O‘zbekiston pespublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/59
tarix12.05.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#112064
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   59
5 11 2020 бошқарув ўқув қўллама магистир

Nazorat savol va topshiriqlar: 
1. Sifat kafolatini loyihalash nimadan iborat? 
2. Ta’lim sifatini loyihalashning asosiy vazifalari nimalardan iborat? 
3. Ta’lim sifati tizimida kafolat tushunchasini izohlang. 


103 
4. Boshqaruv xodimlarining sifatini shakllantirish ko‘proq kim orqali 
amalga oshiriladi? 
5. OTMlarida sifat kafolatini ta’minlash omillari nimalardan iborat? 
Adabiyotlar ro’yhati: 
1. Sh.M.Mirziyoyev Buyuk kelajagimizni mard va olijanob halqimiz bilan 
birga quramiz. – T.: “O‘zbekiston”, 2017. – 488 b. 
2.
Qurbonov Sh., Sayitxalilov E. Ta’lim sifatini boshqarish. –T.: Turon-
Iqbol, 2006. – 592 b. 
3.Djurayev R.X., Turg‘unov S.T. Ta’lim menejmenti. –T.: Voris-
nashriyot¸ 2006. -259 b. 
4. 
Djurayev R.X., Turg‘unov S.T. Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarini 
boshqarishda menejmentning asosiy tushunchalari. –T.: Fan¸ 2006. 
 
9-MAVZU: MAKTABGAChA TA’LIM TASHKILOTLARINI 
BOShQARIShNING UMUMIY TAMOYILLARI 
Tayanch so‘zlar: mudira, rahbarlik, nazorat, jamoat, reja, huquq, vazifa, 
hamkorlik, ta’lim sifati, tadqiq, daraja. 
Pedagogik jarayonlarning samaradorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillardan 
yana biri motivlashtirish bo‘lib, samaradorlikka erishishda pedagogik 
jarayonlarning maqsadini, maqsadga erishish yo‘nalishida belgilangan 
vazifalarning mazmun-mohiyatini, o‘rganiladigan tushunchalarning zaruriyati, 
ahamiyati va mazmun mohiyatini mudira -tarbiyachilarning boshlang‘ich 
tushunchalariga bog‘liq holda tushuntirish, o‘rganiladigan tushunchalarga 
nisbatan mudira -tarbiyachilar qiziqishini rivojlantirish asosida vaziyatlarga 
ko‘ra ularning faolligini ta’minlash va o‘zaro munosabatlarni muvofiqlashtirib 
borish jarayonida mudira -tarbiyachilar tomonidan boshqaruvning maqsadli-
motivlashtirish funksiyasi amalga oshiriladi. 


104 
Hozirgi zamonda har qanday tashkilot yoki korxonani zamonaviy texnika 
va texnalogiyasiz tasavvur qilolmaymiz. Demak, bu o‘rinda jamoa a’zolarining 
o‘z ustida ishlashi, zamonaviy texnika va texnalogiya bilan doimo tanishib va 
ular bilan ishlash malakasini oshirib borish aloxida ahamiyatga ega. Rahbariyat 
nazarida jamoa oldida o‘qimishli, o‘z ustida doimo ishlab borayotgan, 
zamonaviy texnika va texnalogiya bilan malakali ishlay oladigan xodimlar 
alohida hurmat va ehtiromga sazovor bo‘ladi. Bu o‘rinda jamoada mehnatning, 
mehnatga yarasha moddiy va ma’naviy boyliklarning odilona taqsimoti 
boshqaruv tizimiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Ya’ni moddiy mukofot va ma’naviy 
rag‘bat namunalari jamoada nihoyatda ustalik bilan qo‘llanib borilishi lozim. 
Jamoada moddiy va ma’naviy rag‘bat – mukofot usuli qo‘llanilar ekan, bu 
holatda eskicha tenglashtirishlar qo‘llanilmasdan, har qanday moddiy mukofot, 
ma’naviy rag‘bat aniq bajarilgan ish, faoliyat evaziga berilishi nazardan 
qochmasligi kerak. 

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin