188
boshqalar vositasida amalga oshirilgan. Biroq «standart» atamasining o‘zi
ta’limga nisbatan yaqindan boshlab ishlatilmoqda. Mamlakatimizda ta’limni
standartlashtirishga 1993-yildan boshlab kirishildi (1992-yil
qabul qilingan
O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni va O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 -yil 12-avgustdagi 406-sonli Qarori
asosiy hujjatlar bo‘lib xizmat qildi).
Mazkur hujjatlar negizida Davlat ta’lim standartlari to‘g‘risida Nizom, DTSni
joriy etish tartibi ishlab chiqilib,
joriy etildi, DTS ob’ektlari, funksiyalari va
tarkibi aniqlandi, ayrim ta’lim bosqichlari bitiruvchilariga qo‘yiladigan talablar
o‘rnatildi. Ayni mahalda DTSni ishlab chiqish va joriy etishda qator nazariy,
uslubiy, ayniqsa tashkiliy kamchiliklarga yo‘l qo‘yildi. Shunday bo‘lsa-da,
ushbu ish foydali va zarur bo‘lib chiqqanini tan olish kerak. U,
mohiyatan,
ta’limda standartlashtirish hamda DTSni amaliyotga kiritish poydevorini yaratdi.
Hozirgi vaqtda ta’lim tizimini tubdan tarkibiy isloh qilish hamda ta’lim
mazmunini va uning turlarini boshdan-oyoq qayta ko‘rib chiqishda DTSni
takomillashtirish va joriy etish tartibini qayta ko‘rib chiqish kerak. DTS
O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunining 7-moddasiga
muvofiq hamda ta’lim mazmuniga qo‘yiladigan qonunning tegishli moddalarida,
«Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» qoidalarida bayon etilgan umumiy talablar
asosida ishlab chiqiladi.
Dostları ilə paylaş: