Aqliy hujum texnologiyasidan foydalanish:
Nogiron va nogironligi bor shaxs iborasining farqi nimada?
Inklyuziv talim bo’lmasa, bola qanaqa bo’lardi?
Sog’lom insonlar bilan muloqot cheklanadi.
O‘qimasa oila qaramogida qoladi.
Sog’lom insonlar orasida yashashga moslashmaydi.
Ota -ona avaylaydi, shaxsiy “men”i chegaralanadi.
Ota- ona fakat shu bolani o’ylovi bilan umrini kechiradi.
Salbiy:
jamiyatimiz tayyormas, mentalitetimiz insoniyligi bo’lsa ham, bolani xafa
qiladigan omillar ko’p, tarbiyachilar pedagogika, psixologiyani yetarli darajada
bilishmaydi, maktab jihozlari, o’quv adabiyotlari talabga javob bermaydi....
Inklyuziv ta’limda maktabga keladigan bolalarning berilgan bilimni umuman eslab
qolish qobiliyati (autizm) yo‘q.
3 yashar bolaning ongi bo‘lgan 9 yoshli bolaga muomala qilinsa, sinf o’quvchilari
ham u bolaga uxshab xarxasha, tartibga rioya qilmaslik kabi holatlar kuzatiladi.
Sudorgi bergan payt bu bola bilan ovora bo’lib darslar kolib ketadi.
Darsdan chiqib axlat toshib keladiganlari bor, muammo bo’lyapti.
Aytib tursa yozadi, o’qituvchi ishtirokida, o’zi mustaqil yozmaydi, 3-sinf
Qo‘llari qotib qolgan bolalar bilan qo‘l motorikalari ustida ishlagan bilan umuman
ochilmaydigani bor, yozuv ishlari qolib ketadi.
2-topshiriq:Inklyuziv ta’limning maqsad va vazifalari
Inklyuziv ta’lim - alohida yordamga muhtoj bolalarni normal rivojlanishdagi bolalar
bilan teng huquqlilik asosida ta’lim olishidir.
Oxirgi paytda inklyuziv ta’lim tushunchasi tez-tez tilga olinmoqda, ko‘pchilik bu
tushunchani nogironligi bor bolalarning sog‘lom bolalar bilan bir maktabda, bir sinfda
o‘qishi, bir partada o‘tirishi deb tushunadi xolos.
6
O‘zbekistonda oilaviy sharoitidan qat’i nazar, barcha bolalar davlat umumta’lim
maktablariga qatnaydi. Bu davlat tomonidan kafolatlangan. Faqat xohlovchilar o‘z
yonidan pul to‘lab xususiy maktablarda o‘qishi mumkin. Lekin imkoniyati
cheklangan bolalarning boshqa sog‘lom bolalar bilan teng sharoitda o‘qiyotgani
haqida maqtanib bo‘lmaydi. Bu borada muammolar ko‘p. 2020 yil 13 oktabrda qabul
qilingan «Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini
yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qarorida bu boradagi
asosiy muammolar sanalgan:
- alohida ta’lim
ehtiyoji bo‘lgan bolalar o‘qitiladigan ayrim ta’lim
muassasalarida ular uchun to‘siqsiz muhit va imkoniyatlar yaratilmagan;
- alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar o‘qitiladigan ta’lim muassasalari zarur
adabiyotlar, metodik qo‘llanmalar, turli kasblarga o‘qitishga mo‘ljallangan
uskuna va jihozlar bilan to‘liq ta’minlanmagan.
Inklyuziv ta’lim uchun 5 yillik reja: jamiyat va maktablar imkoniyati cheklangan
bolalarni qabul qilishga tayyormi?
O‘zbekistonda umumta’lim maktablarida inklyuziv ta’lim joriy etish reja
qilinmoqda. Keyingi o‘quv yilida alohida ta’lim ehtiyoji bor bolalarning 24 foizi,
2025 yilgacha esa 40 foizi odatiy maktablarga jalb qilinishi kutilmoqda. Inklyuziv
ta’lim bilan bog‘liq qator muammolar va xavotirlar ham mavjud.
- pedagogika yo‘nalishidagi OTMlar o‘quv dasturlariga inklyuziv ta’lim berish
metodikasiga oid fanlar kiritilmagan;
Pedagogika va metodika fanlariga oid darsliklarda inklyuziv ta’lim dasturlari
kiritilmagani, shuningdek, bo‘lajak pedagoglarning alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan
bolalar jalb qilingan ta’lim muassasalarida amaliyot o‘tamayotgani ularning kasbiy
tayyorgarlik sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Shunday vaziyatda 86 ta ixtisoslashtirilgan maktabda 21,2 mingdan ortiq,
7
sanatoriy turdagi maktab-internatlarda 6,1 mingdan ortiq, uy sharoitida esa 13,3 ming
nafar o‘quvchi uyda ta’lim oladi. 2020 yil statistikasiga ko‘ra, O‘zbekistonda 3,2
mingdan ortiq umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 13 ming nafarga yaqin o‘quvchilar
inklyuziv ta’lim bilan qamrab olingan.
Prezident qarori bilan 2025 yilgacha inklyuziv umumta’limni bosqichma-
bosqich joriy etish masalasi qo‘yilgan. Bunda imkoniyati cheklangan bolalarning
maktablarga kelishi uchun to‘siqsiz muhit yaratish, yangi quriladigan maktablarni
xuddi shunday sharoitlar bilan qurish, pedagog kadrlar tayyorlash, o‘quv bazasini
takomillashtirish kabi vazifalar belgilangan. Keyingi o‘quv yilida shaharlarda va
Toshkent shahrining tumanlarida joylashgan bittadan umumta’lim maktablarida
inklyuziv ta’lim tizimini joriy qilish, tayanch korreksion sinf ochish reja qilingan.
Ayni paytda ixtisoslashtirilgan maktablarda dars berayotgan o‘qituvchilar
O‘zbekistonda maktablarda hali to‘laqonli inklyuziv ta’lim muhiti, kerakli sharoit,
o‘quv qo‘llanmalar, kadrlar bo‘lmasdan turib, 5 yilda inklyuziv ta’limga o‘tilishi reja
qilinayotganidan xavotirda. Ularning aytishicha, ixtisoslashtirilgan maktablarning
o‘zida nogironligi bor shaxslarning harakatlanishi uchun sharoit yaratilganiga ko‘p
bo‘lmadi, darsliklarda muammolar bor.
Bizda ham xuddi chet eldagi kabi imkoniyati cheklangan bolalar uchun
umumta’lim maktablarida sharoit yaratilsa, juda zo‘r bo‘ladi. Lekin bizda ba’zi
muammolar bor. Masalan, kadrlar masalasi. Ko‘rish qobiliyatida muammosi bor
bolalar toifasi bilan tiflopedagog alohida ishlashi kerak. Bizda hali hatto oliy ta’limda
tiflopedagogikani o‘qitadigan kadrlarning o‘zi yo‘q.
8
Bundan tashqari, o‘qituvchilarni ham ruhan tayyorlab olish kerak. Maktablarda
o‘qituvchilar ko‘pincha lider o‘quvchilar bilan ishlashga o‘rgangan. Ular o‘qituvchini
tez ilg‘aydi, tushunadi va yaxshi natijalar ko‘rsata oladi. Sog‘lom bolalar bilan bir
maktabga boradigan imkoniyati cheklangan bolaning esa lider bo‘la olish ehtimoli
kam, sababi ular eshitishga, ko‘rishga va tushunishga boshqalardan ko‘ra ko‘proq
kuch sarflashi kerak bo‘ladi. Shu narsalarni o‘qituvchilar to‘g‘ri qabul qila olishi va
ular bilan yaxshi munosabatni yo‘lga qo‘ya olishi zarur. Buning uchun esa avvalo
ularning o‘zi tayyor bo‘lishi kerak. Agar umuman imkoniyati cheklangan bolaga dars
o‘tmagan o‘qituvchining sinfiga shunday bolalar borsa, u dastlab bola tilini
tushunmasligi, uning qiyin o‘zlashtirishini qabul qila olmasligi mumkin. Shuning
uchun o‘qituvchilarni imkoniyati cheklangan bolalar bilan ham ishlashga o‘rgatish
lozim».
«Bolaning inklyuziv muhitda boshqalardan o‘zini kam his qilmasligi, jismoniy
imkoniyati cheklanganidan siqilmasligi uchun sharoit yaratish muhim. Stadionda
boshqalar bilan yugurayotgan zaif ko‘ruvchi bola kimgadir turtilib ketsa, boshqa
bolalar uning ustidan kulishlari kerak emas. Agar kimdir masxara qiladigan bo‘lsa,
bola battar qobig‘iga o‘ralib oladi.
Umumta’lim maktabiga boradigan imkoniyati cheklangan bolalarga o‘qituvchi
alohida yondashishi kerak bo‘ladi. Kichik sinf o‘quvchilari nogironligi bor bolalar
haqida hech qanday tasavvurga ega bo‘lmaydi. Ularning ustidan kulmaslik
kerakligini, ular ham boshqalar qatori oddiy odam ekanini, faqat sal kuchsizroq
ekanini tushunishmaydi.
Inklyuziv ta’limga jalb etish global muammolardan biri hisoblanadi. Inklyuziv
ta’limning asosiy qismi–bolalarga bilimi olish uchun do’stona munosabat va o’qishga
imkon beruvchi muhitni yaratishdir. Maxsus ehtiyojli bolalarning hayotga ilk yoshdan
ya’ni 6 yoshgacha e’tibor berilsa, ancha yuqori samaralarga erishish mumkin.
Imkoniyati cheklangan bolalarni ta’lim–tarbiyaga bo‘lgan ehtiyojlarni qondirishga
mos bo‘lgan siyosatni ishlab chiqish inklyuziv ta’limni qo‘llab–quvvatlashning
asosidir.
Inklyuziv ta’limni qo‘llab-quvvatlashda quyidagi masalalarni hal etish lozim:
-Jamiyatda ijobiy munosabatni ishlab chiqish;
-Jamiyatda insonlar orasida nogiron bolalar haqida bilimlarning yetishmasligi
oqibatida maxsus ehtiyojli bolalar ta’limdan chetda qolib ketmoqdalar. Bundan
tashqari nogiron bolaning qobiliyatlari, huquqlari va ehtiyojlari muntazam ravishda
qadrlanmasa, bolalarda o‘ziga va qobiliyatlariga nisbatan salbiy munosabat shakllanib
boradi.
9
-Inklyuziv ta’lim muhitini rivojlantirish.
Inklyuziv ta’limning asosiy qismi-bolalarga bilim olish uchun do‘stona
munosabat va o‘qishga imkon beruvchi muhitni yaratish lozim. Bolalar maktabga
bexatar, qiyinchiliklarsiz yetib borish imkoniga ega bo‘lishlari lozim. Bundan
tashqari, amaldagi umumta’lim uslubiyatiga bolani moslashtirishdan ko‘ra, dars
jadvalini sharoitni, uslubiyatni va o‘quv qurollarini o‘zgartirish kerak bo‘ladi. Bunday
o‘zgartirishlar nafaqat maxsus ehtiyojli bolalar. Balki normal rivojlanishdagi bolalar
uchun ham ta’lim sifatini yaxshilaydi.
Ilk yoshdan aralashuv.
Qisqa qilib aytganda, bolaning hayotiga ertaroq, e’tibor berilsa, natijasi
bolaning keyingi rivojlanishida samarali ta’sir ko‘rsatadi.
Ijobiy namuna bo‘la oladigan insonlar obrazini yaratish.
Bolada o‘ziga ishonch va o‘zini qadrlash hissini rivojlantirishda kattalarning
qiyofasi juda muhim. Lekin juda ko‘p maxsus ehtiyojli bolalar o‘sib, ulg‘ayayotgan
bir paytda o‘zlariga o‘xshagan maxsus ehtiyojli katta odamlarni uchratmaydilar va
katta bo‘lish qandayligini tasavvur ham qila olmaydilar. Shuning uchun ham maxsus
ehtiyojli kattalar maxsus ehtiyojli bolalarning ta’limida doimiy ishtirok etishlari
kerak. Chunki katta yoshdagi maxsus ehtiyojli insonlar ota-onalarga farzandiga ta’lim
berish muhimligini tushintirish mumkin. Buning uchun esa maxsus ehtiyojli kattalarni
maktablarga taklif etish kerak. Shunda ular o‘zlarining hayotda erishgan yutuqlari
haqida gapirib beradilar. Buning natijasida inklyuziv ta’limni targ‘ib qilishda katta
10
imkoniyat yaratiladi.
Dostları ilə paylaş: |