138
1. Sh.M.Mirziyoyev Buyuk kelajagimizni mard va olijanob halqimiz bilan
birga quramiz. – T.: “O‘zbekiston”, 2017. – 488 b.
2. Sh.M.Mirziyoyev 7 fevral 2017 yil kuni “O‘zbekiston
Respublikasini
yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947
sonli farmonni
3.
Qurbonov Sh., Sayitxalilov E. Ta’lim sifatini boshqarish. –T.:
Turon-Iqbol, 2006. – 592 b.
4.
Djurayev R.X., Turg‘unov S.T. Ta’lim menejmenti. –T.: Voris-
nashriyot¸ 2006. -259 b.
5.
Djurayev R.X., Turg‘unov S.T. Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarini
boshqarishda menejmentning asosiy tushunchalari. –T.: Fan¸ 2006.
11-MAVZU: MENEJMENT TIZIMIDA STRATEGIK VA TAKTIK
REJALAR.
Tayanch so’zlar: Strategik rejalashtirish, mohiyat,
strategiya, struktura,
missiya, taktika, siyosat, tahlil, element, boshqarish byudjet bo‘yicha
boshqarish, maqsadlar bo‘icha boshqarish
Bugun O‘zbekiston ham o‘z tarixining ana shunday mas’uliyatli
chorrahasida turibdi, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Binobarin, Prezident Shavkat
Mirziyoyev tomonidan ishlab chiqilgan Harakatlar
strategiyasi istiqbolimiz
taqdirini hal etuvchi muhim va yangi davr bosqichini ifodalovchi milliy g‘oyaga
aylanmoqda.
Xo‘sh, strategiya nima? strategiya (uzoq muddatni rejalashtirish) — bu
ta’limotni izlash, ifodalash va rivojlantirish tizimi bo‘lib, u izchillik bilan va
to‘liq amalga oshirilganda uzoq muddatli muvaffaqiyatni ta’minlaydi.
Strategiya tushunchasi XXI asrga kelib ancha kengaydi.
Strategiya deb, dunyo
miqyosida va davlat ichki hayotidagi iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy
hamda boshqa
sohalarda vujudga kelgan inqiroziy vaziyatlarni prognozlashtirish va bartaraf
139
etishga qaratilgan boshqaruvni tashkil etish masalalariga
doir tushunchalarni
qamrab oladi. Shundan kelib chiqib, davlat strategiyasi bir biri bilan o‘zaro
bog‘liq, lekin alohida xususiyat kasb etuvchi ko‘plab
tushunchalarda
ifodalanadi.
Taktika nima? (yun. tasso — saflayman) — belgilangan maqsadga erishish
uchun ishlatiladigan vosita va usullar majmuasi.
1) harbiy sanatning tarkibiy qismi; qurolli kuchlarning turli qo‘shin turlari (flot
kuchlari), qo‘shilmalar, qismlar(kemalar) va
birikmalar hamda quruklikdagi,
havodagi va dengizdagi maxsus qo‘shinlarni jangga va uni olib borishga
tayyorlash nazariyasi va amaliyotini o‘z ichiga oladi. T. operativlik sanʼati va
strategiyaga bo‘ysunadi;
Dostları ilə paylaş: