84
Sifatni boshqarish sohasi mutaxassislari mahsulot yoki xizmatlar sifatini
loyihalashtirishda ustuvorlik ishlab chiqarish bosqichigacha beriladi, deb
ta’kidlamoqdalar. Bunga tadqiqotlar, loyihalashtirish va ishlanmalar bilan
bog‘liq faoliyat kiradi, ya’ni ushbu bosqichlarda sifat asoslariga zamin
tayyorlanadi (A. T. Kurakin, I. G. Leonov, L. I. Novikova).
Tadqiqotlar ishlab chiqarish (ta’lim) jarayonlariga loyihalashtirish sifati
kuchli ta’sir etishini ko‘rsatadi. Pedagogikaga oid adabiyotlarda loyihalashtirish
deganda bo‘lg‘usi ishlarning taxminiy variantlarini tuzish va uning natijalarini
bashorat qilish tushuniladi. Ta’lim tashkilotida sifatni boshqarishning ilmiy
tashkil etilishi loyihalashtirish bosqichlarini aniq maqsadga yo‘naltirilgan holda
va batafsil ishlab chiqishni ko‘zda tutadi. Bunda sifatini oshirish, buning uchun
tegishli shakl va metodlarni tanlashga doir konkret vazifalar va chora-
tadbirlarning asosi tarzda prognoz qilinishi va belgilanishi nazarda tutiladi.
Boshqaruv xodimlari faoliyati dasturi «rejali faoliyatning umumiy
strategiyasini belgilab beradigan prinsiplar tizimi» bo‘lmish dasturli-maqsadli
yondashuv asosida ishlab chiqiladi (A. T. Kurakin, L. I. Novikova). Dasturli-
maqsadli yondashuv aksariyat tadqiqotchilar (V. G. Afanasev, Ye. P. Golubkov,
Yu. A. Konarkevskiy, I. S. Ladenko, G. A. Tulchinskiy, I. K. Shalaev va
boshqalar) tomonidan tizimli yondashuvni aniqlashtirish sifatida ko‘rib
chiqilmoqda. Masalan, birovlar ushbu yondashuvni boshqaruv faoliyatiga
tatbiqan pirovard natijaga yo‘naltirilgan maqsadli dasturni ishlab chiqish sifatida
tavsiflashsa (I. S. Shalaev), boshqalar dasturlarning shakllantirilishini boshqaruv
jarayonlarining rejalashtirilishidan iborat deb hisoblashadi (I. S. Ladenko,
G. L. Tulchinskiy).
Dostları ilə paylaş: