47
hissiy holatlari haqidagi nutqiy tavsiflaridan va vegetativ xususiyatlarni turli
usullar
yordamida yozib olishdan foydalanish mumkin.
Hissiy holatlarning ifodalanishi (ekspressiv tomoni)ni o`rganishning qulayligi,
tarixiy xujjatlar, kinoxronika lentalari, fotosurat va boshqalardan ham foydalanish
mumkin.
ekspressiya deganda, insonning jismoniy va ruhiy holatlarining tashqi
namoyon bo`lishi harakati-mimika, tananing ifodali harakati -poza, qo`lning
ifodali
harakati imo-ishora (jest) ularning barchasi umumlashtirib, pantomimika deb ataladi.
Insonning ruhiy holati haqida eng ko`p axborotni mimika beradi.
Insonning pantomimik harakatlari yosh va individual xususiyatlariga bog`liq
holda namoyon bo`ladi.
Pantomimik harakatlar ixtiyorsiz va ixtiyoriy bo`lishi mumkin. Ixtiyoriy
pantomimika ixtiyorsiz harakatlar asosida, sub`ektning hayotiy tajribasi natijasi
sifatida rivojlanadi. Ixtiyorsiz pantomimik harakatlar shaxsning
ruxiy holati haqida
ko`proq axborot berishi mumkin. G.de-Syupervil inson turli kechinmalar holatida
yuzida bo`ladigan ifodalarni sxematik tarzda ko`rsatib berishga harakat qilgan. Bu
chizma ko`z, burun, og`iz, holatlarining o`zgarishi bilan tushuntiriladi.
Nima uchun hissiyotlar insondagi fiziologik jarayonlarga ham ta`sir
ko`rsatadi?
Emotsional holatlarning ifodalanishini o`rganish uchun quyidagi tajribadan
foydalanish mumkin. Buning uchun insonning turli ruhiy holatlari aks etgan 15-20 ta
fotosurat kerak bo`ladi. Uning orqasiga inson qanday hisni kechirayotganligi yozib
quyiladi. SHu bilan birga bir xil uzunlikdagi turli kinosyujetlardan ham foydalanish
mumkin.
Tajribaning birinchi qismida tekshiriluvchilar fotosuratga
qarab-ixtiyoriy his-
tuyg`ularni baholaydilar. Ikkinchisida esa kinosyujetdagi ixtiyorsiz kechinmalarni
ta`riflaydilar. Har ikki tajriba natijalarini taqqoslash orqali hissiyotlarning
ifodalanishidagi umumiy va farq qiluvchi tomonlarni aniqlash mumkin.
Inson o`z his-tuyg`ularini boshqara oladimi?
Anglangan his-tuyg`ular haqidagi ma`lumotni olish uchun o`zining hissiy
holatlari haqida hisobot berish metodidan foydalanish mumkin.
Bu metod
hissiyotlarni paydo bo`lish sababi, sub`ekt tomonidan o`z ruhiy holatlarini idrok
qilish xususiyati, hukmron hislar, psixik faoliyatda biror
buzilishni his qilish yoki
qilmasligi kabi holatlarni aniqlash imkonini beradi. Bu metodning afzalligi
tekshiriluvchi o`zi lozim deb topgan barcha ma`lumotlarni etkazadi, kamchiligi esa
hissiyotlarni o`lchash imkoniyati mavjud emas.
SHunday paytda avvaldan
belgilangan maxsus shkalalardan foydalanish maqsadiga muvofiq bo`ladi.
Emotsional holatlar shkalasi quyidagicha:
1. Kuchli salbiy holatlar - kuchli qoniqmaslik, nafrat, afsuslanish, dahshatga
tushish.
2. Kuchsiz salbiy
holatlar - kuchsiz norozilik, qayg`urish, xafa bo`lish,
xavotirlanish, qo`rquv.
3. Neytral holatlar: xotirjamlik, ishonchlilik.
4. Kuchsiz ijobiy holatlar: kuchsiz zavqlanish, qoniqish hissi,
Dostları ilə paylaş: