O‘zbekiston pespublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/59
tarix12.05.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#112064
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   59
5 11 2020 бошқарув ўқув қўллама магистир

Rahbar tomonidan o‘z qo‘l ostidagilarga ishonch bildirilishi va ularni 
ruxlantirishi natijasida yuqori darajada unumdorlikga erishiladi. 
Xodimlariga «Buni biz o‘zimiz amalga oshirdik» deyish imkonini 
beradigan rahbar eng yaxshi rahbardir. 
O‘quv-tarbiya jarayonini amalga oshirishda demokratik usul, yuqori 
tashkilotlarning direktiv buyruqlarini amalga oshirishda avtokratik, xisob va 
hisobot masalalarida byurokratik usuldan foydalanish yaxshi natijalar beradi. 
Rahbar va hokimlik. 
Rahbarga mansab vazifalarini bajarishda hokimlik zarur bo‘ladi, ta’sir etish 
vositasi sifatida hokimlik besh xil bo‘ladi: 
-Qo‘rqitish orqali ta’sir etishga asoslangan hokimlik. Ishni yo‘qotish, xizmat 
mansabidan tushirish, mukofotni yo‘qotish va h.k. lar bilan qo‘rqitish. 
-Mukofotlashga asoslangan hokimlik qo‘l ostidagilar ehtiyojlarini 
qoniqtirish orqali ta’sir qilish. 
-Eksport hokimlik. Bajaruvchilarni rahbarga ishonishlari orqali amalga 
oshiriladi. Bajaruvchilar o‘z rahbarlariga so‘zsiz ishonadilar, u eng optimal 
qarorni qabul qiladi, muammoni hal qiladi. Vrach bilan bemor o‘rtasida, 
o‘qituvchi bilan talaba o‘rtasida shunday hokimlik mavjuddir. 
-Etalon hokimlik (o‘rnak ko‘rsatish) -- rahbarning shaxsiy
hususiyatlariga asoslangan ta’sirdir. Xodimlar rahbarlariga o‘hshashga
harakat qiladilar. Bunday rahbar bo‘lish uchun quyidagi maslahatlarga amal 
kiling: 
1.Sizni barcha kollektiv a’zolari diqqat bilan ko‘zatib 
turganliklarini esdan chikarmang. 
2.O‘zingizda yo‘lboshchilik sifatlarini rivojlantiring. 


155 
3.Zararli odatlardan qutilishga harakat qiling. 
4.Nutqingizni ko‘zatib boring. 
5.O‘z qarorlaringizda muhim bo‘ling, ketma-ketlikga rioya kiling. 
6.Tashqi ko‘rinishingizni tartibga soling. 
7.Qo‘l ostingizdagilarni o‘zingizga qiziqtiring. 
8.Qo‘l ostingizdagilar fikri bilan hisoblashing. 
9.Qonuniy hokimiyat (an’anaviy hokimiyat) rahbariyatga bo‘ysunish 
an’anasiga asoslangan.
Bu tarixiy shakllangan munosabatlar usulidir. Bu usulda bajaruvchi 
xodim rahbar xodimga emas, balki ma’lum mansabga bo‘ysunadi. Bu rahbarni 
o‘z qo‘l ostidagilarga ta’sir ko‘rsatishning eng qo‘lay usulidir. Ammo, 
o‘zgarishlar vaqtida bu usul samara bermaydi. 
Hozirgi bosqichda ta’lim va tarbiyada novatorlik yondashuvi jadal 
rivojlanayotganligi ta’lim tashkiloti faoliyatining o‘ziga xos hususiyatlardandir. 
Sifat to‘satdan paydo bo‘lib qolmaydi. Uni rejalashtirish lozim. Sifat tashkilot 
strategiyasida eng muhim ko‘rsatkich bo‘lishi va unga strategik rejalashtirish 
jarayoniga muvofiq muntazam erishilishi darkor.
Strategik rejalashtirish — ta’lim sifatini boshqarish tizimidagi eng asosiy 
ko‘rsatkichlardan biridir. 
Ta’lim sifatini rejalashtirish ta’lim tashkiloti faoliyatining uzoq muddatli 
yo‘nalishini ishlab chiqish bilan chambarchas bog‘liq. Qudratli strategik nuqtai 
nazar — har qanday tashkilot muvaffaqiyatining eng asosiy omillaridan biridir. 

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin