143
5.4. Ishlab chiqarish korxonalarida toza xonalarga va ishchi xodimlar
kiyimiga qo‘yiladigan gigiyenik talablar.
Toza xonalarda ishlaydigan xodimlarga qo„yiladigan gigieynik talablar:
- shaxsiy gigiyena talablariga qat‘iy rioya qilish;
- toza xonalarda hulq-atvor qoidalarini bajarish (balahd ovozda
gapirmaslik, burunga qo‘llarni olib bormaslik);
- sog‗lig‗i bo‗yicha toza xonalarda ishlashga qarshi ko‗rsatmalarga ega
bo‗lmasligi;
- ishga qo‗yilishdan oldin o‗quv kursida o‗qib chiqishi va keyinchalik
muntazam takror o‗qitilishi;
- barcha yo‗riqnomalar va ish reglamentlariga qat‘iy rioya etishi lozim.
Ishchi xodimlarni tanlashda ularning yoshi xam axamiyatga ega.
Odatda
operatorlik lavozimiga 30 – 35 yoshli insonlarni tavsiya qilinadi, buning sababi –
toza xonalarda ishlaganda ma‘lum jismoniy zo‗riqishning mavjudligi va yopiq
xududda maxsus kiyimda ishlashga chidamlilik talab etadi, yana bir sababi – yoshi
katta insonlar teri qatlamining ko‗chishi sababli ko‗proq zarrachalar ajratadi. Yoshi
katta ishchilarni esa boshqaruvchi va nazorat qiluvchi lavozimlariga tayinlashda as
qotadi.
Toza aseptik xonaga o‗tishda xodimlardan gigiyenik ko‗nikmalarni
talab
qiladigan maxsus mas‘uliyatlarga ega bo‗lishi shart:
1. Kirish va chiqish faqat shlyuz orqali bo‗lishi kerak.
2. Aseptik bo‗limga steril bo‗lmagan kiyimda kirish va steril kiyimda chiqish
taqiqlanadi.
3. Shlyuzda bo‗lganda, quyidagiga e‘tibor bering, birinchi
eshik yopilganligiga
ishonch hosil qilish va keyin ikkinchi eshikni sekin ochish va yopish kerak.
4. Shlyuzda kerakli buyum va materiallar uzatiladi,
xodimlarni kiyimi
o‗zgartiriladi va qo‗llar tozalanadi.
5. Aseptik bo‗limdagi muloqotni gapirish apparatlari orqali amalga oshirish
maqsadga muvofiq bo‗ladi.
144
6.
Ishdagi harakatlar sekin, havo oqimi tezligidan oshmaydigan va unga qarshi
bo‗lmagan bo‗lishi kerak; keskin, asabiy harakatlardan qochish kerak.
Dostları ilə paylaş: