57
6-MAVZU: MENEJMENTNING IJTIMOIY OMILLARI
Tayanch so‘zlar: menejment, kasbiy tayyorgarlik, raqobatdosh, kasbiy
mahorat, zamonaviy mutaxassis, jarayon, natija, miqdor, sifat.
O‘zbekiston Respublikasida kasb-hunar ta’limi, Kadrlar tayyorlash milliy
dasturiga muvofiq, raqobatbardosh kadrlarni mamlakatimizda va chet ellarda
fan, texnika, texnologiya hamda iqtisodiyotning rivojlanishini
hisobga olgan
holda
mutanosiblik
tarzida
kadrlarni
tayyorlashni
amalga
oshiradi.
Raqobatbardosh mutaxassislarning yangi avlodi istiqbol masalalarni qo‘yish va
hal qilish qobiliyatiga, yuqori fikrlash madaniyati hamda ilmiy-texnikaviy va
ijtimoiy-siyosiy axborot bobida mustaqil yo‘nalish olish mahoratiga ega bo‘lishi
darkor.
Zamonaviy mutaxassis tabiiy-ilmiy va kasb-hunar bilimigagina emas, balki
o‘zining ma’naviyati va madaniyatini belgilovchi gumanitar bilimlarga ham ega
bo‘lishi darkor. Axloqiylikdan mahrum mutaxassis
qabul qilinayotgan
qarorlarning haqiqiy oqibatlari uchun o‘ziga ham, jamiyatga ham javob bera
olmaydi. Mamlakatimiz ta’lim tizimining maqsadi, vazifalari, jarayoni va
natijasining tub farqi shunda.
Yuqorida ta’kidlanganidek, kasb-hunar ta’limidan ko‘zlangan
asosiy maqsad
raqobatbardosh kadrlar tayyorlashni ta’minlash hamda raqobatbardosh ta’lim
xizmati ko‘rsatishdan iborat.
Islohotlargacha bo‘lgan davrda, barcha darajadagi kadrlarni tayyorlash sifati
past bo‘lganligi oqibatida, bu maqsad to‘liq bajarilmasdi.
Respublikadagi hunar-texnika bilim yurtlari asosan ikkinchi razryadli, malakasi
past ishchi kadrlarni tayyorlar edi. Ularni ishlab chiqarishda yuqori malakali
qilib «yetishtirish» uchun ko‘p vaqt va mablag‘ talab etilardi.
Past sifatli mutaxassislarni tayyorlash, ayrim istisnolar bilan oliy ta’limga ham
xos edi. Buning sababi ko‘p darajada:
Mutaxassislarni ommaviy chiqarish, respublika iqtisodiy va ijtimoiy hayotining
asossiz ehtiyojlari, bu hol soxta lavozimlar nomenklaturasi ortishiga olib keldi.
58
Bu omil oliy ma’lumotning nufuzi va uning sifat ko‘rsatkichlariga qo‘yiladigan
talab pasayishini keltirib chiqardi;
Oliy ma’lumotli mutaxassislar mehnati natijalari ham miqdor,
ham sifat
jihatdan qadrsizlanishi. Yangi texnika va texnologiyani yaratadigan mutaxassis
o‘zining ijodi natijalarini ro‘yobga chiqaradiganlardan kam maosh olardi. Ayni
mahalda yuqori malakali mutaxassislarning ko‘pchiligi o‘rta bo‘g‘in
mutaxassislariga xos kasbiy vazifalarni bajarishardi;
Mutaxassislar tayyorlash va ulardan foydalanishda raqobatchilik sharoiti
yo‘qligi, bu hol ularning ta’limi sifatiga qo‘yiladigan talablar jiddiy pasayishiga
olib keldi.
Mazkur sabablardan tashqari, tayyorlash jarayonida sifatni yaxshilash ko‘zda
tutilmagan, bir xil darajadagi qat’iy cheklangan oliy ta’lim tizimi ham
mutaxassislar tayyorlash sifatining pasayishiga olib keldi. Odatda, qancha qabul
qilingan bo‘lsa, shuncha mutaxassis chiqarilardi (ozgina
saralanish bundan
mustasno), to‘g‘rirog‘i, shuncha oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom berilardi.
Bunda, odatda, raqobatbardosh potensial mutaxassislar barcha bitiruvchilarning
7—12 %dan oshmasdi. Kasb-hunar ta’limining barcha darajalarida shunday
kadrlar tayyorlashning natijasi ko‘pchilik bitiruvchilarning sifati pastligi hamda
raqobatga dosh berolmasligidan iborat bo‘ldiki, bu mustaqil. O‘zbekistonning
bozor munosabatlariga o‘tishida jiddiy iqtisodiy ziyon еtkazdi.
AQSh, Germaniya, Yaponiya, Fransiya va boshqa rivojlangan mamlakatlar
tajribasi barcha darajalardagi kadrlar tayyorlash
sifati va ularning
raqobatbardoshligiga:
Ta’lim, fan va ishlab chiqarishning jips aloqasi;
Ta’lim tashkilotlari tiplarining va fan, texnika, texnologiya hamda
iqtisodiyotning eng so‘nggi yutuqlari asosida ishlab chiqilgan kasb-
hunar ta’limi dasturlarining xilma-xilligi;
kasb-hunar ta’limi tizimini iqtisodiyotning ustuvor hamda daromad
keltiradigan tarmogʻiga aylantirish;
59
ta’lim tashkilotlarini zamonaviy o‘quv-uslubiy adabiyotlar hamda
moddiy-texnika bazasi bilan ta’minlash;
kasb-hunar ta’limi tizimiga yuqori malakali o‘qituvchilar va
mutaxassislarni jalb etish;
ta’lim jarayonini kompyuterlashtirish va axborotlashtirish;
kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish va baholashning obyektiv
tizimini qo‘llash;
aql-idrokning rivojlanishi, o‘lchanishi
va baholanishi, qobiliyatlar
va shaxsiy fazilatlar muammosi, shuningdek, kasbga yo‘naltirish
muammosi bo‘yicha psixologik-pedagogik tadqiqotlarni bajarish;
o‘qituvchilarning moddiy va ijtimoiy jihatdan yuqori darajada
himoyalanganligi tufayli ta’minlanadi.
Barcha darajadagi raqobatbardosh kadrlar tayyorlash strategiyasi negizida ularni
tayyorlash sifatini uch asosiy bosqichda ta’minlashga
majmuaviy yondashuv
yotadi.
Uzbekistonda maktabgacha ta’lim tizimini
modernizasiyalash –yuksak
Dostları ilə paylaş: