O‘zbekiston pespublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/59
tarix12.05.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#112064
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   59
5 11 2020 бошқарув ўқув қўллама магистир

Jamoaviy boshqaruv organlari – jamoaviy boshqaruv (ta’lim tashkiloti 
kengashi, muvofiqlashtiruvchi kengash, ilmiy-pedagogik va ilmiy-metodik 
kengashlar hamda o‘quvchi-talabalar vakillarining konferensiyasi).
Jamoatchilik tashkilotlari – o‘quvchi-talabalar kengashi, kasaba 
uyushma qo‘mitasi, metodik birlashma, ota-onalar qo‘mitasi. 
Identifikatsiya. Bunda pedagogik jarayon sub’ektlari, ya’ni suhbatdoshlar 
bir-birlarini yaxshiroq tushunishlari uchun o‘zlarini suhbatdoshlarining o‘rniga 
qo‘yib ko‘rishga harakat qiladilar.
Ijtimoiylashtirish – subyektlarda yuksak ma’naviyat, madaniyat va ijodiy 
faoliyatni shakllantirishdan iborat bo‘lib, pedagogik jarayonda ijodiy ta’limiy 
muhitni yaratishga xizmat qiladi.
Lokal baholash – bu baholash ta’lim tashkiloti faoliyatini 
takomillashtirish, pedagogik jarayonini tashkil etish va boshqarish yo‘nalishida 
ma’lum bir vazifani yoki uning bir qismini bajarish natijalariga asoslanadi. 
Maslahat – muayyan sharoitlarni hisobga olgan holda psixologik ta’sir 
o‘tkazish.
Mas’uliyat – bu ixtiyoriy shaxsning o‘z xatti-harakati va faoliyati
natijasi uchun javobgarlikni his etishidir.
Maqsadli-motivlashtirish 
funksiyasi. 
pedagogik 
jarayonlarning 
samaradorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillardan yana biri motivlashtirish bo‘lib, 
samaradorlikka erishishda pedagogik jarayonlarning maqsadini, maqsadga 
erishish yo‘nalishida belgilangan vazifalarning mazmun-mohiyati.
Ma’qullash – pedagogik jarayonlarda sub’ektlarning faoliyatiga, xatti-
xarakatiga, bildirgan fikrlariga, ijodiy yondashuvlariga nisbatan bo‘lgan ijobiy 
munosabat.


195 
Ma’lumot – ma’lum maqsadga yo‘naltirilgan, inson shaxsining
rivojlanishini ta’minlovchi, maxsus tashkil etilgan tizim bo‘lib, o‘qitish jarayoni 
va uning natijasi hisoblanadi. 
Ma’lumotlilik – shaxsiy sifat ko‘rsatkichi, ya’ni shaxsning rivojlanish 
darajasi, uning tajribasi, ko‘nikma va malakalarni qay darajada o‘zlashtirganligi 
va ulardan foydalanish hamda ular yordamida yangi bilim-ko‘nikmalarni 
egallab, rivojlantirib borish qobiliyatlari tushuniladi. 
Nazorat – bu boshqaruv jarayonining faol bosqichlaridan biri bo‘lib, u 
boshqaruvning barcha funksiyalari bilan bog‘liq bo‘ladi. Umumiy holda 
rejalashtirilgan natija bilan haqiqiy erishilgan natijalarni o‘zaro solishtirish 
jarayoni bo‘lib, u faoliyatning muvaffaqiyatini aniqlashga imkoniyat yaratadi.

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin