O‘zbekiston pespublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/59
tarix12.05.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#112064
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   59
5 11 2020 бошқарув ўқув қўллама магистир

 
Nazorat savol va topshiriqlar: 
1.Maktabgacha 
ta’lim 
tashkilotlarida 
kadrlar 
menejmentini 
amalga 
oshirishniayting?. 
2.Davlat ta’lim standari va kadrlarni kasbiy tayyorlash sifatini tushuntiring?. 
3.
Boshqaruv jarayoni mohiyatini tushuntiring?.
4.Boshqaruv jarayonining yagona tizim sifatida tasnifini ayting?. 
5.Ta’lim sifatini boshqarish davlat tizimini tushuntiring?. 


189 
6.Ta’limni standartlashtirish yuqori ta’lim sifatini ta’minlash kafolati va shartini 
tushuntiring? 
Adabiyotlar ro’yhati: 
1. Sh.M.Mirziyoyev Buyuk kelajagimizni mard va olijanob halqimiz bilan 
birga quramiz. – T.: “O‘zbekiston”, 2017. – 488 b. 
2.
Sh.M.Mirziyoyev 7-fevral 2017-yil kuni “O‘zbekiston Respublikasini 
yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947 
sonli farmonni
3. 
Qurbonov Sh., Sayitxalilov E. Ta’lim sifatini boshqarish. –T.: 
Turon-Iqbol, 2006. – 592 b. 
4. 
Djurayev R.X., Turg‘unov S.T. Ta’lim menejmenti. –T.: Voris-
nashriyot¸ 2006. -259 b. 
5. 
Djurayev R.X., Turg‘unov S.T. Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarini 
boshqarishda menejmentning asosiy tushunchalari. –T.: Fan¸ 2006. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


190 
Umumiy xulosa 
Hozirgi ijtimoiy muhitda maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari 
o‘rtasidagi munosabatlar silsilasida "birdamlik ruhi" va "mushtaraklik tuyg‘usi" 
singari hamkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishning samarali usullari va uslublarini 
tushunishdan iborat. Xuddi shu nuqtai nazarga binoan ijrochi, amalga oshiruvchi 
xodimlar fikrlashga ojiz, robot emas, balki individual maqsad va manfaatlarga 
erishish yo‘lida o‘zining muayyan ijtimoiy ehtiyojlari majmuasiga ega bo‘lgan 
o‘ziga xos shaxs sub’ektidir, degan ta’rifni berish bilan birga u ziddiyatli zot 
ekanligiga asoslanib menejerga (boshqaruvchiga) jiddiy e’tibor qaratishi hamda 
uning jamoadagi faoliyati darajasiga asoslanib jamoaning unga nisbatan 
munosabatini shakllantirish va aksincha holatlarni o‘rganishga e’tibor 
ortayotganligini ta’kidlab o‘tish maqsadga muvofiq. Maktabgacha ta’lim 
tashkilotida boshqarishning o‘ziga xos murakkab muammolarini bilishga 
nisbatan intilishni kuchaytirish, ularda amaliy tashkilotchilik faoliyatiga ishtiyoq 
uyg‘otishga qaratilgandir. Hozirgi davr magistranti ertangi kunda boshqaruv 
tizimining xodimi, kichik, o‘rta va katta jamoalar rahbari, korxona yoki firma 
faoliyatini turli tomonlarini boshqarish bo‘yicha loyihalar, tadbirlar ishlab 
chiquvchi yuksak saviyali mutaxassis bo‘lib yetishadi. Buning uchun 
maktabgacha ta’lim tashkilotini raxbarlari menejmentning o‘ziga xos 
xususiyatlari bilan qurollanishi dolzarb vazifadir. Aynan, biz yuqorida bayon 
qilgan holatlar menejment nazariyasi asoslarini tashkil etuvchi umumiy 
tushunchalar majmuasidir. Maktabgacha ta’lim tashkiloti raxbarlari menejment 
nazariyasini bilishi, xalq xo‘jaligi tarmoqlarini tashkil qilish va ularni 
boshqarish jarayonida "inson-texnika" tizimidan, tashqari "inson-inson" ("inson-
tabiat", " inson-obraz" singari yondashish bundan istisno) munosabatlari muhim 
ahamiyat kasb etishi, uning tahlili ko‘p jihatdan ma’lumotlariga asoslanishi 
muayyan darajada yoritilgan. Amaliy, tatbiqiy xususiyatli ma’lumotlar menejer 
shaxsiyatining gultojisidir. 


191 
Ishlab chiqarish jamoalari va moddiy mahsulot yaratmayditan tashkilotlarning 
xodimlari boshqarishning umumiy qonuniyatlari, idora qilishning jabhalarini 
tadqiqot qilishda mazkur fanning metodologiyasi va xalq xo‘jaligini 
boshqarishning 
umumiy 
qonuniyatlariga 
asoslangan 
holda 
faoliyatini 
uyushtirish, omilkorona yo‘lga qo‘yish yuksak samaralar beradi. Maktabgacha 
ta’lim tashkilotlarida "boshqaruv", "menejment" tushunchasi davlat, jamiyat, 
jamoat, ishlab chiqarish va texnikani boshqarish tizimidan, ya’ni kibernetikadan 
kirib kelgan bo‘lib, u hozirgi davrda insoniyat xulqi, xususiyatlari, ruhiy 
holatlari, bilishning jarayonlari, ommaviy, jamoaviy va ruhiy harakatlarni 
boshqarish manosini bildiradi. U hozirgi davrga kelib: "inson-inson", "inson-
jamoa", 
"jamoa-inson", 
"jamoa-jamoa" 
munosabatlarining 
boshqaruv 
imkoniyatlarini tekshirishni taqozo qiluvchi istiqbolli, mustaqil, maxsus sohalari 
ko‘lami yanada kengaydi. Natijada menejmentning yangi qonuniyatlari, 
mexanizmlari, omillari, ijtimoiy manbalari, shaxslararo munosabat uslublari, 
yakka shaxsning ijtimoiylashuvi xossalari, menejer va tobe kishilar yoki 
hodimlar o‘zaro muomalasining maromi, tekshirilishning o‘ziga xosligi va 
uslubining takomillashuvi, nizoli va ziddiyatli vaziyatlarning oldini olish hamda 
ularning oqilona echimini topish imkoniyatlari yuzaga keldi. 


192 

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin