332 O‘zbek tilshunosligida xalq maqollari lingvistik tadqiqi masalalarining o‘rganilishi



Yüklə 320,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix11.05.2023
ölçüsü320,28 Kb.
#111628
  1   2   3   4   5   6
turopova-h.-ozbek-tilshunosligida-xalq-maqollari-lingvistik-tadqiqi-masalalarining-organilishi



O‘ZBEK AMALIY FILOLOGIYASI ISTIQBOLLARI
Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
 
 
 
 
332 
O‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDA XALQ MAQOLLARI LINGVISTIK 
TADQIQI MASALALARINING O‘RGANILISHI. 
 
Turopova Hilola Faxriddinovna 
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, 
Lingvistika (o‘zbek tili) yo‘nalishi II bosqich magistranti. 
Annotatsiya, Maqolada xalq og‘zaki ijodining janrlaridan biri bo‘lgan 
maqol va uning xususiyatlari, maqolning folklorshunoslikda tutgan o’rni, 
maqollarning nazariy masalalarini tadqiq qilgan o‘zbek folklorshunos olimlari, 
o‘tgan asrda chop etilgan maqollar to‘plami xususida so‘z boradi. 
Kalit so‘zlar: maqol, maqol va matal, maqolning obrazlilik va struktur 
vazifasi, “Maqollar va hikmatli so‘zlar”, metodologik vazifa.
Annotation. In the article, the proverb is one of the genres of folklore and its 
characteristics, the place of the proverb in folklore, Uzbek folklorists who studied 
the theoretical issues of the proverb, a collection of proverbs published in the last 
century. 
Key words: proverb, proverb and proverb, figurative and structural function 
of the proverb, "Proverbs and wise words", methodological task. 
Millatning o‘zligini ko‘rsatuvchi milliy qadriyatlarni, xalqning madaniyatini 
ifodalovchi omillardan biri bu xalq og‘zaki ijodidir. Xalqlar boy ma’naviy 
merosining ajralmas bir bo‘lagi sifatida yashab kelayotgan maqol, matal va 
iboralarni o‘rganish, ularda aks etgan xalq hayotini, insoniy tuyg‘ular tasvirini 
ko‘rsatish har doim dolzarblik kasb etib kelgan. Xalq og‘zaki ijodining dolzarb 
janrlaridan bo‘lmish maqollar tilshunoslik va folklorshunoslikda o‘rganilayotgan 
muhim mavzulardan biridir. Folklorning eng muhim janrlaridan biri bo‘lgan 
maqollarni, umuman, xalq ijodiyotini o‘rganish, tadqiq qilish, bugungi kunda juda 
muhim ahamiyat kasb etmoqda. Maqol va matallar, aforizmlar kishilarning, 
ayniqsa, yoshlarning ongini o‘stiradi, ularni to‘g‘riso‘z, rostgo‘y, mehnatsevar, 
mard, jasur, sabotli va matonatli bo‘lishiga o‘rgatadi, kishidagi eng insoniy 
fazilatlarni targ‘ib etadi. Shuningdek, yozuvchi, shoirlar va notiqlarning so‘z 
boyliklarini orttiradi, ularning asarlarini badiiy jihatdan g‘oyat ta’sirli qiladi.
Til, falsafa va badiiy ijodning o‘ziga xos hodisasi sifatida yuzaga kelgan xalq 
maqollari folklorning ixcham shakl, ammo teran mazmunga ega bo‘lgan bir 
janridir. Har biri tilimiz ko‘rkini, nutqimiz nafosatini, aql-farosat va tafakkurimiz 
mantiqini hayratomuz bir qudrat bilan namoyish etgan va eta oladigan bunday 
badiiyat qatralari xalqimizning ko‘p asrlik hayotiy tajribalari va maishiy turmush 
tarzining bamisoli bir oynasidir. Bu badiiy oynada uning hayotga, tabiatga, 
inson, oila va jamiyatga munosabati, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-
estetik va falsafiy qarashlari namoyon bo‘lgandir. Shuning uchun ham maqollar 
g‘oyatda keng tarqalgan bo‘lib, asrlar davomida jonli so‘zlashuv va o‘zaro nutqiy 
munosabatlarda, badiiy, tarixiy va ilmiy asarlarda, siyosiy va publitsistik 



Yüklə 320,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin