O‘zbekiston pespublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


FAOLIYATI TURI VA BOSHQARUV TIZIMI



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/59
tarix12.05.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#112064
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   59
5 11 2020 бошқарув ўқув қўллама магистир

FAOLIYATI TURI VA BOSHQARUV TIZIMI. 
 Tayanch tushunchalar: uzluksiz, takomillashtirish, bilish, , reja, predmet, 
tamoyil, rag‘bat, metod, qonuniyatlar, funsiyalar, rejalashtirish, boshqarish, 
loyihalashtirish. 
Maktabgacha ta’lim sohasi uzluksiz ta’lim tizimining birlamchi bo‘g‘ini 
hisoblanib, u har tomonlama sog‘lom va barkamol bola shaxsini tarbiyalash 
va maktabga tayyorlashda g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Mustaqillik 
yillarida respublikada ta’lim-tarbiya tizimi va barkamol avlodni tarbiyalash 
davlat siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishlari darajasiga ko‘tarildi. Biroq 
o‘tkazilgan tahlillar maktabgacha ta’lim sohasida olib borilayotgan ishlarning 
samarasi va natijasi еtarli darajada emasligini ko‘rsatmoqda.
Jumladan, so‘nggi 20 yil davomida davlat tasarrufidagi maktabgacha 
ta’lim tashkilotlari soni 45 foizdan ziyodroq kamaygan bo‘lib, bugungi kunda 
respublika bo‘yicha bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinishi 30 
foizni tashkil etadi. Shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotlarining 
moddiy-texnika bazasi zamonaviy talabga javob bermaydi.
Maktabgacha ta’lim tizimida variativ dasturlar joriy etilmagan, bolalarni 
maktabga tayyorlash bo‘yicha muqobil, moslashuvchan modellar yetarli 
darajada rivojlanmagan hamda taraqqiy etgan mamlakatlar singari ijtimoiy, 
shaxsiy, hissiy, nutqiy, matematik, jismoniy va ijodiy rivojlantirish, atrof 
muhit bilan tanishuvga yo‘naltirilgan maxsus davlat ta’lim dasturlari tatbiq 
qilinmagan.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan pedagog 
kadrlarning aksariyati o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lib, bu bolalarni 
maktab ta’limiga talab darajasida tayyorlash imkonini bermaydi.
Bundan tashqari, maktabgacha ta’lim sifati monitoringini yuritish 
tuzilmaviy va tashkiliy jihatdan nazarda tutilmaganligi sababli, maktabgacha 


20 
ta’lim tashkilotlaridagi ta’lim jarayonining sifati va samaradorligini baholash 
zamon talablariga javob bermaydi.
Xorijiy davlatlar ilg‘or tajribasining tahlili zamonaviy maktabgacha 
ta’lim tashkilotlarida maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish uchun 
sharoitlarni yaratishga yo‘naltirilganligi bilan tavsiflanib, bolaning ijobiy 
ijtimoiylashuvi imkoniyatlarini namoyon qilish, uning har tomonlama shaxsga 
oid ma’naviy-axloqiy va ongli rivojlanishi, maktabgacha yoshga oid tegishli 
faoliyat 
turlari 
asosida 
tashabbuskorligi 
va 
ijodiy 
qobiliyatlarini 
rivojlantirishga, muloqot doirasida katta yoshdagilar va tengdoshlari bilan 
hamkorlik qilish imkoniyatlarini ochishga qaratilgan.
Uzluksiz ta’lim tizimining muhim bo‘g‘ini bo‘lgan maktabgacha ta’lim 
tizimini yanada takomillashtirish, samarali davlat boshqaruvi tizimini 
yaratish, maktabgacha ta’lim tashkilotlari davlat va nodavlat tarmog‘ini 
kengaytirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni malakali 
pedagog kadrlar bilan ta’minlash, maktabgacha ta’lim tashkilotlariga bolalarni 
qamrab olishni keskin oshirish, ta’lim-tarbiya jarayonlariga zamonaviy ta’lim 
dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish orqali bolalarni har tomonlama 
intellektual, ma’naviy-estetik, jismoniy rivojlantirish hamda ularni maktabga 
tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash maqsadida:
1. 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Maktabgacha 
ta’lim 
vazirligi, 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Toshkent shahar 
maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi, viloyatlar maktabgacha ta’lim 
boshqarmalari hamda ularning tuman(shahar)lardagi bo‘limlari tashkil etilsin.
2. 
Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim 
vazirligining asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari etib belgilansin:
birinchidan, maktabgacha ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini ishlab 
chiqish va amalga oshirish;


21 
ikkinchidan, ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda maktabgacha 
yoshdagi bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy 
rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
uchinchidan, respublikada davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim 
tashkilotlari orasida sog‘lom raqobat muhitini yaratish hisobiga barcha 
bolalarning maktabgacha ta’lim tashkilotlariga bosqichma-bosqich qamrab 
olinishini ta’minlash, ularga soliq imtiyozlari va preferensiyalar berish, 
byudjetdan subsidiyalar ajratish, shuningdek, bolalarning maktabgacha ta’limi 
va tarbiyasining muqobil shakllarini amaliyotga tatbiq etish;
to‘rtinchidan, zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni, ta’lim 
va tarbiyaning samarali shakllari hamda usullarini ta’lim-tarbiya jarayoniga, 
shu jumladan nodavlat sektorida joriy etish;
beshinchidan, milliy madaniy-tarixiy qadriyatlarni aks ettiruvchi va 
bolalikdan kitob o‘qishga qiziqishni uyg‘otuvchi o‘quv-metodik, didaktik 
materiallar, o‘yin va o‘yinchoqlar, badiiy adabiyotlar bilan maktabgacha 
ta’lim tashkilotlarini ta’minlash;
oltinchidan, zamonaviy pedagogik texnologiyalar va metodlarni hisobga 
olgan holda bolalarni tarbiyalash va har tomonlama rivojlantirish masalalarini 
professional darajada hal etishga qodir bo‘lgan maktabgacha ta’lim 
tashkilotlari rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini 
oshirish;
yettinchidan, maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlarini moddiy 
rag‘batlantirish tizimini yaratish va tajribali yuqori malakali va kasbiy 
jihatdan puxta tayyorlangan pedagog kadrlar hamda tarbiyachilarni ta’lim-
tarbiya jarayoniga jalb qilish;
sakkizinchidan, maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarining 
ratsional va belgilangan me’yorlar asosida sog‘lom va to‘g‘ri ovqatlanishini 
ta’minlash uchun munosib sharoitlar yaratish, ko‘ngilochar va bilim beruvchi 
mashg‘ulotlar elementlari bo‘lgan, hajmlari va intensivligi asosiy tibbiy 


22 
taqdimnomalar bilan belgilanuvchi serharakat o‘yinlar va mashqlar 
uyushtirish;
to‘qqizinchidan, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi 
bilan birgalikda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarga tibbiy xizmat 
ko‘rsatish hamda ularning hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish bo‘yicha 
profilaktika chora-tadbirlarini muvofiqlashtirish.
3.Ta’limni boshqarish qonuniyatlari boshqaruv jarayonida turli 
elementlar va hodisalarning obyektiv ravishda mavjud bo‘lgan, takrorlanuvchi 
o‘zaro aloqalarini aks ettiradi. Ular umumiy va xususiyga bo‘linadi. Umumiy 
qonuniyatlar boshqaruvning barcha tizimlariga xos bo‘lsa, xususiylari ayrim 
ta’lim tashkilotlari va tashkilotlarining amal qilishi bilan bog‘liq. 
Quyidagilarni boshqaruvning umumiy qonuniyatlari sirasiga kiritish 
mumkin: ustuvor samaradorlik va ongli rejali boshqarish; boshqaradigan va 
boshqariladigan tizimlarning, boshqarish subyekti va obyektining o‘zaro 
munosabati, boshqaruvda mehnat taqsimoti va kooperatsiyasi jarayonlarini 
kuchaytirish. Ushbu qonuniyatlarni ko‘rib chiqamiz. 
Ta’limni ongli boshqarishning ustuvor samaradorligi qonuniydir, chunki 
unda kechayotgan jarayonlarni rejali boshqarish tizimi amalda ushbu 
jarayonlarni 
beixtiyor 
tartibga 
soladigan 
boshqarish 
tizimlaridan 
samaraliroqdir. Hozirgi ta’limda boshqarishning barcha darajalarida dasturiy-
maqsadli yondashuv, tizimli yondashuv va tahlil keng qo‘llanilayotganligi 
buning dalilidir. 
Boshqaradigan va boshqariladigan tizimlar, boshqarish subyekti va 
obyektining o‘zaro munosabati qonuniyat ekanligi boshqaruv sohasining 
boshqaruv 
obyekti 
talablariga 
muvofiqligini 
bildiradi. 
Chunonchi, 
iqtisodiyotni rivojlantirishda 90-yillarning o‘rtalaridan ko‘zga tashlangan 
siljishlar mamlakatimizda butun boshqaruv apparatini muayyan o‘zgartirishni 
talab qildi, bu hol 1997-yildan boshlangan ta’lim va kadrlar tayyorlashdagi 
islohotlar majmuida o‘z ifodasini topdi. Natijada ta’lim va uni boshqarish 


23 
tizimi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy o‘zgarishlar, fan-texnika taraqqiyoti 
talablariga mos tushgan holda barqaror rivojlanish tamoyilini kasb etdi. 
Boshqaruvda mehnat taqsimoti va kooperatsiyalash jarayonlarining 
kuchayishini ham ta’limni boshqarishning umumiy qonuniyatlariga kiritish 
mumkin. Qonuniyat, birinchidan, boshqaruvda mehnatning bundan keyin ham 
gorizontal va vertikal taqsimotini aks ettiradi, bu hol boshqaruvning 
rivojlanganligi, boshqariladigan tizimlar ko‘lami kengayganligi, yangi 
funksiyalar va faoliyat turlari paydo bo‘lganligi bilan bogʻliqdir. Ikkinchidan, 
mehnat taqsimoti uning muvofiqlashtirilishini, ya’ni boshqaruv mehnatini 
kooperatsiyalashda o‘z ifodasini topadigan boshqaruv subyektlari ishi 
muvofiqlashtirilishini taqozo qiladi. 
Agar umumiy qonuniyatlar umuman boshqaruvga xos bo‘lsa, xususiy 
qonuniyatlar boshqaruvning ayrim tomonlari va tizimlari uchun xosdir. 
Quyidagilarni xususiy qonuniyatlar sirasiga kiritish mumkin: boshqaruv 
funksiyalarining 
o‘zgarishi, 
boshqaruv 
bosqichlari 
sonining 
maqbullashtirilishi, boshqaruv funksiyalarining jamlanishi va nazoratning 
keng tarqalish qonuniyati kabilar. 
Ta’limni 
boshqarish 
funksiyalarining 
o‘zgarish 
qonuniyatlari 
boshqaruvning turli ierarxik darajalarida bir funksiyaning yuksalishi, 
boshqasining pasayishini bildiradi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi 
Maktabgacha ta’limvazirligi darajasida asosan ta’lim mazmunini qamrab 
olgan strategik vazifalar (o‘quv rejalari, dasturlari, davlat ta’lim standartlari, 
darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar va boshqalar) hal qilinsa, ta’lim tashkiloti 
darajasida ko‘proq umumiy o‘rta ta’lim maqsadlarini amalga oshirish bilan 
bog‘liq taktik masalalar hal etiladi. 
Boshqaruv 
bosqichlari 
sonini 
maqbullashtirish 
qonuniyatlari 
boshqaruvning ortiqcha bo‘g‘inlarini bartaraf etishni taqozo qiladi, bu hol 
uning moslashuvchanligi va tezkorligini kuchaytiradi. 
Ta’limni boshqarish funksiyalarini jamlash shundan iboratki, har bir 


24 
boshqaruv bosqichi funksiyalarni ko‘proq jamlashga, ya’ni boshqaruv 
hodimlari sonini ko‘paytirishga intiladi. Barcha mamlakatlarda byurokratik 
apparat soni oshib borayotgani haqida ma’lumotlar bu qonuniyatni yaqqol 
namoyish etadi. 
Nazoratning yoyilganlik qonuniyati qo‘l ostidagi xodimlar soni bilan 
boshqaruv xodimi tomonidan ularning faoliyatiga samarali rahbarlik qilish va 
ishlarini nazorat qilish imkoniyatlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni aks ettiradi. 
Ta’limni boshqarishning (ham umumiy, ham xususiy) qonuniyatlari 
obyektiv xususiyatga ega bo‘lib, kishilar faoliyatini boshqarish jarayonida 
amalga oshiriladi. Ta’limni boshqarish tamoyillarini shakllantirishda 
boshqaruv qonuniyatlari to‘liq hisobga olinishi kerak. 
4.Ta’limni boshqarish tamoyillari — bu boshqaruv tizimi, tuzilmasi, 
boshqaruvni tashkil etishning asosiy talablarini belgilab beruvchi qoidalar 
demakdir. Boshqaruv tamoyillari ham, qonuniyatlar kabi, umumiy va 
xususiyga bo‘linadi. 
Ta’limni boshqarishning umumiy tamoyillari universal tabiatga ega 
bo‘lib, boshqaruvning barcha sohalariga ta’sir ko‘rsatadi. 
Quyidagilarni ta’limni boshqarishning umumiy tamoyillari sirasiga 
kiritish mumkin: aniq maqsadga yo‘naltirilganlik, rejalilik, bilimdonlik, 
intizomlilik, rag‘batlantirish, ierarxiklik (pog‘onalilik). 
Aniq 
maqsadga 
yo‘naltirilganlik 
tamoyili 
dasturiy-maqsadli 
boshqaruvning mohiyati bilan belgilangan bo‘lib, har bir ta’limni boshqarish 
organi va uning har bir bo‘linmasi oldiga maqsadlar aniq qo‘yilishini ko‘zda 
tutadi. Bunda maqsad haqiqatan ham erishish mumkin bo‘lgan va iloji boricha 
aniq-ravshan belgilangan bo‘lishi kerakki, bu ish aqlga muvofiq bo‘lishini 
ta’minlaydi, hodimlari sa’y-harakatini uning ijrosiga safarbar etadi. 
Aniq maqsadga yo‘naltirilganlik tamoyili qo‘yilgan maqsadlargina emas, 
balki ana shu maqsadlarning zarur resurslar bilan nisbati darajasini aniqlashni 
ham nazarda tutadi. Bunda maqsadlarni ularga erishish uchun zarur bo‘lgan 


25 
asosiy resurslar bilan bog‘lashni ta’minlashgina emas, balki diqqat-e’tiborni 
maqsadlarga erishishga xalaqit berayotgan eng zaif bo‘g‘inga qaratish ham 
kerak bo‘ladi. 
Ta’limni rejali boshqarish tamoyili ham dasturiy-maqsadli boshqarish 
bilan bog‘liq bo‘lib, harakat dasturini tuzish va uni amalga oshirishni ko‘zda 
tutadi. Rejalilik ish sharoitini normallashtirish va uni ijrochilar o‘rtasida 
taqsimlashda ijrochilar xatti-harakatlarini muvofiqlashtirish va ularga yo‘l-
yo‘riq berishda, shuningdek har bir ishning va umuman dasturning 
bajarilishini hisobga olish va nazorat qilishni tashkil etishda namoyon bo‘ladi. 
Ushbu tamoyilning amalda bajarilishi butun boshqaruv tizimi reja asosida 
tashkil etilishiga olib keladi. 
Bilimdonlik tamoyili menejerning boshqaruv obyektini bilishini, hech 
bo‘lmaganda, qarorlar qabul qilishda mutaxassislarning foydali maslahatlarini 
qabul qilishga qodirligini anglatadi. Bilimdonlik tamoyili mehnatning 
funksiyalar bo‘yicha gorizontal taqsimlanishi bilan bog‘liq. 
Boshqaruvning har qanday tizimida har qanday darajada mavjud bo‘lishi 
kerak bo‘lgan intizom boshqaruvning ajralmas tamoyili hisoblanadi. Intizom 
rahbar ko‘rsatmalarining, lavozim vazifalarining, yo‘riqnomalarning, 
buyruqlarning va boshqa dedektiv hujjatlarning, shubhasiz, bajarilishini 
ko‘zda tutadi. Intizom darajasi ko‘p jihatdan boshqaruv madaniyatini 
belgilaydi. 

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin