45
miogramma, teri-gal’vanik
reaktsiyasi, yurak qisqarishlari chastotasini o`rganish
metodlaridan foydalanilmokda. Bunday metodikalar logonevroz va tutilish
(duduqlanish) paytida artikulyatsiya apparati xususiyatlarini o`rganish
maqsadida
qo`llaniladi.
Mavzu yuzasidan test savollari:
1. Nutqiy assotsiativ bog`lanishlarni o`rganishga qaratilgan erkin assotsiativ
eksperiment metodining asoschisi kim?
A) N.Ax
V) F.Kliks
D) K.YUng
S) Kant
E) Myuller
2. «Semantik differentsial» metodining maqsadi nima?
A) Hissiy holatni o`rganish
V) Nutqning talaffuz qilini shini o`rganish
D) Tafakkur va nutqning bog`liqligini o`rganish
S) So`zlashuvchining nutqi orqali hissiy holatini aniqlash
E) SHaxs xususiyatini o`rganish.
Mavzu yuzasidan nazorat savollari:
1. Nutqni psixologik tomondan o`rganishning ahamiyati nimada?
2. Nutqni eksperimental yo`l bilan o`rganilishida kimlarning hissasi bor?
3. Nutq akustikasi nima?
4. Ichki nutq bilan tafakkurning farqi bormi?
5. Nutqni qaysi metodlar yordamida o`rganiladi?
Tavsiya etiladigan adabiyotlar:
1. Praktikum po obhey i eksperimental’noy psixologii. M- 1994 2.
Xrestomatiya po psixologii. M - 1991 god
46
11 - MAVZU: HISSIYOTLAR eKSPERIMENTAL PSIXOLOGIYASI.
R E J A :
1. Hissiyotlar vazifasi.
2. Hissiyotning ekspressiv tomonini o`rganish.
3. O`zining hissiyot holatlarini baholash metodi.
Mavzu yuzasidan asosiy tushunchalar:
Hissiyot- kishining tevarak-atrofga munosabatlari jarayonida paydo bo`ladigan
kechinmalar.
Emotsiya- bevosita ichdan kechiriladigan hissiy holat
Kayfiyat- faoliyatga umumiy tus berib turuvchi, nisbatan kuchsiz hissiy holat.
Affekt- qisqa muddatli, kuchli hissiy holat.
Stress- jiddiylik holati, kuchli uzoq muddatli kechinmalar.
Qiziqish- bilish jarayoni bilan bog`liq hissiy holat.
Ekspressiya- hissiyotlarning ifodalanishi.
Hissiyot va emotsiya aynan bir xil holatmi?
Emotsiyalar inson va hayvonlarning ular uchun ahamiyatli bo`lgan hodisalarga
munosabatini aks ettiradi. Hissiyotlar psixik faoliyatda uchta muhim vazifani: darak
beruvchilik (signallik), baholash va boshqaruvchilik vazifalarini bajaradi.
Hissiyotning darak beruvchilik vazifasi-sub`ektning tashqi qo`zg`atuvchilarning
yoqimli yoki yoqimsiz ekanligini bildirib vokealar rivoji davomida o`z
hatti-
harakatini qanday davom ettirish kerakligini aks ettiradi. emotsiyalarda shaxsning
alohida voqea va hodisalarga beradigan bahosi ham o`z aksini topadi.
emotsiyalar
motiv sifatida inson hatti-harakatlarini ham yo`naltirib turadi.
His-tuyg`ular emotsiyalarga nisbatan aks ettirishning murakkab shakli bo`lib, u
faqat insonlarga xosdir.
Emotsiyalar inson organizmi vegetativ tizimi faoliyati bilan ham bog`lanadi:
yurak qisqarishlari tezligi, qon bosimining o`zgarishi, qon
tomirlarining kengayishi
yoki torayishi bilan va boshqalar. Bunday jarayonlar simpatik va parasimpatik nerv
sistemasi tomonidan boshqariladi. Hissiyotlarni o`rganish uchta yo`nalishi bo`yicha
amalga oshiriladi.
1) anglanmagan holda namoyon bo`luvchi
asab tizimi, endokrin,
ovqat xazm
qilish va boshqa tizimlardagi o`zgarishlar bilan bog`liq jarayonlarni;
2) anglangan sezgilar bilan bog`liq jarayonlarni.
3) yuz ifodasi, imo-ishora va hatti -harakatlarda namoyon bo`luvchi
hissiyotlar
yig`indisini o`rganish.
Inson kechiradigan barcha hislar safat jihatdan bir xilmi?
Hissiyotlar o`zining kuchi, davomiyligi, sifati va mazmuniga ko`ra
ham farq
qilishi mumkin. Hissiyotlarni eksperimental yo`l bilan o`rganganda har bir kishining
Dostları ilə paylaş: