatadi. Jinoiy ish bunday hollarda JK 36-moddasi 
bo‘yicha kam ahamiyatli ekanligi yuzasidan emas, balki JK 36-

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   298




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin