Rahbar va hokimlik.
Rahbarga mansab vazifalarini bajarishda hokimlik zarur bo‘ladi. ta’sir
etish vositasi sifatida hokimlik besh xil boʻladi:
o
Qo‘rqitish orqali ta’sir etishga asoslangan hokimlik. Ishni yo‘qotish,
xizmat mansabidan tushirish, mukofotni yo‘qotish va h.k. lar bilan qo‘rqitish.
o
Mukofotlashga asoslangan hokimlik qo‘l ostidagilar
ehtiyojlarini qoniqtirish orqali ta’sir qilish.
o
Eksport hokimlik. Bajaruvchilarni rahbarga ishonishlari orqali
amalga oshiriladi. Bajaruvchilar o‘z rahbarlariga so‘zsiz ishonadilar, u eng
optimal qarorni qabul qiladi, muammoni hal qiladi. Vrach bilan bemor
o‘rtasida, o‘qituvchi bilan talaba o‘rtasida shunday hokimlik mavjuddir.
o
Etalon hokimlik (o‘rnak ko‘rsatish) -- rahbarning shaxsiy
xususiyatlariga asoslangan ta’sirdir. Xodimlar rahbarlariga o‘xshashga
harakat qiladilar. Bunday rahbar bo‘lish uchun quyidagi maslahatlarga amal
160
qiling:
Sizni barcha kollektiv a’zolari diqqat bilan kuzatib
turganliklarini esdan chiqarmang.
O‘zingizda yoʻlboshchilik sifatlarini rivojlantiring.
Zararli odatlarda ko‘tilishga harakat kiling.
Nutqingizni ko‘zatib boring.
O‘z qarorlaringizda muhim boʻling, ketma-ketlikga rioya qiling.
Tashki koʻrinishingizni tartibga soling.
Qo‘l ostingizdagilarni o‘zingizga qiziqtiring.
Qo‘l ostingizdagilar fikri bilan hisoblashing.
Qonuniy hokimiyat (an’anaviy hokimiyat) rahbariyatga boʻysunish
an’anasiga asoslangan. Bu tarixiy shakllangan munosabatlar usulidir.
Bu usulda bajaruvchi xodim rahbar xodimga emas, balki ma’lum mansabga
boʻysunadi. Bu rahbarni o‘z qo‘l ostidagilarga ta’sir ko‘rsatishning eng qo‘lay
usulidir. Ammo, o‘zgarishlar vaqtida bu usul samara bermaydi.
Hozirgi bosqichda ta’lim va tarbiyada novatorlik yondashuvi jadal
rivojlanayotganligi ta’lim tashkiloti faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlardandir.
Yangicha sharoitlarda «ta’lim» tushunchasi mazmunini tubdan qayta idrok etish
zarur. Bu uzluksiz ta’limning o‘xshash tizimi yordamida ijtimoiy va kasbiy
moslashgan yaxlit shaxs mazmunining maqsadi, vazifalari, metodlari va
vositalarini shakllantirishni qayta idrok etishni bildiradi.
Shu munosabat bilan bilimlar va hayotga «ta’lim» tushunchasini shaxs
tashabbusining ahamiyatini ta’kidlaydigan tarzda yondashuv sifatida tushunish
lozim. Shu bois «ta’lim» tushunchasi bu tez o‘zgaruvchan dunyoda yashash
uchun zarur bo‘lgan yangi metodologik usullar, ko‘nikmalar, ko‘rsatmalar va
qadriyatlarni o‘z ichiga olishi kerak. Boshqacha aytganda, ta’lim shaxsiy va
ijtimoiy xususiyatga ega yangi vaziyatlarni muvaffaqiyatli uddalay olishi uchun
harakatlanuvchi jamiyat tomonidan prognoz qilingan zarur ijtimoiy-axloqiy
161
jarayondir.
Uzluksiz ta’lim tizimi qaror topishi va rivojlanishining yangi strategiyasi,
«ta’lim» so‘zining qayta idrok etilishi «qo‘llab-quvvatlovchi» ta’limni
«innovatsion» ta’lim bilan almashtirishni talab qiladi. Innovatsion ta’lim ayni
paytda kamida quyidagi ikkita vazifani hal etishga qaratilgan:
1. Voqealarni «oldindan ko‘ra bilish», o‘zini real voqelikda va keyingi
ijtimoiy va kasbiy rolini anglab yetish qobiliyatini tarkib toptirish; shaxsni ongli,
oldindan anglab yetilgan muqobillarni — umumiy xulq-atvorni, ishonch-
e’tiqodni, axloqiy qadriyatlarni, umuman dunyoqarashni tanlashga yo‘naltirish.
2. Mahalliy (shaxsiy yo‘naltirilgan) tashkiliy-boshqaruv darajasidan tortib
global darajasigacha shaxsga ijtimoiy ahamiyatga hamda kasbiy qimmatga ega
bo‘lgan muhim qarorlarni qabul qilish jarayonida faol ishtirok etish imkonini
beruvchi «qatnashish» prinsipini ro‘yobga chiqarish.
Raqobatbardosh malakali kadrlarning eng muhim sifatlari orasida
quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin:
— o‘quvdagi o‘zlashtirishning yuqori darajasi va o‘zini o‘zi
rivojlantirishga qodirligi;
— mehnat va ta’lim xizmatlari bozorida tegishli ta’lim tashkilotida
olingan malakani tasdiqlash;
— ishlab chiqarishda yuqori darajadagi ijtimoiy faollik va mehnat
unumdorligi;
— ishlab chiqarishda intizomlilik, mas’uliyat, ixtirochilik, ijodkorlik;
— o‘quv fanlari bo‘yicha olimpiadalar hamda tanlangan kasb mahorati
tanlovlarida qatnashish va g‘olib chiqish;
— ta’limni davom ettirishga ehtiyoj.
Ta’lim tashkilotining aynan shunday xislatlarga ega bo‘lgan bitiruvchisi
qo‘yilgan talablarga muvofiq mahsulot tayyorlashi yoki xizmat ko‘rsatishi
mumkin.
Ta’lim muassasalari, har tomonlama yetuk shaxsni shakllantirish uchun,
162
rivojlanish yo‘lidan borishi kerak. Aksariyat amaliyotchi xodimlar buni anglab
yetgan holda, eskicha yondashuvlarni takomillashtirishni emas, balki ta’lim
tizimini innovatsion strategiya ruhida rivojlantirishni tan olmoqdalar. Yosh
avlod ta’lim-tarbiyasidagi innovatsion harakat jamiyatdagi real o‘zgarishlarni va
shaxs ehtiyojini hisobga olishga yo‘naltirilgan.
Innovatsion ta’lim strategiyasi ta’lim sifatini boshqarishda alohida
boshqaruvchilik yondashuvini taqozo etadi. Quyidagilar bunday boshqaruvning
asosiy obyektlari hisoblanadi:
— pedagog mutaxassis, fuqaro shaxsini shakllantirish va rivojlantirishda
professional tashkilotchi hamda yordamchi sifatida;
— ta’limning mazmuniy negizi;
— pedagogik jarayonni tashkil etish texnologiyasi va boshqalar.
Ilmiy-pedagogik adabiyotlarda hamda ta’lim va tarbiya amaliyotida
«innovatsiya» so‘zi qanday tushuniladi?
Mamlakatimizda va xorijda o‘tkazilgan bir qator tadqiqotlar ushbu
hodisani o‘rganishga bag‘ishlangan. Masalan, ayrim mualliflar «yangiliklar
yaratish, ularning pedagoglar tomonidan o‘zlashtirilishi va ta’lim amaliyotida
foydalanilishi jarayonlari»ni (N. Yusufbekov) innovatsion jarayonlar deb
hisoblashni taklif qilmoqdalar. Ular innovatsiyani,
jamiyat madaniy
o‘zgarishlarining negizi sifatida ko‘rib chiqmoqdalar-ki, bu bizningcha, juda
qimmatlidir.
Boshqalar esa «pedagogik tizimning tartibga solinmaydigan erkin
maydonida rivojlanish istiqboliga oid ehtiyojga ta’sirchanligi asosida vujudga
kelgan yangiliklar uning mikroevolyutsiyalar fondini tashkil etadi», deb
hisoblamoqdalar (V. N. Vinogradov).
Uchinchi toifa mualliflar yangilikni ancha murakkab xususiyat, deb
hisoblaydilar. Uni o‘rganish uchun abstrakt xususiyatlarga nazariyasini jalb etish
tavsiya qilinadi-ki, bu nazariya ko‘plab tavsifli xususiyatlarni ular shkalasining
koordinata o‘lchovlari sifatida ko‘rib chiqadi (M. S. Burgin).
163
Ayrim olimlar yangi maqsadlarni, metodlarni, metodikani, dasturlarni,
vositalarni, mazmunni, faoliyatni tashkil etish shakllarini, boshqaruv turlarini va
boshqalarni yangilik sifatida talqin qilmoqdalar.
«Yangilanish — yangi hodisa, yangi odat, yangi metod, ixtiro», — degan
ta’rif ham mavjud (Yu. Krasovskiy).
«Maktabni rivojlantirish — innovatsion jarayon» nomli kitob mualliflari
ta’kidlab o‘tganlaridek: «Pedagogik innovatika — ta’lim tashkilotini
rivojlantirishning yangi ta’lim amaliyotini yaratish bilan bog‘liq jarayonlarini
o‘rganadigan fan sohasi. Bu jarayonlar innovatsion jarayonlar deb nomlanadi»
(S. G. Xomeriki, M. M. Potashnik, A. V. Lorensov). Bunday aniqlik ta’lim
tizimi xodimlariga muayyan foyda keltirishi mumkin.
Shunday qilib, ta’limda innovatsiyalar yangi jarayonlar, konsepsiyalar,
ta’lim texnologiyalarini yaratish va o‘zlashtirishni ko‘zda tutadi va h. k.
Ammo, amaliyot ko‘rsatishicha, innovatsion faoliyat ta’lim tizimining
hamma xodimlari tomonidan ham to‘g‘ri tushunilavermaydi va samarali amalga
oshirilavermaydi. P. Shedroviskiy ta’kidlab o‘tganidek, «innovatsiyalikni
bugungi kunda mavjud bo‘lgan bironta ham funksiyasini innovatsiyaning
takrorlash, chiqish deb nomlash mumkin bo‘lgan narsani ta’minlay olmaydi.
Ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi ayrim innovatsiya emas, balki umuman
innovatsion harakat ko‘rib chiqish va tahlil qilishning boshlang‘ich parametri
bo‘lishi kerak». U «pedagogik yoki ta’lim innovatsiyalarini» emas, balki
«innovatsion strategiyani», «faoliyatni innovatsion tashkil etish»ni aniqroq deb
hisoblashni ko‘zda tutadi. Biz innovatsiyani bunday talqin qilish
tadqiqotchilarga bu jarayonni kengroq va chuqurroq ko‘rib chiqish imkoniyatini
yaratadi, deb hisoblaymiz.
M. M. Potashnik
innovatsiyalarning
boshqa
muhim
xususiyati —
yangiliklar ta’lim tashkilotini rivojlantirish vazifasini hal qilish imkonini berishi
deb hisoblaydi. Boshqacha aytganda, innovatsiyalar «moda» uchun va «qizg‘in»
tadqiqotchilik faoliyati olib borilayotganini ko‘rsatish uchun emas, balki
164
o‘quvchilar foydasini ko‘zlab kiritiladi.
Boshqaruv xodimlari va pedagoglar muayyan shart-sharoitlar mavjud
bo‘lgandagina yangiliklarni samarali o‘zlashtirish mumkinligini anglab
yetishlari juda muhim. Bunga birinchi navbatda quyidagilar kiradi:
— ta’lim jarayoni qatnashchilarining faol ishchanligi bosqichma-bosqich
shakllantirilishiga rioya etish;
— ta’lim jarayonining barcha qatnashchilari tomonidan o‘zlashtirish
maqsadlarining chuqur anglab yetilishi va qabul qilinishi hamda kelgusi faoliyat
vazifalari aniq tushunib olinishi;
— bunda ushbu vazifalarning shaxsiy maqsadlarga zid bo‘lgan qismining
har doim yuzaga keladigan qarshilik ko‘rsatish omilini hisobga olish;
— fikr almashish aniq va xolis axborot ayirboshlash;
— amaliy qarorlarni jamoa bo‘lib ishlab chiqish va qabul qilish.
Pedagogik kadrlarni jiddiy qayta tayyorlamasdan, ta’lim tashkilotini
tegishli moddiy-texnika bazasi, moliyaviy, o‘quv-dasturiy ta’minlamasdan turib
innovatsion faoliyatni samarali tashkil etib bo‘lmaydi.
Yangiliklarni o‘zlashtirish jarayoni rahbariyat tomonidan majburlash
chorasi bilan emas, balki xodimlarga harakat qilishda mustaqil va erkin ish olib
borish imkoniyatini berish bilan kechadi. Pedagoglar jamoasining ishiga aniqlik
olib kirish imkonini beradigan ko‘rsatkichlar va mezonlarning obyektiv
ro‘yxatini oldindan ishlab chiqish, ularga bebaho yordam berishi mumkin.
Pedagogik tadqiqotlarda innovatsiyalar yangiligini aniqlashga katta
e’tibor beriladi. Kiritilayotgan yangiliklar alomatlarining variantlaridan birini
keltiramiz (P. Shedroviskiy):
— boshqacha ko‘rinishda ma’lum bo‘lgan tuzilish (birinchi daraja);
— ma’lum narsani uncha muhim bo‘lmagan o‘zgarishlar bilan takrorlash
(ikkinchi daraja);
— ma’lum narsani aniqlash, konkretlashtirish (uchinchi daraja);
— ma’lum narsani muhim elementlar bilan to‘ldirish (to‘rtinchi daraja);
165
— sifat jihatidan yangi obyektni tashkil etish (beshinchi daraja).
Ta’lim tashkilotida uni tizimli tashkil etish yangiliklarni o‘zlashtirishning
yana bir o‘ziga xos xususiyatidir. Bunda quyidagilar muhim tarkibiy qismlar
hisoblanadi:
— ta’lim tashkilotining vazifasi, uning yangi maqsadlari va vazifalari;
— boshqaruv xodimlari va pedagoglar shaxsi, ularning o‘zlariga va ta’lim
oluvchilarga nisbatan nuqtai nazari;
— o‘quvchi shaxsi;
— o‘quvchilar o‘zlashtirayotgan bilimlar funksiyasi, tuzilmasi;
— ta’lim texnologiyasi va vositalari;
— tashkiliy tuzilma, pedagogik mehnat madaniyati va boshqalar.
Yangiliklarni ishlab chiqish va o‘zlashtirish jarayonini har qanday ta’lim
tashkilotini rivojlantirish yo‘li sifatida ko‘rib chiqqan holda kiritilayotgan
yangiliklardan
kutilayotgan
natijalarni
baholashning
quyidagi
asosiy
mezonlarini ajratib ko‘rsatamiz:
1. Natijalar ta’lim tashkilotining avvalgi yoki ushbu yo‘nalishdagi ta’lim
muassasalari uchun xos bo‘lgan natijalardan yuqori, shuningdek maqbul bo‘lishi
kerak.
2. Rejalashtirilgan natijalarni olishga sarflanadigan vaqt namunaviy yoxud
me’yoriy sarflanadiganiga nisbatan kamroq yoki ularga teng bo‘lishi kerak.
Ta’lim tashkiloti barcha xodimlarining birgalikda harakat ishi bir-biriga
muvofiq bo‘lishiga erishish va tashkiliy madaniyat bunday boshqaruv
samaradorligining zarur sharti bo‘lib qolishi kerak. Innovatsion jarayon bo‘lgan
ta’lim sifatini boshqarish quyidagi belgilarga ega:
Birinchi belgi. Faoliyatning yangi usuli mavjudligi.
Ta’lim sifatini boshqarish, eng avvalo, boshqaruv kadrlari tomonidan
ta’lim va kadrlar tayyorlash jarayonini kuzatish kabi faoliyat turidan
foydalanishni ko‘zda tutadi. Buning uchun ular tegishli metodlarni, jumladan,
kvalimetriya asoslarini, ya’ni sifatni miqdoriy baholash metodini qo‘llash orqali
166
ta’lim sifatining boshlang‘ich va berilgan holatini aniq belgilashlari lozim
bo‘ladi. Ilmiy adabiyotlarda mahsulot, xizmatlar sifatini baholash, boshqaruv
faoliyatining baholash obyekti to‘g‘risida qadriyat borasidagi mulohazalarni
shakllantirishga qaratilgan funksiyasining alohida tipiga kiritiladi.
Ta’lim sifatini o‘lchash sifat o‘lchovini belgilash va uning qiymatini
maxsus algoritmlar yordamida olishni ko‘zda tutadi.
Bunday jarayonning samaradorligi baholashning statistik metodlarini
qo‘llash orqali ta’minlanadi. Bu baholanayotgan obyektning sifat ko‘rsatkichlari
qiymati aksariyat hollarda tasodifiy kattaliklar deb hisoblanishi bilan bog‘liqdir.
Bunday holat ana shu sifatga bevosita yoki bilvosita ta’sir ko‘rsatuvchi ko‘plab
omillar va shart-sharoitlar bilan izohlanadi. Shu bois boshqaruv tarkibi ta’lim
sifati haqidagi axborotni olish va ishlashning statistik metodlarini qo‘llay bilishi
kerak.
Ikkinchi belgi. Rivojlangan tashkiliy madaniyatning mavjudligi.
Oldingi paragrafda ta’kidlab o‘tilganidek, jamoada me’yorlar tizimlarini,
qadriyatlarni, urf-odatlar va an’analarni yuqori darajada shakllantirmasdan turib,
ta’lim sifatini boshqarib bo‘lmaydi. Bularning hammasi ta’lim jarayonining
barcha qatnashchilari o‘rtasida uyg‘un o‘zaro munosabatni vujudga keltirish
imkonini beradi.
Tashkiliy madaniyat ta’lim tashkilotining eng muhim quyidagi
vazifalarini funksional jihatdan hal qilishda yordam beradi:
— muvofiqlashtirish — belgilangan jarayonlar va xatti-harakat qoidalari
yordamida amalga oshiriladi, bu jamoa barcha a’zolarining kelishilgan holda
harakat qilishi imkonini beradi;
— motivatsiya — bajarilayotgan ish mazmuni ta’lim tashkiloti rahbari
tomonidan tushuntirib berilishini ko‘zda tutadi;
— ixtisoslashtirish — ta’lim tashkilotining shunga o‘xshash ta’lim
muassasalaridan xarakterli farqqa ega bo‘lishi demakdir;
— kadrlarni jalb qilish — ta’lim tashkilotining boshqalaridan afzalligini
167
targ‘ib qilish, pedagoglarning ishlashi uchun maqbul shart-sharoit yaratish orqali
hal qilinadi va h. k. (K. Shols).
Uchinchi belgi. Ta’lim tashkiloti rahbarlarida innovatsion madaniyatning
shakllanganligi.
Bu ularning yangi bilimlar va faoliyat turlarini egallashga, o‘zgarishlarga,
xavf-xatarga va javobgarlikka tayyorgarligini bildiradi.
Boshqarish sohasidagi turli mutaxassislarning fikr-mulohazalarini tahlil
qilish yangi tipdagi menejer shaxsining eng muhim sifatlarini, xususan, mehnat
jamoasi bilan maqbul munosabatda bo‘la bilish mahoratini ajratish imkonini
beradi. Yangi tipdagi boshqaruv kadrlarining asosiy vazifasi — «Yangiliklar
kiritishga yo‘naltirilgan boshqaruv munosabatlarining mos tizimini yaratish»dan
iboratdir (Yu. Krasovskiy). Ta’lim tashkiloti rahbarlari tomonidan yangi
tashkiliy-psixologik madaniyat ma’nosidagi kasbiy mahoratni oshirib borishning
quyidagi obyektiv davrlarining o‘zlashtirilishini ham shunga kiritish mumkin:
— o‘z imkoniyatlari bilan jamoa imkoniyatlarini o‘rganish;
— o‘z muvaffaqiyatlari va muvaffaqiyatsizliklari orqali jamoa
imkoniyatlarini bilish;
— jamoa imkoniyatlaridan o‘z kasbiy mahoratini oshirib borish uchun
foydalanish;
— jamoa imkoniyatlarini o‘zida va o‘zi orqali ro‘yobga chiqarish.
Boshqaruv kadrlarining pedagoglar va o‘quvchilarning har qanday foydali
tashabbusini qo‘llab-quvvatlashga va o‘zlari ham shu ishga qo‘shilishga
qodirliklarini ham innovatsion belgi deb hisoblash mumkin. Tavakkalchilik va
mas’uliyat ta’lim sifatini boshqarishda boshqaruv kadrlarining, ayniqsa,
yetakchining muhim xususiyatlaridandir.
Ta’lim tashkiloti rahbarlarining kasbiy bilimdonligi novator negizini
tashkil qiladi. Direktor va uning o‘rinbosarlarining kasbiy bilimlari nechog‘li
darajada ekanligiga ko‘p jihatdan innovatsion faoliyatning muvaffaqiyati
boshqaruv nazariyasi, iqtisodiyot va sotsiologiya, siyosatshunoslik va huquq,
168
pedagogika va psixologiya, gigiena va fiziologiya sohalariga bog‘liq.
Zamonaviy mutaxassis shaxsiga, muhandis-pedagoglar tarkibi faoliyatini va
o‘quvchilarning o‘qishini tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatiga oid normativ
talablarni bilish ham ushbu ro‘yxatga to‘liq kiradi. Bunda zamonaviy ta’lim
muassasalarini
boshqarayotgan
shaxslarning
kasbiy-tashkiliy,
axloqiy-
psixologik sifatlari birinchi o‘ringa chiqadi.
To‘rtinchi belgi. Ta’lim tashkiloti boshqaruv korpusi psixologik-
pedagogik madaniyatining yuqori darajadaligi.
Bunday sifatning shakllanganligi ta’lim sifatini ta’minlashga doir
faoliyatni loyihalashtirishning zarur shartidir. Ta’lim sifati va ta’lim tashkilotini
boshqarishning asosiy funksiyalarini amalga oshirish uchun rahbarlar konkret
mahorat va ko‘nikmalarni egallashlari zarur. Biz psixologik-pedagogik
mahoratni, eng avvalo, shular qatoriga kiritamiz. Ularning mohiyati,
P. T. Frolov ta’kidlab o‘tganidek, topshiriqni ongli zaruratga, faoliyatning ichki
ehtiyojiga aylantirish maqsadida mantiqiy va psixologik usullar yordamida
xodimlarga ta’sir ko‘rsatishdan iboratdir» (P. T. Frolov).
Ko‘rsatma-metodik xarakterdagi mahorat ham eng muhim ahamiyat kasb
etadi. Bular tarkibiga quyidagi elementlar kiradi:
— pedagogik, boshqaruv faoliyati maqsadlarini ta’riflash;
— uning natijalarini tahlil qilish va baholash;
— ta’lim sifatini boshqarishni tashkil etishda pedagogik metod va
usullardan oqilona foydalanish;
— xodimlarga malakali yordam ko‘rsatish;
— ilmiy konferensiyalar, seminarlarni tashkil qilish va ularning ishida
qatnashish;
— rahbarning jamoatchilik fikrini vujudga keltirish, ijtimoiy faollikni
rag‘batlantirish, mas’uliyat hissini tarbiyalash orqali muhandis-pedagog
xodimlarga ta’sir ko‘rsatish mahorati.
Ta’lim tashkiloti rahbarlari pedagoglarga, va ota-onalariga yagona
169
pedagogik talablarni qo‘yishlari kerak. Bunda har bir xodimning individual
imkoniyatlarini hisobga olish va chuqur o‘rganish, jamoa oldida turgan
vazifalarni hal qilishda har kimning rolini ko‘rsatishga katta o‘rin beriladi.
Dostları ilə paylaş: |