Rahbarning faoliyati ko‘p jihatdan pedagogik faoliyatdan iborat bo‘ladi.
Rahbar bajaruvchilarga qatiyat bilan o‘z g‘oyasini o‘tkazadi va bularni
amalga oshirishni o‘rgatadi.
Har bir rahbar psixologik bilimlar bilan bir qatorda muayyan pedagogik
bilimga ham ega bo‘lishi kerak. Shular yorda-mida u xodimlarga ularni tarbiyalash
va mukammallashishlariga ta’sir etuvchi shakl hamda usullarning yanada
samaraliligini topish mumkin.
Tarbiya jarayonida rahbar quyidagi pedagogik muammolarni hal etishi
kerak:
aqliy rivojlanish (xodimlarning umumiy va kasbiy ma’lumoti);
ma’naviy boyish (madaniy tadbirlar tashkil etish, etik
muammolarni еchish);
muomalani dorilomonlashtirish;
Bunda quyidagi pedagogik tamoyillarga rioya qilish lozim:
ezgu ideallar bilan mashg‘ul bo‘lish;
shaxsiy xislatlarni takomillashtirish.
Har qanday fanning vazifasi o‘rganilayotgan voqelikni oddiy sog‘lom fikr
va hayotiy tajriba ta’minlashi mumkin bo‘lganidan ko‘ra chuqurroq
tushuntirishdan iborat. Uning asosiy vazifasi — o‘rganilayotgan jarayonlar
qonuniyatlarini aniqlashdan iborat, toki odamlar ulardan foydalangan holda,
biron-bir ishni ilgarigidan yaxshiroq bajara olsinlar yoki ilgari qo‘llaridan
kelmagan ishlarini bemalol bajara olsinlar.
Ammo u yoki bu fan aynan qanday qonuniyatlarni aniqlashi kerakligi,
ya’ni, nima uning o‘rganish predmeti bo‘lishi zarurligi — unchalik oson masala
emas. Bu savolga javob berish uchun o‘rganilayotgan ob’ekt modeliga ega
bo‘lish, u haqda ma’lum narsalarni, yana nimalarni bilish lozimligini belgilab
olish lozim. Ammo bunday model mavjud emas. Uni kelajakda tadqiqotlar
davomida yaratish lozim bo‘ladi.
129
Aytish mumkinki, boshqaruv fani boshqaruv vazifalarini hal etish
jarayonlarini o‘rganishi hamda qanday sharoitlarda boshqarishda ushbu vazifalar
hal etilishi, ularni hal etish natijasi qanday bo‘lishi lozimligi, u yoki bu
vazifalarni muvaffaqiyatli hal etishga qanday omillar ta’sir ko‘rsatishi
mumkinligi haqidagi bilimlarni olishi darkor. Ushbu savollarga tayyor javob
yo‘q, uni topish uchun boshqaruv o‘zi nima ekanligi haqida ayrim boshlang‘ich
tasavvurga ega bo‘lish lozim.
Umumboshqaruv g‘oyalari evolyusiyasini ko‘rib chiqar ekanmiz,
ko‘pincha turli boshlang‘ich tasavvurlarda boshqaruv nima ekanligi, uning
vazifalari nimalardan iboratligi va bu vazifalarni qay yo‘sinda hal etishi
lozimligi to‘g‘risidagi turli yondashuvlarga asoslanganligi ko‘zga tashlanadi.
Tadqiqotlarning turli predmetlari shu tariqa ajralib chiqqan. Masalan, klassik
nazariya boshqaruv jarayonini boshqaruv funksiyalarining muayyan majmuini
amalga oshirish sifatida ifodalagan. Ushbu funksiyalarning amalga oshirilish
sifati, eng avvalo, boshqaruvning tashkiliy tuzilmasi tavsifi bilan bog‘langan.
Shu bois, asosiy vazifa qanday tashkiliy tuzilmada boshqaruv funksiyalari
samaraliroq bajarilishini aniqlashdan iborat bo‘lgan. Ya’ni, o‘rganishning asosiy
predmeti tashkiliy struktura tavsiflari bilan boshqaruv funksiyalarini amaliyotga
tatbiq etish natijalari o‘rtasidagi aloqadan iborat bo‘lgan.
«Insoniy munosabatlar» nazariyasi norasmiy tuzilmani, ya’ni birgalikdagi
faoliyat jarayonida odamlar o‘rtasidagi munosabatlarni asosiy maqsad qilib
olgan va maqbul norasmiy tuzilmani yaratish uchun nima qilish lozimligini
aniqlashga intilgan. Shunday qilib, ushbu yondashuv doirasida boshqaruv
vazifalari birmuncha anglab еtildi.
Tashkilotlar, xodimlar, jarayonlarni va h. k. boshqarishning o‘rganilishi
ham turli umumboshqaruv yondashuvlari g‘oyalari asosida olib borilishi
mumkin. Shu boisdan, tadqiqotlar predmeti ham turlicha bo‘ladi. Zero
boshqaruv nazariyasining evolyusiyasi, eng avvalo, uning predmetiga bo‘lgan
qarashlarning o‘zgarishidir. Garchi turli yondashuvlarda tadqiqotlar predmetini
130
aniqlashning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud bo‘lsa-da, ularning barchasi,
biron-bir tarzda, boshqaruvni tashkil etishdagi alohida funksiya sifatida
tushunishdan kelib chiqadi. Bu funksiyani amalga oshirish bilan uning hayot
faoliyati aniq maqsadga qaratilganligi va uyushganligi ta’minlanadi hamda
boshqaruv tizimi tarkibiy qismlarining tuzilishi va o‘ziga xosligi, tashkilot
faoliyatining ichki hamda tashqi shart-sharoiti va uning natijalari o‘rtasidagi
aloqalarni o‘rganishga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Umume’tirof etilgan boshqaruv tushunchasi bo‘lmagani kabi ta’lim
tashkilotlari va ta’lim sifatini boshqarishning ham umumqabul qilingan
tushunchasi yo‘q. Ilmiy bilim rivojlanib borgani sari bu tushuncha doimiy
ravishda boyib boradi.
Boshqaruv boshqariladigan obyektdagi jarayonlarning aniq maqsadga
qaratilganligini va uyushganligini ta’minlashi lozim. Boshqaruv o‘zining bu
vazifasini bo‘lishi kerak bo‘lgan narsaning qiyofasini (maqsadlar va ularga
erishish rejalarini) shakllantirish; ijrochilar o‘rtasida vazifalar va vakolatlarni
taqsimlash (rasmiy tuzilmani yaratish va saqlab turish); ijrochilarning samarali
mehnatdan manfaatdorligini ta’minlovchi sharoit yaratish (rag‘batlantirish);
jamoada umumiy qadriyatlar va qulay munosabatlarni shakllantirish (norasmiy
tuzilma yaratish va saqlab turish); ishning borishini nazorat qilish kabi va
boshqa maxsus boshqaruv vazifalarini hal qilish orqali amalga oshiradi.
Shundan kelib chiqqan holda ta’lim mazmuni, ta’lim tashkilotlari tartibini
va ta’lim sifatini boshqarishni alohida faoliyat sifatida belgilash mumkin. Bunda
uning sub’ekti boshqaruv vazifalarini hal qilish orqali o‘quvchilar, pedagoglar,
ota-onalar, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning birgalikdagi faoliyatining
uyushqoqligini hamda ta’lim maqsadlari va rivojlanish maqsadlariga erishishga
yo‘naltirilganligini ta’minlaydi.
Fan boshqaruv tizimi qanday vazifalarni, qay yo‘sinda hal etishi kerak,
turli ichki va tashqi sharoitlarda boshqaruv samaradorligi ta’minlanishi uchun u
qanday tuzilgan bo‘lishi lozim, degan savollarga javob berishi zarur. Shu
131
boisdan boshqaruv tizimi xususiyatlari, boshqaruv jarayoni tavsiflari hamda turli
tashqi va ichki sharoitlarda faoliyat yuritish va rivojlanish natijalari o‘rtasidagi
qonuniy aloqalar alohida ilmiy fan bo‘lgan boshqaruvning umumiy vazifasi
hisoblanadi. Boshqaruv vazifasini shu yo‘sinda tushunish uni boshqaruvga
eskicha yondashish nuqtai nazaridan uni tadqiq qilish mumkin emasligidan
dalolat beradi.
Ta’limni boshqarish fani qanday xususiy predmetlarni o‘rganadi?
Bunda, shubhasiz, o‘quv-tarbiya jarayoni boshqaruvning markaziy ob’ekti
hisoblanadi. Boshqaruv fani u qay yo‘sinda amalga oshirilishi kerakligi va
vazifalari nimalardan iborat ekanligini o‘rganmaydi — bu pedagogikaning
vazifasidir. Ammo hozirning o‘zidayoq ta’lim vazifalarini turlicha tushunish,
turli pedagogik texnologiyalar mavjud. Umumiy boshqaruv nazariyasiga
muvofiq, turli texnologiyalar turlicha tashkil etishni, rejalashtirish, nazorat
qilishning xilma-xil usullarini talab etadi va h. k.
O‘quv-tarbiya jarayoni texnologiyasi xususiyatlariga bog‘liq ravishda
boshqaruv qanday amalga oshirilishi lozim, degan masala esa boshqaruv faniga
taalluqlidir.
Ammo o‘qitish va tarbiya natijalari nafaqat pedagogik texnologiyaga,
balki pedagoglarning malakasiga, ularning eng yaxshi natijalarga erishishdan
manfaatdorligiga, jamoadagi munosabatlarga bog‘liqdir. Kadrlarni qanday
tanlash kerak, ularni qay yo‘sinda baholash, unumli ishlashga qanday undash
kerak, jamoada qulay psixologik muhitni qanday shakllantirish lozim kabi
savollar ham boshqaruv tadqiqotchilari oldida turgan muhim savollar sirasiga
kiradi.
Ta’lim tashkiloti qanchalik yaxshi ishlamasin, u o‘zgarmasligi mumkin
emas. Ta’lim tashkilotida, o‘quv-tarbiya jarayoni bilan bir qatorda, uning
rivojlanish jarayoni eng muhim boshqaruv ob’ekti hisoblanadi. Yangiliklarni
o‘zlashtirish ham rejalashtirish, tashkil etish, nazorat qilish va undashni taqozo
etadi. Boshqaruv fani innovatsion jarayonlar qanday sharoitda samarali
132
bo‘lishini va bu sharoit qanday vujudga keltirilishini tadqiq qilishi kerak.
Ta’lim tashkiloti, har qanday tashkilot singari ajralgan holda emas, balki
muayyan ijtimoiy muhitda faoliyat ko‘rsatadi. Boshqaruvning bir xil tizimi
boshqa sharoitlarda samarali bo‘lishi mumkin. Shu boisdan boshqaruv natijalari
u qanday sharoitlarda amalga oshirilishiga qay darajada bog‘liqligini o‘rganishi
lozim.
Yuqorida qayd qilingan xususiy tadqiqot predmetlari, shubhasiz, ularning
xilma-xilligini qamrab ololmaydi. Ta’lim tashkilotining ijtimoiy institut sifatida
rivojlanishiga ko‘ra boshqaruvning yangi vazifalari vujudga kelib,
tadqiqotlarning yangi yo‘nalishlari dolzarb bo‘lib boradi.
Ta’lim sifatini boshqarishga metodik-amaliy yondashuvlar va uning shart-
sharoitlarini ishlab chiqish hamda joriy qilishdan oldin boshqaruv nazariyasining
asosiy kategoriyalari va tushunchalarini aniqlash hamda belgilash (materialning
bir qismi I bobda ko‘rib chiqilgan), menejmentning umumiy qonuniyatlari,
tamoyillari va vazifalarini aniqlash zarur.
Boshqaruvda «boshqaruv ob’ekti va subyekti», «ular o‘rtasidagi bevosita
va teskari aloqalar», «boshqaruv tizimi», «atrof-muhit» kabi kategoriyalar va
tushunchalardan foydalaniladi.
Ta’lim tashkilotlari darajasida menejmentning asosiy kategoriyalarini
ko‘rib chiqishda ular faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari va faoliyat
yuritishining umumiy vazifalarini hisobga olish zarur.
Boshqaruv obyekti — bu boshqariladigan obyekt, ya’ni, tarmoq, tashkilot,
tashkilot va hokazo. Boshqaruv ob’ekti sifatida faoliyat sohasi bo‘lmish ta’lim,
shuningdek, turli xildagi ta’lim tashkilotlari ko‘rib chiqilishi mumkin.
Menejmentda
boshqaruv
obyekt
sifatida,
odatda,
faoliyati
muvofiqlashtiriladigan va muayyan maqsadlarga erishishga yo‘naltiriladigan bir
guruh odamlar tushuniladi.
Boshqaruv subyekti — bu boshqaradigan subyekt, ya’ni, tarmoq, tashkilot
va tashkilotni boshqarish apparati. Ta’limdagi menejmentga nisbatan olganda,
133
boshqaruv sub’ekti boshqaruvning turli darajalarida konkret vazifalarni
bajaruvchi muayyan bo‘g‘inlari majmuidan iborat. Bunda har bir yuqori bo‘g‘in
quyi bo‘g‘inga nisbatan boshqaruv sub’ekti sifatida yuzaga chiqadi.
Boshqaruv subyekti va obyekti bevosita va qayta aloqalar tizimi bilan
birgalikda boshqaruv tizimini tashkil qiladi. Boshqaruv tizimida boshqaruv
obyekti ko‘pincha boshqariladigan kichik tizim, subyekti esa boshqaruvchi
kichik tizim deb nomlanadi. Boshqaruv tizimiga bir qator umumiy shart-sharoit
xosdir. Eng avvalo, boshqariladigan kichik tizim boshqaruvchi kichik tizim
ostida o‘z parametrlarini (yoki xossalarini) o‘zgartirishga qodir bo‘ladi. Bunda
samarali boshqarish uchun boshqaruv obyekti faoliyatining eng muhim
parametrlarini to‘liq aks ettiradigan mezonlar va ko‘rsatkichlar zarur bo‘ladi.
Masalan, ta’lim tashkilotlari uchun: xodimlar soni, o‘quvchilar, o‘quvchilarning
bilim, ko‘nikma va malakalari darajasi, ularning davlat ta’lim standartlariga
muvofiqligi, ana shu xususiyatlarga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar va boshqalar
shunday ko‘rsatkich bo‘lishi mumkin.
Boshqaruv tizimi ob’ektga belgilangan maqsadga muvofiq ta’sir
ko‘rsatadi. Buning uchun boshqaruvchi kichik tizim tegishli ta’sirdan keyin
boshqaruv obyekti holatini aniq tasavvur etishi kerak. Maqsadga aniq
yo‘nalganlikni amalga oshirish uchun ta’sir ko‘rsatishdan oldin va keyin
obyektning holati haqida boshqaruv subyektiga axborot kelib tushishi kerak,
ya’ni boshqaruv tizimida bevosita va qayta aloqalar aniq tashkil etilgan bo‘lishi
lozim. Va nihoyat, boshqaruvning har qanday tizimi muayyan moddiy, mehnat
va boshqa resurslarga ega bo‘lishi zarur.
Barcha boshqaruv kategoriyalari bir-biri bilan jips boQlangan va bir-birini
taqozo etadi.
Umuman boshqaruv sohasidagi va xususan ta’limni boshqarishdagi
faoliyat menejmentning metodologik asoslarini shakllantirishda to‘liq hisobga
olinadigan bir qator o‘ziga xos xususiyatlarga ega.
Menejmentga tatbiqan metodologik yondashuv bilish va faoliyat
134
usullarining
boshqaruv
maqsadlariga
erishishga
qaratilgan
muayyan
uslublaridan foydalanishni ko‘zda tutadi.
Menejmentda jarayonli yondashuv keng tarqalgan hisoblanadi, boshqaruv
bunda boshqaruv funksiyalarining uzluksiz o‘zaro aloqalariga asoslangan, ta’lim
tashkiloti va umuman ta’lim maqsadlariga qaratilgan faoliyat sifatida ko‘rib
chiqiladi. Turli mualliflar funksiyalarning har xil ro‘yxatlarini taklif
qilmoqdalar. Ularning maqbuli quyidagilarni o‘z ichiga oladi: rejalashtirish,
tashkil etish, yo‘lga qo‘yish (amalga oshirish); nazorat qilish.
Tashqi muhitdagi beqarorlik va keskin o‘zgarishlar sharoitida ta’limni
boshqarishda vaziyatli yondashuv qo‘llaniladi.
Vaziyatli yondashuvda turli boshqaruv usullarining tanlanishi vaziyat
bilan belgilanadi. Binobarin, ta’lim tashkilotida ham, atrof-muhitda ham ko‘plab
omillar mavjudligi sababli ularni boshqarishning yagona usuli yo‘q. Konkret
vaziyatda unga birmuncha muvofiq keladigan boshqaruv usuli eng samarali usul
hisoblanadi. Vaziyatli yondashuv, ilmiy qoidalarning mavjud vaziyat va
sharoitlarga qarab amaliyotda qo‘llanilishiga doir muayyan tavsiyalarga ega
bo‘lganligi bois, boshqaruv nazariyasiga katta hissa qo‘shdi.
Vaziyatli yondashuv negizida tashkilotning faoliyat yuritishiga ta’sir
ko‘rsatuvchi asosiy ichki va tashqi omillarni aniqlash yotibdi.
Menejmentning amaliy maqsadlari uchun har bir muayyan vaziyatga ta’sir
ko‘rsatuvchi omillargina ko‘rib chiqiladi.
Tizimli yondashuv boshqaruv xodimlari tashkilotni o‘zgaruvchan tashqi
muhit sharoitida turli maqsadlarga erishishga yo‘naltirilgan odamlar, tuzilma,
vazifalar va texnologiya kabi o‘zaro bog‘liq elementlarning majmui sifatida
ko‘rib chiqishlari kerak.
Tizimli
yondashuv
—
ilmiy
bilim
va
ijtimoiy
amaliyot
metodologiyasining yo‘nalishi bo‘lib, uning negizida boshqaruv obyektlarini
tizimlar sifatida tadqiq qilish yotadi. Ushbu yondashuv hodisalarni boshqaruv
ob’ektining holati va dinamikasiga ta’sir ko‘rsatuvchi barcha asosiy omillarni
135
hisobga olgan holda hodisalarni yalpi o‘rganishga asoslangan. Tizimli
yondashuv ta’limni, umuman mamlakatni rivojlantirish nuqtai nazaridan
ta’limni yaxlit tizim sifatida tasavvur etish hamda uning faoliyat yuritishining
eng maqbul parametrlarini belgilash imkonini beradi. Shu bilan birga, har bir
ta’lim tashkilotining faoliyat yuritish jarayoni tizimli yondashuv yordamida
aholining yuqori standartlarga javob beruvchi ta’limga bo‘lgan ehtiyoji, uni
qondirishning muqobil imkoniyatlari, tashkilotda yuqori malakali kadrlarning
mavjudligi kabi va boshqa turli omillar ta’sir ko‘rsatuvchi, jo‘shqin
rivojlanadigan yagona tizim sifatida ifodalanishi mumkin. Boshqaruvda tizimli
yondashuvning qo‘llanilishi muammolarni mos ravishda yo‘lga qo‘yish hamda
ularni hal etishning samarali strategiyasini ishlab chiqish imkonini beradi.
Ushbu yondashuvning o‘ziga xos metodologik xususiyati shundaki, u boshqaruv
obyektining yaxlitligini ochib berishga, uning tashqi muhit bilan xilma-xil
aloqalarini aniqlashga va ularning yagona nazariy manzarasini yaratishga
yo‘naltirilgan bo‘ladi. Murakkab boshqaruv еchimlarini tayyorlash va asoslash
uchun foydalaniladigan, metodologik vositalar yiQindisidan iborat bo‘lgan
tizimli tahlil boshqaruvda tizimli yondashuvning muhim jihati hisoblanadi.
Tizimli yondashuv va tahlilni qo‘llash sohasini kengaytirish mohiyati
maqsadlarni aniq belgilashdan, qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun dasturlar
ishlab chiqish, ularni bajarish va ushbu ishga rahbarlik qiluvchi dasturlarni
amalga oshirish va tashkilotlarni shakllantirish uchun zarur resurslar ajratishdan
iborat bo‘lgan dasturiy-maqsadli boshqaruv tizimini yoyish bilan bog‘liq.
Dasturli-maqsadli boshqaruv pirovard maqsadlarni aniqlash va aniq
qo‘yishdan boshlanadi. Maqsadlar, odatda, berilgan vaziyatni istalganidan
farqlovchi bir qator muammolar hal etilgach, boshqaruv tizimi muayyan vaqtdan
keyin berilgan vaziyatdan o‘tib borishi lozim bo‘lgan istalgan vaziyatni aks
ettiradi.
Shunday
qilib,
maqsadni
qo‘yish
bosqichidayoq
kelajakning
umumlashgan modeli vujudga keladi. Ushbu bosqich еchimning muqobil
136
variantlarini ko‘rib chiqish va tugal variantini tanlash bilan yakun topadi.
Qaror qabul qilingandan keyin dasturlarni ishlab chiqish bosqichi
boshlanadi. Ushbu bosqichda strategik maqsadga erishish kichik maqsadlarga
bo‘linadi. O‘ar bir bosqichda vazifalar va ularni hal qilishning ustuvor
yo‘nalishlari ajratiladi, shuningdek ular resurslar (moddiy, mehnat, moliyaviy,
inson omili) bilan muvofiqlashtiriladi. Bunda har bir bosqichning bajarilishi
asosiy natija, hajm va muddat bo‘yicha aniq belgilanadi.
Dasturlarni shakllantirish bosqichida, asosiy maqsadli ko‘rsatmani saqlab
qolgan holda, oraliq bosqichlar va yеchimlar izchilligini ularning dasturni
amalga oshirishning pirovard natijalariga ta’sirini aniqlash va tahlil qilish orqali
ta’minlash juda muhimdir.
Maqsadlar va kichik maqsadlar kelishilgan va darajalarga ajratilgandan
keyin dastur, odatda, barcha ijrochilar uchun bajarilishi shart hisoblangan
direktiv hujjat shakliga ega bo‘ladi.
Qabul qilingan dastur ijro etilishi zarur. Ammo uni amalga oshirish
jarayonida, dasturni qabul qilish paytida boshqaruv tizimida yoki atrof-muhitda
ba’zi (yoki hisobga olinmagan) o‘zgarishlar yuz berishi mumkin. Ko‘pincha bu
o‘zgarishlar ham butun dasturni, ham uning ayrim bosqichlarini amalga
oshirishda jiddiy qiyinchiliklar tug‘diradi. Shu bois butun dasturning va uning
har bir bosqichining bajarilishini doimo kompleks nazorat qilish zarur.
Odatda, bunday nazoratni amalga oshirish uchun boshqaruvning matritsa
tizimiga kiritiladigan maxsus bo‘linmalar tuziladi.
Nazorat natijalariga ko‘ra tahlil o‘tkazilib, olingan natijalar dastur
maqsadlari (kichik maqsadlari)ga doir olingan natijalar taqqoslanadi va og‘ishlar
yuz bergan hollarda ularning sabablari aniqlanadi, so‘ngra yo dasturlarga
tuzatish kiritish yoki kamchiliklarni bartaraf etishga doir choralar ko‘riladi.
Bunda dasturga tuzatish kiritish yoki kamchiliklarni bartaraf etish haqida qaror
qabul qilinishidan oldin dasturning belgilangan maqsadlaridan (kichik
maqsadlardan) og‘ishga olib kelgan muammolar diagnostik tahlil qilinishi kerak.
137
Masalan, ta’lim tashkiloti direktori 7- «A» sinf o‘quvchilari davlat ta’lim
standartlari talablarini bajarmaganliklarini aniqlagan bo‘lsa-da, uning
sabablarini oydinlashtira olmadi, deylik. Bu reaktiv boshqaruv demakdir. Uning
zarurligi ayon. Ammo nazorat davomida dastur topshiriqlari bajarilmaganligi
faraziy ekanligi aniqlangan vaziyatlar bo‘lishi, ya’ni yuz berishi kutilayotgan
bo‘lishi mumkin. Bunday muammo dastur topshiriqlari barbod bo‘lishi mumkin
bo‘lgan vaziyat sifatida ko‘rib chiqiladi. Masalan, hatto dastur muvaffaqiyatli
bajarilayotgan taqdirda ham, ta’lim tashkilotining ish samaradorligini oshirish
usullari faol izlanishi ogohlantiruvchi boshqaruv hisoblanadi va u, shubhasiz,
dasturni amalga oshirayotgan tashkilotga foyda keltiradi.
Mamlakatimizda barcha darajalarda dasturiy-maqsadli boshqaruv
bo‘yicha muayyan tajriba to‘plangan. Qayd etilgan yondashuvni qo‘llashga
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va modelini ishlab chiqish hamda amalga
oshirish jarayoni yorqin misol bo‘la oladi.
Tizimli
yondashuv
va
dasturiy-maqsadli
boshqaruv
menejment
metodologiyasining fundamental qoidasi sifatida ta’limni boshqarish
qonuniyatlari, tamoyillari, vazifalari va usullari bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, bu
haqda quyida gap boradi.
Dostları ilə paylaş: |