xavfli bo‘lmasligi mumkin yoki huquqqa qarshi yo‘nalgan bo‘lmasligi
mumkin (masalan, zaruriy mudofaa; oxirgi zarurat; ijtimoiy xavfli qilmish
sodir etgan shaxsni ushlash chog‘ida zarar yetkazish) yoki aybli harakat
bo‘lmasligi mumkin (buyruqni yoki boshqacha
tarzdagi vazifani bajarish;
kasb yoki xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan asosli tavakkalchilik,
jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud shunday majburlashni qo‘llash bilan
qo‘rqitish natijasida), oxirgi ikkita holatda aybning mavjudligi JK 40- va
41-moddalariga muvofiq, jinoiyligi oldindan ayon bo‘lgan buyruq yoki
boshqa farmoyishni bajarib, jinoyat sodir etgan shaxs uchun yoki ularning
tavakkalchiligi odamlarning halok bo‘lish xavfi, ekologiya
halokati yoxud
boshqacha og‘ir oqibatlarning kelib chiqishi mumkinligini bila turib
qilingan bo‘lsa, ular jinoiy javobgarlikka tortiladi»
1
.
Shuni hisobga olish lozimki,
JK 35-moddasi 1-qismi hech bo‘lmasa
bittasining yo‘qligi sodir etilgan qilmishning jinoiy emasligidan dalolat
beradigan belgilarning barchasini to‘liq belgilab beradi. Shu tufayli ushbu
normada ko‘rsatilmagan boshqa elementlar biror-bir holatni qilmishning
jinoiyligini istisno qiladigan holat sifatida tan olish uchun asos yaratib
berishi mumkin emas.
Qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlar masalasi umuman
biror-bir qilmish uchun javobgarlik belgilanganda emas, faqat
uni amalga
oshirishning muayyan vaziyati tufayli boshqacha mazmun kasb etgan
muayyan jinoyat sodir etilgan holatda yuzaga keladi. Shunday qilib,
qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlar ma’lum bir qilmishning
xususiyatini aks ettirib, uning ijtimoiy foydali ekanligi, uning ma’naviy
jihatdan va qonun tomonidan ma’qullanishi yoki uning mumkin
ekanligidan dalolat beradi (qilmishning kam ahamiyatli bo‘lgan holatida).
Bunday hollarda qilmish o‘z yuridik mohiyatiga ko‘ra faqat tashqi
jihatidan JK da ko‘zda tutilgan jinoyat tarkibining belgilariga o‘xshash
bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: