1 Мавзу: Экспериментал психологиянинг предмети


Mavzu yuzasidan asosiy tushunchalar



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/35
tarix12.05.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#111981
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
eksperimental psixologiya

Mavzu yuzasidan asosiy tushunchalar:

Psixomotorika- borliqni bilishda muskul harakatlarining ishtirok etishi. 

Faoliyat- anglangan maqsad bilan boshqariladigan ichki(ruhiy) va tashqi 
(jismoniy) faollik. 

Maqsad- faoliyatning so`nggi natijasi. 

Motiv-faoliyatga undovchi kuch, sabab. 

Ish-harakat-oraliq maqsadlarni amalga oshirishga qaratilgan faoliyatning 
tarkibiy qismi. 
Psixomotorika tushunchasining taraqqiyoti I.M.Sechenov nomi bilan 
bog`liqdir. U birinchi bo`lib borliqni bilishda muskul harakatlarining ham o`rni 
borligini ochib bergan. I.M.Sechenov g`oyalari psixomotorikani barcha aks ettirish 
shakllarining muskul harakatlarida ob`ektivlanishi, gnoseologik va prakseologik 
vazifani bajaruvchi harakat analizatorini barcha analizatorlarni birlashtiruvchi 
sifatida tushunishga hal qiluvchi ta`sir ko`rsatdi. 
Hayvonlar faolligi bilan inson faolligi o`rtasida
tafovut mavjudmi?
Insonning psixomotor rivojlanishini o`rganish muhim ahamiyatga ega bo`lib, 
uning barcha harakatlarida shaxs, individ va sub`ekt sifatida o`ziga xos, takrorlanmas 
xususiyatlari namoyon bo`ladi. I.M.Sechenov harakat funktsiyalarini markaziy nerv 
sistemasi yuqori qismlarining vazifasi bilan bog`laydi. Ixtiyoriy va ixtiyorsiz 
harakatlar reflektor tabiatga ega ekanligini ta`kidlab, sezgi a`zolariga keladigan 
qo`zg`atuvchilar ta`sirini o`rganish muhim ahamiyatga ega deb ko`rsatadi. Tashqi 
qo`zg`atuvchining tez va aniq ajrata olish insonning izchil o`rganilgan, eng birinchi 
psixomotor xususiyatdir. 
Tashqi ta`sirlarga ixtiyoriy javob berish turli funktsional tizimlar o`rtasidagi 
o`zaro ta`sir ko`rsatish vaqtiga bog`liq bo`ladi. Bu jarayonni quyidagicha tasvirlash 
mumkin: 
- qo`zg`atuvchining retseptorga ta`siri va nerv signalining paydo bo`lishi;
- nerv signalini analizatorning pustlokdagi markaziga yuborish; 
- vaziyatni baholash va qaror qabul qilish, pustloqning harakat markazlariga 
buyruq berish; 
- nerv signalini muskullarga o`tkazish, butun jarayonning natijasi harakatdir. 
Muskullar harakati qaysi organ orqali boshqariladi? 
Laboratoriya sharoitida ixtiyoriy javob berish holatidan avval, tekshiriluvchi 
ko`rsatma bilan oldindan tanishtiriladi, barcha funktsional holatlarning tayyorgarlik 
darajasi ortadi.
Ixtiyoriy reaktsiya ko`rsatkichi sifatida ko`pincha javob berish vaqti (reaktsiya 
vaqti) va javobning aniqligi olinadi. Reaktsiya vaqti deganda qo`zg`atuvchi 
berilgandan javob harakati tugaguncha bo`lgan vaqt oralig`i olinadi; va uni quyidagi 
formula bilan ifodalanadi; 

r
qt 
nn
Q t
nr
Q t
d


Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin