Boshqaruv strategiyasi. Ko‘zlangan maqsadlarga erishishda pedagogik
jarayonlarni takomillashtirish, subyektlar faoliyatini muvofiqlashtirish.
Menejment – inglizcha so‘z bo‘lib, o‘zbek tilida boshqaruvni tashkil
etish (boshqarish, boshqaruv hokimiyati, tashkil etish), rahbarlik qilish
(rejalashtirish, tartibga solish-muvofiqlashtirish, nazorat qilish) ma’nolarini
anglatadi
Menejment fani – bu rahbarlarga boshqaruv faoliyatini to‘g‘ri amalga
oshirish, xodimlar faoliyatini samarali boshqarish va muvofiqlash-tirish.
Menejment fan sifatida o‘z maqsadiga ko‘ra quyidagilarni o‘rganadi:
boshqarish nazariyasi va amaliyoti; boshqarish ob’ekti va subyekti; boshqarish
tamoyillari va usullari; rahbar madaniyati; rahbar va lider, ularning fazilatlari;
rahbar reytingi; boshqarishda kirishuvchanlik va qaror qabul qilish; boshqaruv
funksiyalari; xodimlarni boshqarish; jarayonlarni boshqarish, samaradorlikni
boshqarish; o‘z-o‘zini boshqarish; hududiy boshqarish va h.k.
Boshqaruv uslubi – bu tashkilot oldiga qo‘yilgan maqsadlarga erishishda
xodimlarni boshqarish hamda boshqaruv jarayonida vujudga keladigan
muammolarni hal qilishda qo‘llaniladigan usullar, yo‘llar majmuidir. .
Boshqaruv faoliyati – ta’lim tashkiloti rahbarlarining boshqaruv
faoliyatini ikkita sub’ektning, ya’ni rahbar bilan ta’lim tizimining o‘zaro bog‘liq
faoliyati sifatida qarash mumkin.
Vaziyatli yondashuv – boshqarishning samaradorligini aniq vaziyatlarga
ko‘ra
aniqlashni
ko‘zda
tutadi.
Vujudga
kelayotgan
vaziyatlarga
muvofiqlashtirilgan boshqaruv eng samarali hisoblanadi.
Demokratik rahbar – bunday turdagi rahbar o‘z faoliyatini o‘zining
jamoasi a’zolariga tayangan holda, jamoa fikrini inobatga olib amalga oshiradi.
Didaktik qobiliyatlar – bu pedagogik jarayonlarni tashkil etish va
boshqarishda ko‘zlangan maqsadning mazmun va mohiyatini, vaziyatlarga ko‘ra
194
unga erishish yo‘llarini va mazkur yo‘nalishdagi vazifalarni sub’ektlarga aniq va
ravshan, tushunarli qilib еtkaza olish.