26
Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag‘ishlangan
tantanali marosimdagi ma’ruzasi. – T.: “O‘zbekiston”, 2017. – 48 b.
2. Sh.M.
Mirziyoyev Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy
javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. –T.:
“O‘zbekiston”. – 2017.– 102b.
3. Sh.M. Mirziyoyev Buyuk kelajagimizni mard va olijanob halqimiz bilan
birga quramiz. – T.: “O‘zbekiston”, 2017. – 488 b.
4. Karimov I.A. Barkamol avlod-O‘zbekiston taraqqiyotining asosi.
Toshkent, Sharq, 1997.
5. Qurbonov Sh., Sayitxalilov E. Ta’lim sifatini boshqarish. –T.: Turon-
Iqbol, 2006. – 592 b.
6.Нормативные документы по реформированию системы высшего
образования Республики Узбекистан. Част. 1 и 2. Ташкент, 1998.
3-МАVZU: BOSHQARUV HAQIDAGI FANNING RIVOJLANISHI VA
TARAQQIY ETISHI
Tayanch so‘zlar: boshqaruv, jamoa ta’siri,
motivatsiyalash,
rag‘batlantirish, mansublik, tamoyil, samarali, amalga oshirish.
Ta’lim sifatini boshqarishga ilmiy yondashuvlarni ishlab chiqish xorijda
XX asrning 20-yillarida, mamlakatimizda esa 50-yillarida boshlangan edi. Bizda
bu ish uzoq vaqt mobaynida jahonda amalga oshirilayotgan ishlardan ajralgan
holda olib borildi. Agar chet elda ta’lim sifatini boshqarish samaradorligini
oshirish usullarini izlash ishlari avval boshdanoq ijtimoiy boshqaruvning
umumiy nazariyasi yutuqlari asosida amalga oshirilgan bo‘lsa, mamlakatimizda
asosan pedagogika nazariyasi qoidalariga tayangan edi. Ammo 80-yillarning
o‘rtalaridan boshlab bu uzilish jadallik bilan bartaraf etila boshladi.
Aytish
mumkinki, boshqaruv fani boshqaruv vazifalarini hal etish jarayonlarini
27
o‘rganishi hamda qanday sharoitlarda boshqarishda ushbu vazifalar hal etilishi,
ularni hal etish natijasi qanday bo‘lishi lozimligi, u yoki bu vazifalarni
muvaffaqiyatli hal etishga qanday omillar ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi haqidagi
bilimlarni olishi darkor. Ushbu savollarga tayyor javob yo‘q, uni topish uchun
boshqaruv o‘zi nima ekanligi haqida ayrim boshlangʻich tasavvurga ega bo‘lish
lozim.
Umumboshqaruv G‘oyalari evolyutsiyasini ko‘rib
chiqar ekanmiz, ko‘pincha
turli boshlangʻich tasavvurlarda boshqaruv nima ekanligi, uning vazifalari
nimalardan iboratligi va bu vazifalarni qay yo‘sinda hal etishi lozimligi
to‘g‘risidagi turli yondashuvlarga asoslanganligi ko‘zga tashlanadi.
Tadqiqotlarning turli predmetlari shu tariqa ajralib chiqqan. Masalan, klassik
nazariya boshqaruv jarayonini boshqaruv funksiyalarining
muayyan majmuini
amalga oshirish sifatida ifodalagan. Ushbu funksiyalarning amalga oshirilish
sifati, eng avvalo, boshqaruvning tashkiliy tuzilmasi tavsifi bilan bog‘angan.
Shu bois, asosiy vazifa qanday tashkiliy tuzilmada boshqaruv funksiyalari
samaraliroq bajarilishini aniqlashdan iborat bo‘lgan. Ya’ni, o‘rganishning asosiy
predmeti tashkiliy struktura tavsiflari bilan boshqaruv funksiyalarini amaliyotga
tatbiq etish natijalari o‘rtasidagi aloqadan iborat bo‘lgan.
«Insoniy munosabatlar» nazariyasi norasmiy tuzilmani, ya’ni
birgalikdagi
faoliyat jarayonida odamlar o‘rtasidagi munosabatlarni asosiy maqsad qilib
olgan va maqbul norasmiy tuzilmani yaratish uchun nima qilish lozimligini
aniqlashga intilgan. Shunday qilib, ushbu yondashuv doirasida boshqaruv
vazifalari birmuncha anglab еtildi.
Tashkilotlar,
xodimlar, jarayonlarni va h. k. boshqarishning o‘rganilishi ham
turli umumboshqaruv yondashuvlari G‘oyalari asosida olib borilishi mumkin.
Shu boisdan, tadqiqotlar predmeti ham turlicha bo‘ladi. Zero boshqaruv
nazariyasining
evolyusiyasi, eng avvalo, uning predmetiga bo‘lgan
qarashlarning o‘zgarishidir. Garchi turli yondashuvlarda tadqiqotlar predmetini
aniqlashning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud bo‘lsa-da, ularning barchasi,
28
biron-bir tarzda, boshqaruvni tashkil etishdagi
alohida funksiya sifatida
tushunishdan kelib chiqadi. Bu funksiyani amalga oshirish bilan uning hayot
faoliyati aniq maqsadga qaratilganligi va uyushganligi ta’minlanadi hamda
boshqaruv tizimi tarkibiy qismlarining tuzilishi va o‘ziga xosligi, tashkilot
faoliyatining ichki hamda tashqi shart-sharoiti va uning natijalari o‘rtasidagi
aloqalarni o‘rganishga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Umume’tirof etilgan boshqaruv tushunchasi bo‘lmagani kabi ta’lim tashkilotlari
va ta’lim sifatini boshqarishning ham umumqabul qilingan tushunchasi yo‘q.
Ilmiy bilim rivojlanib borgani sari bu tushuncha doimiy ravishda boyib boradi.
Boshqaruv boshqariladigan obyektdagi jarayonlarning aniq maqsadga
qaratilganligini va uyushganligini ta’minlashi lozim. Boshqaruv o‘zining bu
vazifasini bo‘lishi kerak bo‘lgan narsaning qiyofasini (maqsadlar
va ularga
erishish rejalarini) shakllantirish; ijrochilar o‘rtasida vazifalar va vakolatlarni
taqsimlash (rasmiy tuzilmani yaratish va saqlab turish); ijrochilarning samarali
mehnatdan manfaatdorligini ta’minlovchi sharoit yaratish (ragʻbatlantirish);
jamoada umumiy qadriyatlar va qulay munosabatlarni shakllantirish (norasmiy
tuzilma yaratish va saqlab turish); ishning borishini nazorat qilish kabi va
boshqa maxsus boshqaruv vazifalarini hal qilish orqali amalga oshiradi.
Shundan
kelib chiqqan holda ta’lim mazmuni, ta’lim tashkilotlari tartibini va
Dostları ilə paylaş: