intizomiy yoki boshqa huquqbuzarlik turlariga o‘tkazish tushuniladi.
Masalan, dekriminalizatsiya, Jinoyat kodeksining 187-moddasini
Jinoyat
kodeksidan chiqarib tashlash, ya’ni xaridor yoki buyurtmachilarni aldash
uchun javobgarlikdagi kabi.
Ilgari amalda bo‘lgan jinoyat-huquqiy normada jinoyat tarkibi belgisi
sifatida nazarda tutilmagan yangi belgining nazarda tutilishi qilmishning
jinoiyligini bekor qiladigan holat sifatida ko‘riladi. Bunday yangi
belgilarning qo‘shilishi, jinoiy javobgarlikning torayishini anglatadi,
chunki mazkur belgining bo‘lmasligi eski qonun amalda bo‘lgan vaqtda
sodir etilgan qilmishning jinoiyligi va jazoga sazovorligini bekor qiladi.
Bunday dekriminalizatsiya, ko‘pincha, aybdor ma’muriy javobgarlikka
tortilgandan keyin qaytadan jinoiy qilmish sodir etish hollarida
mavjud
bo‘lishi mumkin.
Aynan o‘xshash qilmishlari uchun aybdorga yengilroq jazo tayinlash
imkonini beradigan normalar
jazoni yengillashtiruvchi qonunlarga
kiradi.
Ularga quyidagi normalarni kiritish mumkin:
– ilgarigi jazo turini yengilroq jazoga almashtirish;
– sanksiyadan bir yoki bir necha asosiy yoki qo‘shimcha jazolarni
chiqarib tashlash;
– asosiy yoki qo‘shimcha jazoning eng ko‘p yoki eng kam miqdorini
pasaytirish;
– asosiy jazoni o‘zgartirmasdan zaruriy qo‘shimcha
jazoga
fakultativlik xususiyatini berish;
– modda sanksiyasiga yengilroq muqobil jazo kiritish;
– moddiy zarar qoplangan hollarda mahkumga ozodlikni cheklash va
ozodlikdan mahrum qilish jazolari qo‘llamaslik, ya’ni uni jamiyatdan
ajratmasdan jazo tayinlashni nazarda tutadi.
Jinoiy xatti-harakatlarni amalga oshirish faqat jazolashnigina emas,
balki boshqa huquqiy oqibat, asoratlarni ham o‘z ichiga oladi va bu bilan
bog‘liq bo‘lgan Kodeks yordamida aniqlanadigan orqaga qaytish kuchi
ham shunday qoidalarga ega bo‘ladiki, jinoyat
sodir etgan shaxsning
huquqiy ahvolini biror-bir tarzda yaxshilashi mumkin bo‘ladi. Jinoyat
sodir etgan shaxs huquqiy ahvolining yaxshilanishi uning darajasi
101
(maqomi)ga turli tomonlardan daxldordir, xususan, uning ahvoli
yaxshilanishini jinoyatlar klassifikatsiyasining o‘zgarishi deb e’tirof etish,
jazoni o‘tashning aniq muddatlarini kamaytirish, shaxsga yengilroq jazo
qo‘llab, uni muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilishgacha yetib
boradi. Aybdorning huquqiy ahvolini yaxshilashda me’yor sifatida Jinoyat
kodeksining 66
1
-moddasida ko‘rsatilgan jabrlanuvchi va
boshqa
tomonlarning yarashuvi bilan javobgarlikdan ozod qilish imkoniyatini
berish ko‘zda tutiladi.
Shaxsning huquqiy ahvolini yaxshilashda normaning
barcha
variantlarini ko‘rib chiqishning imkoni yo‘q, chunki bu Kodeksda barcha
umumiy qoidalarda bayon etilgan. Huquqni qo‘llovchi organlar har bir
aniq holatlarda jinoyat sodir etgan shaxsning huquqiy ahvoli qonun
normalari tufayli yaxshilanyaptimi yoki yo‘qmi kuzatib boradi.
Jinoyat qonuni jinoyat sodir etgan shaxsning ahvolini boshqacha
tarzda yomonlashtirsa yoki jinoiy xatti-harakatlarini aniqlab jazoni
kuchaytirsa, mazkur qonun orqaga qaytish kuchiga ega bo‘lmaydi.
Shunday qilib, agar qonun o‘z xarakteriga ko‘ra, yuqorida ko‘rsatilgan
holatlarga zid bo‘lsa, uni kuchga kirgunga qadar amaliyotda qo‘llash
mumkin emas.
Huquqni qo‘llash amaliyotida muayyan bir qiyinchiliklar sodir
bo‘lishi ham mumkin, bunda qonun normasi jazoning eng ko‘p miqdorini
pasaytirsa
va shu bilan birga, uning eng kamini oshirsa, bunga ba’zan
yangi qonunda jinoyatning yangi maxsus tarkibining ishlab chiqilgani
sabab bo‘ladi. Bunday paytda yuqorida eslatilgan jinoiy xatti-harakat
holati javobgarlikning umumiy me’yori sifatida qabul qilinadi.
Agar yangi qonun ta’sirida jazoning eng ko‘pi pasaysa va ayni bir
paytda uning kamining ko‘tarilish holati sodir bo‘lsa, huquqni qo‘llovchi
organlar ishni oydinlashtiruvchi aniq belgi-xususiyatlarni hisobga olib,
sanksiyaga qiyosan olgan holda, shunday qonunni tanlab olmoqlari
zarurki, unda aybdorga nisbatan imkon qadar yengil
jazo belgilangan
bo‘lsin. Xususan, agar aybdorga qattiq jazo tayinlangan bo‘lsa, u holda
yangi qonunni qo‘llash zarur. Biroq, huquqni qo‘llovchi organlar muayyan
holatdan kelib chiqib jazoni yengillashtirish zarur degan xulosaga kelsa,
unda ilgarigi qonun bo‘yicha ish tutishga to‘g‘ri keladi.
102
Bunday vaziyat shu bilan izohlanadiki, bir tomondan, sud hech
qanday holatda qonunda ko‘rsatilganidan qattiqroq jazo tayin etolmaydi,
ayni bir paytda qonunda belgilangan eng yengil jazoni tayinlash yoki
boshqa yengilroq jazo bilan almashtirish sud tomonidan Jinoyat
kodeksining 57-moddasiga muvofiq, jinoyatning ijtimoiy xavflilik
darajasini jiddiy kamaytiruvchi quyidagi holatlarda amalga oshiriladi:
ma’naviy zararning yo‘q bo‘lganligi yoki moddiy zararning to‘liq
qoplanganligi, sudlanuvchi yoki ota-onasining og‘ir kasalligi, ularning
mehnatga layoqatsizligi, aybdor ota-onasining yoki bolasining boshqa
boquvchisi yo‘qligi, sudlanuvchining keksa yoshda ekanligi,
jabrlanuvchining jinoyat sodir etilishiga turtki bergan huquqqa xilof xulq-
atvori va h.k
1
.
Agar qabul qilingan qonun jinoyatning yangi, maxsus tarkibini
shakllantirgan bo‘lib, dastlabki o‘xshash jinoiy xatti-harakatlar ko‘proq
umumiy normalar ta’siri ostida qolib, jinoiy javobgarlikni kuchaytirsa, bu
holda sanksiya bilan umumiy va maxsus normalarni o‘zaro qiyoslash
kerak. Agar xatti-harakatlarning umumiy normadan ajratib olingan jinoiy
xatti-harakat uchun berilgan sanksiya yangi qonun sanksiyasidan yengilroq
bo‘lsa, bunday qonun orqaga qaytish kuchiga ega bo‘lmaydi.
Dostları ilə paylaş: