43
Monolog-bir kishining o`ziga yoki boshqalarga qaratilgan nutqi.
Dialog-ikki kishining o`rtasidagi nutqiy aloqa jarayoni.
Affektiv nutq- his-hayajon va kechinmalar aks ettirilgan nutq turi.
Ichki nutq-tafakkur bilan bog`liq tashqi nutqdan avval paydo bo`ladigan nutq
turi.
Nutq psixologiyasining predmeti nutq mexanizmining
tuzilishi va vazifasi,
boshqa kishilar bilan muloqot o`rnatishi, nutq yordami bilan o`z his-tuyg`ularini
ifodalashi, boshqalarga ta`sir etishidan iboratdir.
XIX asr boshlarida nutq mustaqil fan darajasiga erishgan tilshunoslikda
o`rganila boshlandi. Tilning psixologik tabiatini o`rgangan, uni inson ruhiyatining
namoyon bo`lishi, deb baholagan mualliflardan biri V.Gumbol’dt edi. U tilni o`lik
mahsulot emas, balki doimiy tug`ilish natijasi deb qaraydi.
Nima avval paydo bo`lgan? Tafakkurmi yoki nutq?
V.Gumbol’dt tadqiqotlari til-nutq tafakkuri muammolari-tilni tushunish,
mantikiy va til kategoriyalarini shakllanishi, material (tovushli) substrat bilan fikrlash
jarayonining munosabati masalalarini o`rganish imkonini beradi. V.Gumbol’dtning
psixologik tadqiqotlari uning shogirdi tilshunoslikda psixologik yo`nalish
asoschisi
G.SHteyntal tomonidan rivojlantirildi.
XIX asrning ikkinchi yarmida psixologiya mustakil fan sifatida shakllanishi
bilan til va nutq muammosi ham psixologik tadqiqotlarda o`rganila boshlandi.
V.Vundt o`zining xalqlar psixologiyasida nutqning psixologik, psixofiziologik
tomonlariga alohida e`tibor bergan. Og`zaki nutqni insonning his- tuyg`ularini
ifodalovchi harakatlar bilan bir qatorga qo`yadi.
V.Vundtning 1900 yilda nashr qilingan kitobida nutqni kommunikatsiya -
aloqa vositasi deb qaralgan,
uning psixologik, psixofiziologik bog`liqligini
tushuntirib bergan, shuning uchun ham hozirga kadar ilmiy ahamiyatini saqlab
kelmoqda.
Keyinchalik til va nutq nazariy-amaliy jihatdan o`rganila boshlandi. Bu
sohadagi eng muhim ishlardan biri L.S.Vigotskiyning “Tafakkur va nutq” (1934)
kitobidir. Bu kitobning markaziy g`oyasi-nutqning ijtimoiy tabiati, muomala vositasi
sifatidagi imkoniyatlarining tasdiqlanishidir. L.S.Vigotskiy tafakkur va nutqni yaxlit
dialektik birlikda deb qaraydi. Fikr so`zda ifodalanibgina kolmay, balki
mukammallikka ham erishadi. Fikrdan nutqqa o`tish-fikrni qismlarga bo`linishi va
so`zda ifodalanishidir.
P.P.Blonskiy tafakkur va nutqni uzilmas aloqasini ta`kidlash
bilan birga, ular
aynan bir narsa emasligini ham uqtiradi. U I.P.Pavlovning shartli reflekslar haqidagi
ta`limotiga asosan so`zning signallik tabiatiga alohida e`tibor beradi.
S.L.Rubinshteyn nutqning ong bilan bog`liqligini ko`rsatib bu birlikda inson
ongining ijtimoiy tabiati o`z aksini topadi. Nutq-bu boshqa kishi uchun gapirayotgan
insonning fikrlari, his-tuyg`ularining mavjud bo`lish shaklidir. So`z muloqotda
tug`iladi va muloqot uchun xizmat qiladi, degan fikrni ilgari suradi.
V.M.
Bexterev
laboratoriyasida
nazariy
ta`limotlarga
asosan
nutq
eksperimental yo`l bilan o`rganildi. 4-15 yoshdagi bolalar guruhlarini o`rganish
?
44
orqali E.M. SHevaleva va O.M.Ergol’skayalar mulokot
va nutq maxsulini tahlil
qilish metodikasini ishlab chikishdi. Bolalar nutqining individual xususiyatlari
o`rganildi.
Insonlar tili va hayvonlar «tili» o`rtasida qanday farq mavjud?
Nutq psixologiyasining eng muhim yo`nalishlaridan biri nutqning akustik
tomonini o`rganishdir. Nutq akustikasi fizik akustika,
lingvistika fonetika,
kibernetika, va boshqa fanlar tomonidan ham o`rganiladi. Psixolog uchun nutq
tovushlari - gapirayotgan kishi artikulyar apparatining faoliyati natijasidir. Bu
faoliyat doimo eshitish analizatorining nazoratida bo`ladi va inson miyasining
maxsus bo`limlari, motor buyruqlari bilan boshqariladi.
V.A.Artyomov raxbarligidagi laboratoriyada nutq akustikasini o`rganadigan
metodikalar va apparaturalar ishlab chiqildi. Ohang va jumlani talaffuz qilishni
o`rganish uchun elektrodinamik rekorder, nutq tovushlarini avtomatik tahlil qiluvchi-
spektograf,
artikulyatsiyani
yozib
oluvchi
rentgenografik
kurilma
shular
jumlasidandir. eksperimental tadqiqot uchun
akustik hodisalar - ohang, tovush,
fonema va bo`g`inlar ham qamrab olindi. Bu hodisalar psixologik jihatdan nutqni
idrok qilish, tanish va tushunish tomondan o`rganiladi.
Nutq akustikasini o`rganish ozmi ko`pmi uning tashqi ifodalanish tomoni bilan
ham bog`liqdir. Lekin, tadqiqotchilarni uning ichki tomoni ham qiziqtiradi. SHuning
uchun ham ichki nutq dinamikasini o`rganishga qaratilgan ko`plab laboratoriya
uslublari ishlab chiqilgan.
Ichki nutq faolligini o`rganishga qaratilgan ana shunday usullardan biri
artikulyatsiya organlari (til, lab) yashirin harakatini registratsiya (qayd qilish)
qilishda elektromiografiya usulidan foydalanishdir. A.M.
Sokolov tomonidan ichki
nutq va tilning o`zaro aloqasi, til muskullari va pastki labning turli aqliy vazifalarni
echish jarayonidagi miogrammasini yozib olish orqali o`rnatilgan. Tajribada
aniqlanishicha aqliy faoliyat murakkablashgani sari artikulyatsiya faolligi ham ortadi.
Ichki nutq jarayoni dinamikasini o`rganish uchun markaziy va periferik
ta`sirlar metodikasi ishlab chiqilgan. N.I. Jinkin tomonidan markaziy nutqiy ta`sirlar
metodikasi taqlif qilingan. Tajriba jarayonida tekshiriluvchilar-jumlalar tuzish,
geometrik shakllarni sanash, sonlarni ko`paytirish bilan bir vaqtda bo`sh qo`llari
bilan berilgan ritmni taqillatib turishgan. Ichki nutq bilan bog`liq bo`lmagan boshqa
ritmning kiritilishi tormozlovchi ta`sir ko`rsatadi. Asosiy ko`rsatkich
sifatida asosiy
vazifani echishga sarflangan vaqt, echimning to`g`riligi, ritm va taqillatish tezligining
to`g`riligi, asos qilib olinadi. Olingan natijalar nutq mexanizmi tarkibida statik va
dinamik qismlarni ajratish imkonini berdi. Har bir nutq tarkibi tovush, so`z, jumlada
doimiy va modellashgan belgilar mujassam bo`ladi. Dinamik jarayonlar so`zlardan
jumla tuzishda muhim rol’ o`ynaydi.
Kishilarning ovoziga xos xususiyatlar nasliy yo`l bilan o`tadimi?
Nutqni o`rganishdagi psixofiziologik yondashish nutq jarayonining tarkibiy
qismlarini yo`nalishiga qarab belgilanadi. N.I.Jinkin dinamik rentgenografiya usulini
qo`llash orqali talaffuz qilishni o`rganishi maqsadida-elektrokardiogramma,
Dostları ilə paylaş: