53
Lateralizatsiya haqidagi barcha ma`lumotlar, o`ng va chap yarim sharlarda oliy
psixik funktsiyalar bir xil taqsimlanmaganligini tasdiqlaydi.
Barcha kishilar uchun
xos bo`lgan yarim sharlararo umumiy farqlardan tashqari, individual farqlar ham
mavjud. Masalan, barcha o`naqaylarda chap yarim shar dominanta (ustun) bo`ladi
deb hisoblab kelingan bo`lsa, ayrimlarda o`ng yarim shar ustun bo`lishi ham mumkin
ekan.
Miyaning chap va o`ng yarim sharlari vaqtni turlicha idrok qilishi aniqlangan.
Ma`lum bo`lishicha, o`ng yarim shar tashqaridan keladigan signallarni real vaqtda
qayta ishlaydi. Vaqtinchalik uzib qo`yilgan vaqtda esda qoldirilgan materiallar xuddi
faol holatda idrok qilingan vaqtga ko`chiriladi.
Tadqiqotlar, xotirada har ikki yarim sharning o`ziga xos o`rni
borligini
aniqlagan. Vaqtinchalik uzib qo`yilgan o`ng yarim shar bilan, odam eshitgan
so`zlarini takrorlab borishi, uzoq vaqt esda saqlab turishi mumkin. Ammo chap yarim
shar uzib quyilganda qarama-qarshi holatni kuzatish mumkin. So`zlarni esda
qoldirish buziladi, ammo obraz xotirasi saqlanib qoladi.
Nutq uchun mas`ul bo`lgan chap yarim shar- ixtiyoriy xotirani ham
ta`minlaydi ixtiyorsiz tanish o`ng, so`zlarni qayta esga tushirish esa chap yarim shar
bilan bog`liq. Insonning hissiy holatlarida chap va o`ng yarim sharlar turlicha ishtirok
etadi. Sog`lom odamlarga maxsus linzalar yordamida o`ng
va chap yarim sharlar
uchun alohida qisqa metrajli kinofil’mlar namoyish etilgan. Tamoshabinlar fil’mning
hissiy tomonini-xajviy, «yoqimli», «yoqimsiz», «dahshatli» deb baholashlari kerak
edi. Aniqlanishicha, o`ng yarim shar borliqni yoqimsiz rangda “ko`rar” ekan, chap
yarim sharning ayrim qismlarining shikastlanishi odamda o`zini “yo`qotib” quyish,
ojizlik tushkunlikka berilish kabi holatlarni vujudga keltiradi. O`ng
yarim sharning
buzilishi aksincha, yaxshi qayfiyat, har bir narsani ijobiy baholash kabi holatlarni
yuzaga chiqaradi.
CHap va o`ng yarim sharlar bir-birining o`rnini to`ldirishi mumkinmi?
O`ng yarim shar tashqi muhitdan kelayotgan signallar
va ichki holatlarning
ahamiyatini baholashga yordam beradi. E.YU.Artem’evaninng ta`kidlanishicha, chap
yarim shar shikastlanganda «menga nima bo`lyapti?» degan savolga javob berish
qiyinlashsa, o`ng tomonlama buzilishda, «men bilan sodir bo`layotgan holatning
ahamiyati qanday?» degan savolga javob berish buziladi. YArim sharlarning o`zaro
ta`siri natijasida bir yarim sharda axborot qayta ishlanayotgan
paytda boshqasining
funktsiyasi yomonlashadi. Masalan, odamda vaqtincha faoliyat ko`rsatayotgan o`ng
yarim shar bilan so`zlarni idrok qilish bo`ziladi. O`ng va chap yarim sharlarning bir-
birini tormozlovchi ta`sir ko`rsatishini quyidagi tajriba uchun normal holatdagi
odamlar hal eta olmaydigan vazifalar tanlandi. So`ngra shu topshiriqlarni vaqtincha
o`ng yarim shari “o`chirib” qo`yilgan kishilarga berildi. Ular bu ishni nisbatan oson
bajardilar. Odam biror bir muammoni hal kiliyotgan paytda o`ng yarim shar chap
yarim sharning mantiqiy ovozini “bo`g`ib” qo`yadi, o`ng yarim shar “o`chirilgan”da
uni bemalol eshitish mumkin.
Har ikki yarim sharning navbat bilan faollashib
turishni quyidagi misolda
ko`rishimiz mumkin. Tutilib gapiradigan kishilarning ko`pchiligida chap yarim shar
?
54
ustunlik qilmas ekan, aksincha nutq markazining har ikki yarim sharda simmetrik
holdagi markazlari mavjud ekan. Ob`ektlarning aloqa va bog`lanishlari haqida yangi
axborotlarni bilishga olib keluvchi fikrlash jarayoni
har ikki yarim sharning ham
ishtirokini talab qiladi. Bunda gox o`ng, gox chap yarim shar ustunlik qiladi. Agar
chap yarim shar ustunlik qilsa, fikrlash faoliyati anglangan va verbal’ (nutqiy) holda
ifodalangan bo`ladi. O`ng yarim shar ustunlik qilsa, aksincha bo`ladi. YAna chap
yarim shar dominantlik qilganda muammoning echimi birdaniga topilgandek
taassurot qoldiradi. Ko`p hollarda ushbu muammo intuitsiya yo`li bilan xal bo`ldi,
deb o`ylanadi. Intuitsiya bilishning maxsus usuli bo`lib,
izlanayotgan xulosaga
birdaniga kelishlik illyuziyasi sodir bo`ladi.
Dostları ilə paylaş: